Siz o'limni qachon eslaysiz?  ( 64815 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 B


BecK_Uz  11 Sentyabr 2009, 20:48:42

O'lim Haq Brodarlar Trik Jon borki Ohir Oqibat Baribir O'limga Yuzlanadi,Bu dunyoda hech Kim dunyioga ustun bo'lib qolmeydi.Na Boylik Na Mansaf Sizi bundan Qutqarib qola Oladi.Bu Dunyo Sinash uchun Berilgan Sinovdan qandey O'tish U dunyoda Hal bo'ladi,Olloh Oldida doimo Yuzimiz Yorug' Bo'lishi Uchun Ibodat qilaylik Do'slar .Har Kuni O'limni Elab Yig'lash kereg,,,O'lim Haq,,

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Sentyabr 2009, 15:55:02

Kecha bir do'stim bilan yaqinda bir janozaga borgan edik marosimida shunday bir manzarani ko'rdik:

Janoza tufayli bir qancha insonlar to'plandi. Ko'pchiligi kuldi, surbetlarcha yoqimsiz qiliqlar qildi. Hali o'lik qabrga ketmasdan burun butun gapirgan gaplari yolg'iz o'likning merosi va bu merosni bo'lishib oladigan vorislari to'g'risida edi. Hech qaysinisi o'z janozasini va tobutga qo'yilgan paytda uning nomi atrofida qanday gap-so'zlar bo'lajagini hech o'ylamas edi. Bu g'aflatning sababi gunohlari ko'pligi tufayli qalblarining g'amga botganligidir. Nega qalblarimiz g'amga botadi? Chunki biz Ollohni, qiyomat kunini va istiqbolda bizni kutayotgan tahlika va dahshatlarni unutganmiz. Biz mutlaq befoyda narsalar bilan vaqtimizni o'tkazamiz. Ollohdan, bizni bu g'aflat uyqusidan uyg'otishini so'ramaymiz. Janozada hozir bo'lganlar uchun eng yaxshi hol - o'lik uchun yig'lamoqdir. Agar aqllari bo'lsaydi, o'likka emas, o'z hollariga yig'lardilar.

Qayd etilgan


Hadija  18 Sentyabr 2009, 14:39:30

Bir kun kelar qocha olmayman,
Bag’rimni ham ocha olmayman
Dardimni ham socha olmayman
Fikr qilgim keldi o’limni

Do’stlar mani bugun tinch qo’ying,
Undan ko’ra siz ham bir to’ying
Qabristonning holatin tuying
Fikr qilgim keldi o’limni

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Sentyabr 2009, 06:34:01

Qadr kechsiga ketar ekanman xayolimga birdan shu paytda xayolimga o'lim keldi. Yuraklarim hapqirib ketdi. Shu paytda Alloh jonimni olsa nima qilaman? Hali meni ibodatlarim gunohimga yarasha bo'lgani yo'qku deb juda qo'rqdim. Rosti o'limning xayolga kelishi insonni shunchalar qo'rqitar ekan do'zax azobini menimcha tasavvur qilish juda qiyin. Nahotki o'limdan shunchalar qo'rqsak. Qo'rqishimizga sabab hali demak gunohlarimizga yarasha savob qilmabmiz.
Alloh o'zi har birimizni ibodatlarimizda davomli bo'lishimizni nasib aylasin.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  22 Sentyabr 2009, 08:04:12

Ibrohim Zayyod, bir o'likka rahmat so'rab duo o'qiyotgan bir guruhni ko'radi. Deydiki:

- Agar o'z nafslaringizga rahmat so'rab fotiha o'qisaydingiz, siz uchun xayrliroq bo'lar edi!..

Tafakkur, ibrat olish, "safar"ga hozirlanish va tobut olib ketilayotganda tavozu bilan yurish, o'lgan kishi hatto fosiq bo'lsa ham, u haqda yomon fikrlarga bormaslik janozada hozir bo'lganlarning odobidan hisoblanadi. Kishi o'z nafsi haqida - nazarida yaxshi ko'rinsa ham - yomon fikrda bo'lishi kerak, lekin o'lik haqida aslo yomon fikrda bo'lmasligi lozim. Chunki oxir-oqibat shundayki, yaxshi bo'lsa ham, yomon bo'lsa ham endi bilinmaydi.

Bir kishi payg'ambarimizdan so'radi:

- Ey Ollohning Rasuli, insonlar orasida nafsoniy orzularidan eng tez qutulib ketadigani kim?

Rasululloh buyurdilar:

- Qabrni va o'zini kutib turgan balolarni unutmagan, dunyoviy zavq va orzularini tashlab keta oladigan, mangu narsani o'tkinchi narsadan afzal bilgan va nafsini qabr ahlidan biri deb hisoblay olgan kishi, nafsoniy orzularini tez tizginlab oladi.

Hz.Alidan: "Nima uchun mozorga yaqin joyda yashaysiz?" deb so'radilar. O'shanda shunday javob bergandi:

- Mozorlar (qabrlar) mening eng xayrli, eng sodiq qo'shnilarim. Ular tillarni yomon so'z aytishdan qaytaradilar, oxiratni xotirlatadilar.

