Assalomu alaykum: Sizlaru bizlarni go'zal suratda va cheksiz ne'matlarga burkagan Rabbimiz Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar aytamiz. Suyukli Payg'ambarimiz Muhammadga salovat va salomlar yo'llaymiz.
Ibn Umardan rivoyat qilinadi. Rasululloh: mening yelkamdan ushalab: "Ey Umar, dunyoda go'yoki g'arib yoki yo'lovchi musofir kabi bo'lgin" dedilar. Ibn Umar (mana shu so'zni eshitganlaridan keyin): "Agar kechlatsang, tong bo'lishini kutma! Agar tong ottirsang kech kirishini kutma! Sog' paytingda kasal payting uchun ham (Tayyorgarlik qilib) ol. Hamda tiriklik paytingda o'liming uchun ham (tayorgarlik qilib) ol" dedilar. Imom Buxoriy Rivoyatalri.
Aziz birodlar siz o'limni qachon eslasizlar, vijdonan qalban javob beraylikchi biz o'limni qachon, qay mahalda eslashimiz kerak? Rasululloh lazzatlarni ketkazuvchi o'limni eslashni ko'paytiringlar deb bejiz aytamaganlar. Siz qachon o'limni eslaysiz?