Siz o'limni qachon eslaysiz?  ( 64845 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 B


Nurilla  16 Dekabr 2010, 07:46:37

Mavzudagi hamma postlarni o'qimadim. Allohga behad hamdlar bo'lsinki, yoshligimdan beri necha martta o'limdan qutildim, tomdan yiqildim, boshim qattiq yorildi, bir yarim oy oldin avtohalokatga uchradim, kotta bosimda tok urdi va hkz. Shunday xolatlar bo'ladiki, hayot paytda tavhid kalimasini tinmay qaytaraverarkanmizu, ana shunday xolatlarda kalima esga kelmay qolar ekan. Faqatgina tok urganida aytdim, lekin boshqa paytdachi... Alloh barchamizni o'lim paytida Tavhid kalimasini tilimizdan olmasin. Har vaqt o'limga tayyor bo'lish kerak.

Qayd etilgan


ibnUyayna  21 Dekabr 2010, 06:19:41


  Inson o`limdan qo`rqadi qanday yashashni bilmagani uchun.
                                                    (1 kitobda oqib qoldim)

Qayd etilgan


Hadija  21 Dekabr 2010, 12:00:55


  Inson o`limdan qo`rqadi qanday yashashni bilmagani uchun.
                                                    (1 kitobda oqib qoldim)

Alloh rozi bo'lsin juda chiroyli aforizm ekan...

Mo'min-musulmon uchun o'lim Unga yaqinlashtiradigan bir ko'prik...

Qayd etilgan


Mishariy Roshid Alafasy  24 Mart 2011, 13:12:35

O’lim — batamom o’lish va yoki yo’q bo’lish bo’lmay, balki bu uydan boshqa uyga o’tishdir. Shu ma’noda haqiqiy musulmon mo’minki, o’limdan qo’rqmaydi. Balki, gunoh va xato ishlardan qo’rqadi. Shu sababdan islom ulug’lari aytganlar : rasvo, sharmsiz hayotdan ko’ra, dilkash o’lim yaxshi.
Bas ey azizlar ! Banda to tavba qilmas ekan va dili yig’lamas ekan, botini ochilmas ekan, aybu nuqsonlari ma’lum bo’lmaydi. Binobarin u banda har kuni bir marta quyidagi tariqa o’ziga xitob qilsin : nega tavba qilmaysan? Nega Alloh va uning Rasulidan uyalmaysan? Nimaga oxirat uchun yig’lamaysan? Va nima uchum dunyo deb yig’laysan?
   Dunyoviy orzularing qo’ldan ketsa afsus chekasan, ammo oxirat qo’ldan ketsa parvoyinga kelmaydi? Nima uchun Jannatni ikki kunlik dunyoga alishasan. Ey inson ! Bugunmi yoki ertami ajal kelsa bularning bari bir jon berish achchig’iga arzimaydi. Ey aziz do’stim ! Agar sizdan so’rab qolsaki, nima uchun hamma namozlarda azonu takbir bor, ammo janoza namozida yo’q. Javob beraylikki, nima uchun bo’lmas ekan? Yangi tug’ilgan go’dakning qulog’iga azonu takbir aytiladi, shoyadki ana o’shalarning  namozi janoza namozi bo’lsa. Shunday, odamning umri shunchalik qisqaki, namozu takbir va janoza vaqti oralig’icha fursat xolos. Bas ! shunday ekan, ma’lum bo’ladiki, haligi yuqorida zikr etilgan azonu iqomatbizning janozamiz uchun ekan va namozning o’qishga birozgina vaqt berilgan ekan, toki "œOXIRAT OZIG’I" ni sozlaylik va o’zimiz bilan ozuqa olib boraylik.

Qayd etilgan


_IYMONA_  27 Mart 2011, 02:24:38

 :ms: Qarigan sayin odamzot yana ko'proq yashashni orzu qilarkan. Indamaslar maskani (ya'ni mozorga) borsangiz nafsimiz qanchalik bizni abgor qilayotganini fahmlaymiz. Zulmat qa'rida ne ishlar bo'layotgani Yolg'iz Allohga ayon.