Hz. Usmon - Olloh undan rozi bo'lsin - yo'l ustida biron qabrga duch kelganda to'xtar va shunday yig'lardiki, soqoli ko'z yoshlaridan jiqqa ho'l bo'lib ketardi. Bir kuni undan sababini so'rashdi va: "Jannatni va jahannamni esga olgan chog'ingda yig'lamaysan, bir qabr boshiga kelib qoldingmi, o'zingni yig'idan to'xtataolmaysan?!" - deyishdi.

Hz.Usmon shu javobni berdi:

- Men Rasulullohdan eshitganman. U aytardiki:

- Qabr oxirat yo'lchiligining birinchi qo'nalg'asidir.

Agar kishi qabrdagi so'roqdan omon chiqsa, undan u yog'i oson kechadi. Agar u yerda so'roqdan omon chiqmasa, undan u yog'i mashaqqatli bo'ladi demakdir.

Mujohid deydiki:

- Odamzot o'lgan chog'ida unga birinchi bo'lib qabr chuquri xitob qiladi:

- Men hasharot uyasiman. Men - yolg'izlik, men g'urbat, men zulmat uyiman. Men senga hozircha shularni hozirladim. Sen menga nima hozirlab kelding?.

Mullifning nomi yo'q ekan uzr

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  22 Sentyabr 2009, 08:06:20

Ichiga o'lik yotqizilgan tobutlar basiratli (ko'ruvchan) kishilar uchun bir ibratdir. Tobutlarda basiratli kishilar bir eslatma, bir o'git ko'radilar. Tobut g'aflatdagi kishilarga hech narsani ifoda qilmaydi. Tobutlar faqatgina ularning g'am-g'ussasini orttiradi. Chunki g'ofillar bunda boshqalarning tobutlarini ko'ryapman, deb o'ylaydilar. Ertami-indin o'zlari tobutga tushajaklarini hech hisobga qo'shmaydilar. Yoxud balki bir kun o'zlari ham bu tobutga yotajaklarini ozmi-ko'pmi o'ylaydilar, lekin buni juda uzoq vaqtlarga suradilar. O'ylamaydilarki, bu tobutlarning ichidagilar ham shunday o'ylardilar, o'zlari juda uzoq vaqt o'tgandan keyin bu tobutga kiraman, deb hisoblardilar. Lekin hisoblari yanglish chiqdi. So'nggi kunlari shoshilib kela qoldi. Ichida o'lik bo'lgan tobutni ko'rgan har kishi, uning ichidagini o'zi deb qabul qilishi kerak. Chunki qisqa vaqt o'tgach, u ham albatta uning ichiga yotajakdir.

Qayd etilgan


zuhrahon  30 Sentyabr 2009, 11:03:09

a

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Ansora  30 Sentyabr 2009, 11:27:29


Yuqoridagi rasmni ko'rib turib esimga tushib ketdi. Ustozlardan biri atgan edilar:
Siz namozingizni tog'ni tepasidagi cho'ponday o'qinglar. Chunki cho'ponni yonida qo'ylaridan boshqa hech kimsa yo'q. Yolg'izgina Alloh ko'rib turibdi...

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  01 Oktyabr 2009, 16:33:28

Assalomu aleykum Insholloh o'z shaxrimga ham yetib keldim mana. Kishi o‘limi yaqinlashayotganini biladi, deganlari haqqas rost. Ba’zida "œbalki..." degan umid uchquni "œyilt" etadi-yu, ammo ayovsiz og‘riq bu uchqunni bir zumda o‘chirib tashlaydi. Nima ham qilardim, osmon uzoq, yer qattiq. Dard bilan uzoq olishdim. Mushtlashaverib dabdala bo‘lgan bokschiday safdan chiqdim. Endi nima bo‘lsa bo‘lar, deb uzala tushib yotgandim. Hatto turishga majolim yo‘q. Dunyoning bevafoligidan zorlanayotir, dersiz. Ha, chindanam yoshim 23 da,  ammo zorlanishga vaqt qayda, kuch qayda! Odam sog‘-salomat yurganida buni o‘ylarkan, noshukurlik qilarkan. Hozirgi abgor ahvolimda xohish-istaklarim juda arzimas... Jonim og‘rimasa edi, bir qoshiq ovqat tomog‘imdan o‘tsaydi... Buning baxt ekanini bilganmidingiz?!

Asta-sekin boshimga tushgan ko‘rgilikka ham ko‘nikib, oxirat haqida o‘ylay boshladim.  Qaro yerda ham shu alfozda yotishimni o‘ylasam, nafasim tiqilib, yuragim to‘xtab qoladi. Ammo o‘lgach buni sezmayman, chunki unda o‘lgan bo‘laman. Hudoga shukrki mana sog' salomatmiz ollohga ming marta shukr bo'lsin.


Qayd etilgan


Abdullоh  02 Oktyabr 2009, 23:13:21

Bugun juma namozidan so'ng janoza o'qidik. Tobutda bir marhumni janoza joyiga olib kelishayotganda hamma uni ko'tarishga intildi. Men ham ular qatori intildim. Qo'lim tobutga tegishi bilan, ko'nglimdan g'alati hislar o'tdi. Oxirida tobutning juda og'irligini xis qildim...

Qayd etilgan