Siz o'limni qachon eslaysiz?  ( 45547 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 B


JaviK  22 Fevral 2010, 17:21:04

Men o`limni eslaganimda tanamni titroq bosadi, qo`rqib ketaman, menga ham hayrulla hamidovni bir xikoyasi esimga tushib ketdi. men deb boshlanadi bir kishining nomidan gapiradi, ertalabki bomdodga masjidga ketayotgan edim oldimdan bir bola hali nomoz yoshiga to`lmagan masjidga shoshilyapti to`xtatib xa bolakay qayerga shoshilyapsan dedim. bola nomozga, senga hali vaqtliku deb gapimda davom etdim, shunda uning javobi hayratga soldi, kecha mahallamizda 4 yoshli chaqaloq vafot etdi shunday ekan biz qachon o`lishimizni bilmaymiz, shuning uchun Ibodatda bo`laylik

Qayd etilgan


Hadija  10 Noyabr 2010, 11:04:33

Kecha dugonam bilan ko'rishgandik, bir tanishlari sog'-salomat yurganlarida tasodif bilan boshlarida og'ir kasallik borligini bilib qolishibdi. O'z o'limini kutib yashashdan og'iri bo'lmasa kerak :(...

Qayd etilgan


Habib  10 Noyabr 2010, 11:23:45

Kecha dugonam bilan ko'rishgandik, bir tanishlari sog'-salomat yurganlarida tasodif bilan boshlarida og'ir kasallik borligini bilib qolishibdi. O'z o'limini kutib yashashdan og'iri bo'lmasa kerak :(...
Alloh buyuk shifokor! Undan boshqasi shifo bermaydi. Allohdan astoyidil so'rasa shifo beradi InshaAlloh! Tushkunlikka tushish o'z o'zini yemirish demakdir.
Dardni bergan O'zi. Shifoni ham O'zi berajak InshaAlloh!
Hammalarimizni dardlarimizga shifoi komil ato etsin Rabbimiz!
Ota-onalarimizdan ham mehribon, rahmli Zot shifo ato etajak!
Sidqidildan so'ralsa, qo'l ochib duo qilinsa bas!

Qayd etilgan


Habib  10 Noyabr 2010, 11:33:58

O'lim shunday azobli, qo'rqinchli, vahimali jarayonki, uni joni uzilayotgan odamgina his qila olsa kerak.
O'lim shunday qutqaruvchiki, ko'plarni dunyoning tugab bitmas tashvishlaridan halos etadi.
O'lim shunday hayrliki, havolanib ketganlarni diliga g'ulu solib, ko'zlarini kattaroq ochishga undaydi.
O'limning qahri shunday qattiqki, seni mehribonlaringdan yulib olib ketadi.
O'lim shunday ajoyibki, mehribonglaringdan olib, Eng mehriboninga topshiradi.
 

Qayd etilgan


lolo  15 Noyabr 2010, 14:45:05

Ha, bedavo kasalliklarga chalinib o'limini kutib, kunlarni sanab yashaydilar, lekin atrofdagi soppa-sog' yurganlar turli falokatlar sababli undan oldin ham o'lib ketaverishadi. Sog' yurganga hursand bo'lish mumkin, lekin bu uzoq umr ko'radi degani emas. Demak, har birimiz har daqiqada o'limni qarshilashga tayyor turishimiz kk.

Qayd etilgan


azizbek_mx  15 Noyabr 2010, 21:19:39

Buni bilarmidingiz mavzusini o'qigach, aksirishdan oldin ham o'lim haqida tasavvur qiladigan bb qoldim. Ko'proq forumga kirganimda har soniyada o'lim haqida o'ylayman...

Qayd etilgan


yoqutxon  15 Noyabr 2010, 22:51:59

 :as:
Oldinlari nimagadir o'lim haqid juda kam o'ylar edim , huddi bir yod narsa haqida o'ylar edim, bilmadim balki aqllim yetmas edimi. Tibbiyot sohasida o'qiyman,anatomiya darsida birinchi marta morgga borgan kunimizda o'limni juda juda yaqindan ko'rganman.Nimagadir har qanday amal bajarishga qodirsiz , bandalikni bajo keltirgan turli hil yoshdagi insonlarning jonsiz tanalarini ko'rib, ular nimadan vafot etishganini eshitib, o'lim bandasiga qanchalar yaqin , hamma narsadan yaqin ekanligini, u yosh tanlamasligini oldinlari ham bilgan bo'lsam ham lekin aynan o'shanda haqiqatdan anglaganman. Shundan buyon har bir kunda o'limni esga olaman. Kelajakka biror bir reja tuzganimda ham avvalo o'lim esimga tushadi.......
O'lim haq!Ollohdan har bir mo'min muslimaning chiroyli o'lim topishini so'rayman.........

Qayd etilgan


UzMuslim  15 Noyabr 2010, 23:07:43

 :as:
DoiM Huftonni O'qib Uxlash UChuN O'z O'rnimga Yotar ekanman,Ertaga Uyg'onamanmi Yoki Yo'qmi deb Juda ham Ko'p O'yleyman,agar Uyg'onmasam Alloh taolO O'ziN Savol Javobini Yengil QIlgin Deb Duo Qilib Yotaman...Yoshligimdan Buvijonim Manga O'rgatgan Kalimalari Bor edi Hozirgacha Mana SHu Kalimani Qaytarib Yotaman....
Yottim Yo Alloh Turay Inshalloh Tursam Turmasam La Ilaha Il AlloH MUhammadun Rasululloh...

Qayd etilgan


_IYMONA_  20 Noyabr 2010, 15:43:37

A'uzu billahi minash shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym. Falavla iza balg'atil xulqum. Va antum xinaizin tanzurun. Va nahnu aqrobu ilayhi minkum va lakinil la tubsirun. (Voqea surasi, 83.84.85) oyatlarini o'qiganimda hozir o'zim ham shunday holga tushsam holim ne kechardi? Deb o'ylayman. Hazrati Umarul Foruq (r.a) Takassur surasining oxirgi oyatini eshitib, ta'sirchan qalblari qo'rquvdan 1 oy to'shakda yotib qolgan ekanlar.

Qayd etilgan


Akbarjоn  20 Noyabr 2010, 16:13:34

Oynaga qaraganimda...
Bir kun kelib sh tana yerka ozuqa bo'lishini o'ylasam :(

Gunoh ish qilganimda
shu gunohlar uchun javob berish fursati kelishini o'ylasam :((

Qabriston olidan o'tganimda
Bu yerdagi birodarlar axvoliga bir kun biz ham tushishimni o'ylashlik... :(

Qayd etilgan