Qayd etilgan


Sadulla  27 Mart 2011, 07:25:03

 :as:
O'limni har daqiqa,har soniyada eslab turish kerak.Bu esa hammaning qo'lidan kelavermaydi.Lekin men shu kunlarda juda ko'p janozalarni ko'ryapman.Oxirgi manzilga kuzatayotgan odamni ko'rib o'limni eslamasdan iloj yo'q albatta.O'limni ko'proq esalshga harakat qilaylik,shundagina bu dunyoga bog'lanib qolmasligimiz mumkin.Bu hozir hamma musulmonlar uchun juda ham kerak.Oxirimiz hayrli bo'lishini Ollohdan so'rab qolamiz.Omin.

Qayd etilgan


UzMuslim  28 Mart 2011, 23:23:29

 :as:
InsoN Har BIr Ko'zini YopiB Ochishi O'limni Eslatadi,Ko'zimzni Ochyapmaiz Demek Biz Tirikmiz Lekin Yumgandan KEyiN Ko'zimiz Ochilmay Qolishligi Mumkinku,Albatta Doim QabristoN Oldidan O'tiB Ketarkanman Qabr toshidagi Sanalarga Etibor Bilan Qarab O'taman,Kimdur 80 yoshni Qarshilab Dunyodan O'tgan Kimdur 45 yoshni ,A KImdur esa atiga 3 yoshni..Bu Dunyo Ga'nimat Va Bu Dunyo Biz UChuN Boqiy Hayot UChuN Sinov Ekanligini doim Yodimizda saqlashimiz Lozim..Inna Lillayhi va Inna Ilayhi Rojiun..

Qayd etilgan


Mishariy Roshid Alafasy  05 Aprel 2011, 00:08:09

O'lim qabrga eltuvchi yo'l, qabr oxiratga eltuvchi yo'l. Sizni eng yaqin insonlaringiz yerga ko'mib ketishadi. Farzandlariz, do'stlariz o'z qo'llari bilan ustizdan tuproq tortadi. Sizni u yerda yolg'iz qoldirib ketishadi. U yerda amallariz bilan yolg'iz qolasiz. Qattiq, sovuq va qorong'u. Dunyodan bexabar yotursiz. Endi sizga hech qachon bu dunyo hayoti qaytib berilmaydi. Sizga atalgan hayotni yashab bo'ldingiz, abadiy qaytib berilmaydi. Qiyomatni kutib yotasiz. Afsus va nadomatlar chekasiz, chunki gunohlaringiz zarrasigacha amal daftarizda bitilgan edi. Qaniydi hayotga qaytsam, butun umrimni solix amallarga bag'ishlar edim deysiz. Qabrda bunday nadomatlarni foydasi yo'q. Qimmatli hayotimiz qo'limizdaligida solix amallar qilib qolaylik.

Qayd etilgan


Mishariy Roshid Alafasy  05 Aprel 2011, 00:08:50

O'lim hayol emas, balki haqiqat !!!
O'lim - manaman degan kibrlilarning kibrini sindirgan narsadir.
U inkor qilinmaydigan haqiqatdir...

Qayd etilgan


Mishariy Roshid Alafasy  05 Aprel 2011, 00:10:01

Ey aziz insonlar!
Siz o'zingiz uchun o'tkinchi bo'lgan bir hayotda yashamoqdasiz. Hayotingizning qolgan o'tkinchi laxzalarini kutmoqdasiz. Siz uchun hukm qilingan kun juda yaqin. Ul kunda sizni qutqarguvchi topilmas va hargiz yutuqqa esisholmaysiz. Magaram yaxshi amallar qilib o'tgan zotlargina u vaqtda yutuqqa erishur.
Ul kunda qalblar qo'rquvga, ko'zlar daxshatga tushib jismda oldin hech qachon kuzatilmagan ojizlik paydo bo'lur.
Ibrat oluvchi axlidonish kishilar uchun hayot va o'limda katta va ulug' xikmatlar bordir.

Qayd etilgan