Siz o'limni qachon eslaysiz?  ( 64826 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 14 B


Hadija  09 Avgust 2009, 19:06:04

ЎЛИМАИ ЎЙЛАШАИАГ ФОЙДАЛАА И

Жаҳаннамга тушишни истамасанг нафсингга айтгинки:

"А­й нафс, слим ҳақ, қабр ҳақ, қайта тирилиш ҳақ, ҳисоб-китоб ҳақ, мезон ҳақ, жаннат ва жаҳаннам ҳақ. Буларнинг ҳақ сканлигига ҳеч қандай шубҳанг бслмаса, нима учун дунёда жаннатга тушиш учун ҳаракат қилмайсан? Аимага жаҳаннамдан сақланишга ғайрат қилмайсан? Ксз билан ксрмаганинг учун ғафлатни танладингми? Ақлингни йиғ, қсққисдан бу ҳаёт тугаб қолса, бу фурсат қслдан кетса нима қиласан? Тезда тадоригингни кср: ислоҳ бсл! Жаҳаннамдан қутилиб жаннатга тушадиган Аллоҳнинг суюкли бандаси бслишга интил!"
Ўлимни сслаш инснни қайта тирилтиради.
Ўлимни сслаш инсонни поклайди.
Ўлимни сслаш қалбин нурлантиради.
Ўлимни сслан нафсни ислоҳ стади — тузатади.
Ўлимни сслаш инсонга савоб бахш стади.
Ўлимни ссламаслик инсонни ҳалокатга слтади.
Ўлимни ссламаслик инсонга завқу сафо бермайди, балки азоб-уқубат беради.
Шунинг учун слимни ҳеч ҳам унутманглар, уни доим ссланглар.

Маҳмуд Асъад ЖЎШОА

Qayd etilgan


Muslima.bgm  24 Avgust 2009, 15:12:38

Juda hursand bo'lib ketgan paytlarimda va uyqudan oldin eslayman. Keyin turmush o'rtog'im bilan ayrim narsalarni muxokama qilsak gap borib-borib dinga taqaladi(ya'ni erkak-ayol nima qilishi mumkin, mumkin emas). O'sha paytlarda xam ko'p eslayman.

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 15:23:07

Bir yerda o'qigan edim, haqiqiy musulmon kunda 7 marta o'limni eslashi kerak ekan.
Aslida bizlar hozir o'likmiz. Haqiqiy tirilish o'lgan vaqtimizda bo'ladi. Hazrati Mavlono o'zlarining  o'lim kechalariga "Shabi Arus" yani "To'y kechasi" deydilar. Bu tasavvufda sevgililarning bir biriga qovushish kechasi, ma'nosida ishlatiladi. Vali zotlar kecha kunduz Allohga qovushish uchun yig'laganlari uchun o'lim bayramday tasvir etiladi. Ollohning huzuriga gunohlardan tozalangan holda chiqish nasib bo'lsin insholloh.

Qayd etilgan


Foniy  07 Sentyabr 2009, 18:50:15

 :as:

Har on, har daqiqa bilsang xatardir,
Tiriklik o`limga qadar safardir.
Qo`shnim o`ldi, deya bo`lma xotirjam
Qo`shningning o`limi senga xabardir.

Birodarimiz yuborgan edi,

Qayd etilgan


Arjumandbonu  08 Sentyabr 2009, 09:38:30

 :as:
Dunyoda, "men dunyoga nima uchun keldim? " deb o'ylab ko'rmagan insonning o'zi bo'lmasa kerak. Shunday ekan bizga (mavt) o'limni esalab turmoqlik ham shartdur. Darhaqiqat, kunda necha marta mozor yonidan o'tamiz, shunda ham kimdir u yerdagilarning ahvolini o'ylaydi, kimdir esa beparvogina o'tadi. Zero, Alloh qalblardagini ham bilguvchidir. Qalbimizni  bo'm-bo'sh bo'lib qolishidan O'zi asrasin

Qayd etilgan


Ozodbek.  11 Sentyabr 2009, 02:34:04

O'tgan ishga salovat, bugun esa haqiqat, erta doim sir-sinoat. O'lim haq, O'limdan keyingi hayot haqiqiy hayot. Inson bir bozorga kirgan yo'lovchidir, Bozor esa foniy hayotimiz. U bozordan nimani harid qilsa yo'lda o'sha narsalarini olib ketadi. Bozordan harid qilgan narsalarimiz esa Yaxshi-Yomon amallarimizdir. O'limni his etish uchun Qabiristonga ziyoratga boring.
Ertaga uyqudan turushingingizga kim kafolat beradi. 

Qayd etilgan


Nurilla  11 Sentyabr 2009, 06:47:03

Assalomu alaykum. Ha juda ham dolzarb mavzu ekan. Inson har kuni o'limni eslashi kerak kamida 3marta. Hozirda odamlarni ko'pchiligi dunyoda o'lik, dunyoga berilib ketganidan keyin o'limni eslamaydi. Man ham ikki oy oldin juda ta'sirlandim o'limdan. Mani juda katta tok urdi, shunda o'limni esladim. Tok urayotgan mahalda kalima keltirdim. Alloh o'zi mehribon ekan mandan 10 metrda ishlayotgan ishchimiz sababli saqladi, omon qoldim. Shundan beri o'ylanaman "agar kalima keltirmasdan o'lganimda nima bo'lardi?" degan. Alloh barchamizga o'limni tez tez eslatishini va o'lim oldidan kalima keltirishimizni muvaffaq qilsin. Amiiyn

Qayd etilgan


siddiqa  11 Sentyabr 2009, 07:49:25

 :as:

umr yo'l deydilar manzili yiroq,
unda ham dard ,ham baht bo'larkan biroq,
turtinib surtinib ,yetgan manziling ,
qarichgina yeru ,bir uyum tuproq.

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Sentyabr 2009, 11:56:25

O’LIM

So’ngi yo’lga kuzatar "œbeshik",
So’ngi yo’lga ochilur eshik.
Kimga firdavs, kimga otash uy,
Sen o’limni kelmasidan tuy!

Vaqti tayin! Oldin ketmasmiz,
Vaqti tayin! Keyin ketmasmiz,
O’lim yolg’iz Haqning hikmati,
Ma’nosiga hanuz yetmasmiz.

O’tmay turib o’lganlar border,
Birov o’lsa, kulganlar border,
Bu dunyoda kibr qilganlar
U dunyoda xor-zor bo’lgaylar.

Ajal olar bir kun hammani,
O’lim haqdir, yolg’onini qo’y,
U bilmaydi yaxshi-yomonni,
Bilsang, o’lim — mo’minlarga to’y!

Karima Said

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Sentyabr 2009, 11:57:25

O'limga baribir: gulday dudoqlar,
Halol yurganlaru harom tamoqlar.
Ust-boshi butlardan choponni yechgay,
Kovush kiyib ketmas yalangoyoqlar

Qayd etilgan