O'limning o'zi bir borliq...Bismillahir rohmanir rohiym
Borliq moddiy va ma'naviy qismlardan iboratdir. Masalan, och qolish, qo'rqish, hayol surish, iztirob chekish kabi manaviy borliqlar ko'zga ko'rinmaydi, qo'l bilan tutilmaydi, lekin bajargan ishlari bilan o'zlarini ko'rsatadi. Tush ko'rmaganga tushning nima ekanini anglatish mumkin bo'lmaganidek, tishi og'rimagan odamga ham tish og'rig'ini anglatib bo'lmaydi. Shuning uchun "Ruhiy hodisalar his qilish bilan bilinadi" deyishadi.
Binobarin, o'lim ham ma'naviy bir borliqdir, uning o'zini ko'rmasak ham, qilgan ishlarini ko'ramiz. O'lim borliq hisoblangach, o'lganlarni yuqlikga ketishi mumkin emas. O'lim holat o'zgarishidir. Biz ruhlar olamida o'lib, onamizning vujudida tirildik, onamizning vujudida o'lib, dunyoda tirildik, dunyoda ham o'lamiz, qabr eshigidan o'tib, oxiratda qayta tirilamiz.
O'lim holat o'zgarishi bo'lgach, "daraxt o'ldi", deb bo'lmaydi. Chunki uning danagi qoladi. Danakni tuproqqa kumsak, o'nib chiqadi, ya'ni, yosh va guzal ko'rinishda qayta tiriladi.
Danakni hech qachon yuq qilib bo'lmaydi. Uni esak ozuqa, yoqsak, issiqlik bo'ladi. Chirindisi esa, o'g'it bo'lib tiriladi. Erga sepsak,tuproqqa aralashadi, tuproq esa,o'simliklar vujudida tiriladi.
Ulkan o'rik daraxtini kichraytirib, danak ismli tobutga solgan ALLOH danakning vujudida bir vaqtning o'zida o'lim va hayotni mujassamlashtiradi. Masalan,stol ustida quyilgan danak o'lik, lekin ayni vaqtning o'zida u tirikdir, chunki u tuproqqa ko'milsa o'sa boshlaydi. Shuningdek, tobutdagi inson ham dunyo nuqtai nazaridan o'lik, oxirat nuqtai nazaridan tirikdir. Chunki
inson bir urug', bir danak kabi tuproqqa ko'miladi, qabr eshigidan o'tib, oxirat hayotini davom ettiradi. O'lim hayotning ziddidir.Zid narsalar bir-birini to'ldirishi e'tiborga olinsa, o'lim ham hayotni poyoniga etkazadi. Shuningdek, oshqozonimizda o'lgan ozuqalar bizga hayot bo'ladi. Zamon daryosida oqayotgan moddalarni bir (tirik) holatdan boshqa (o'lik) holatga o'tishini o'zgaruvchan tokning faza va amplitudasi davrlariga o'xshatishimiz mumkin. Sigir egan o'tlar o'ladi. O'lgan o'tlar sigirning vujudida tiriladi, go'sht, sut va buzoqqa aylanadi. Sigirning go'ngi o'tlarning ildizida qayta tirilib, o'simlik bo'ladi. Go'nglar tirilayotgan bu olamda insonning tirilmasdan qabrda yotishi aqlga va ilmga ziddir.
Go'nglar tiriladi, lekin ahloqsizlikning iflos va tuban hayotini madaniyat hisoblagan insonlar
Islomiyatning moddiy va ma'naviy olamlarida tirilmasligi mumkin. Holbuki, har kim uchun tavba eshigi doimo ochiqdir. Chunki tirilishimiz kabi, tirilib jannatga ketishimiz ham muhimdir. Turk muallifi Ismoil Hakim o'g'lining "O'lim yuqlikmi?" kitobidan olindi.