201. "œSuv ichirmasga sut ber", "œKo’b sukutga qush qo’nar, Qo’rqlik kishiga so’z kelar ,""Yig’ach uchina el tegir,Qo’rqlig kishiga so’z kelir"kabi maqollarning ma’nolarini ayting?- Suv ichirmaydigan odamga sut ber. Shoxi ko’p, shoxlari uralib ketgan daraxtga qush qo’nadi, yaxshi kishiga so’z (maqtov)keladi.
202. Berilgan barcha maqollarning ma’nolarini izoxlang.
1. Tuzin birla urush, o’tun birla ustarma.
2. Erik Erni yag’lig’, ermagu bashi qanlig’.
3. Tag’ig’ uqruqin egmas, tengizni qayg’iqin bukmas.
4. Emgak ekinda qolmas.
5. Kengashlik bilik o’zlashur, Kengashsiz bilik o’prashur.
6. Sabanda sandrish bo’lsa, O’rtugunda irtash bo’lmas.
7. O’kuz azaqi bo’lg’incha, bozag’u bashi bo’lsa yik.
8. Ko’k ko’rdi keragi yazti.
9. Achush aytur tubum altun, qamich ayur men qaydaman.
10. Ag’ilda o’g’laq tug’sa, ariqda o’ti unar.
11. Tavg’ach xanning to’rqusi telim, tenglamazib bichmas.
12. Anuq o’tru tutsa, yo’qqa sanmas.
13. Uma kelsa, qut kelar.
14. Qaz kishi savi yo’rig’li bo’lmas? -
1. Yuvosh odam bilan urush, Uyatsiz, yuzsiz odam bilan urushma.
2. Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik.
3. Tog’ arqon bilan egilmaydi, dengiz qayiq bilan bekilmaydi.
4. Mehnat bo’sh ketmaydi.
5. Maslahatli ish borgan sari yaxshilanib boradi, bemaslahat ish borgan sari buzilishga yuz tutadi.
6. Yer xaydash vaqtida puxtalik bo’lsa, xirmonda anglashilmovchilik bo’lmaydi.
7. Xo’kizning oyog’i bo’lguncha, buzoqni boshi bo’lgan yaxshiroq.
8. Mehnat va mashaqqat ko’rdi-yu, o’tovini orqasiga yuklab oldi.
9. Qozon aytur; Tubim oltin, Cho’mich aytur: Men qaydaman.
10. Molxonada buzoq tug’ilsa, ariqda o’ti chiqadi.
11. (Qoraxitoy) xoqonining ipak gazmoli ko’p, lekin o’lchamay kesilmas.
12. Mehmonga bor taom taqdim qilingach, ko’rmadim demaydi.
13. Mehmon kelsa, qut kelar.
14. Baxil odamning ovozasi chiqmaydi.
203. Turk xoqonronligi qachon va qayerda yuzaga keldi hamda qachon ikkiga bo’lina boshladi?- YI asr Oltoyda; YII asr boshlarida ikkiga — Sharqiy va G’arbiy qismlarga ajraldi.
204. Ikkinchi Turk xoqonligi qachon tashkil topadi va uning shuxrat topgan davri qaysi hukmdorligiga to’g’ri keladi?- YII asr oxirlarida; Qapag’on xoqon(691-716).
205. Turk xoqonligining butunlay yo’qolib ketishiga sabab nima edi?- YII asr oxiri YIII asr boshlarida O’rta Osiyaga arablarning bostirib kelishi.