Assalomu Alaykum.
Bugungi Islom olamining eng katta bayrami bilan barcha dindosh birodarlarimni tabriklayman.
Alloh barchamizni O'zining to'g'ri yo'lida bardavom qilib, yashab o'tishimizni nasib qilsin. Bizni turli xil bid'at, harom va noshar'iy ishlardan chetlanishimizda O'zi tavfiq bersin.
Allohga shukrki, bizni Islomda tu'gilishimizni nasib qildi, O'zining diniga hidoyat qildi. Ba'zilarga o'xshab aqidada, amalda adashib, uloqib, tentirab yuradiganlardan qilmadi. Shunday ekan, biz ham Allohning ne'matlariga shukr qilb, ibodat va amallarimizni yanada ko'paytirishga harakat qilaylik. Mana shu forumda ham iloji boricha bir-birimizga chiroyli munosabatda bo'lishga, Islomiy da'vatlar qilishga intilaylik.
'Iydul Adha muborak, muhtaram Ahli Islom!