INSONNOMA  ( 4012 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Hadija  27 Dekabr 2008, 20:34:11

 :bs1:

 :as:


Ko’rinmaslar ko’rinmas


Ko’pdir ko’rinmas narsalar, lekin ular bordir, Bil!
Kunda ko’rib bilganingdan, keltiray senga dalil.

Issiq-sovuq, achchiq-shirin, ko’rinmasdir barchasi
Ko’rinmasdir hidlar, hamda biror narsaning sasi.
Ko’rinmasdir tuzning ta’mi, yoki shakar shirini,
Hozirgacha hech kim bilmas bu barchasin sirini"¦

Maysa, daraxtni tebratib, o’zi ko’rnmas shamol
Demak, u bor biladursan ko’rsatmasa ham jamol.
Ul ko’rinmas narsalarning, bilarsanki bari bor.
Maloyika jin borligin nega qilasan inkor?!

Butun borliqni tebratib turgan kuchga ne deysan?!
Yana ne dey ishonmasang, g’ofil bandasan ey san!!!
Erur osmon, falak, fazo farishtalar makoni.
Sanog’iga teng kelmasdir hattoki, qumlar soni.

Tasavvur qil maloyika saflari ko’pdir qancha,
Qancha ko’pdir kor-u dunyong, yozgaydurlar o’shancha.
Bilib bitib turgaydirlar hatga barcha koringni
Sezdirmasdan senga yozgay hatto dilda boringni.

Allomalar aniq aytgan har sohada, har ishda
Haq hukmiga havola deb OMIN degay Farishta.
His qilarsan borliqlarin, lek o’zlarin ko’rmassan,
Bul qissadan hissa shulkim, sen ulardan zo’rmassan!!!
   
Sen ko’rmaysan, lekin qushlar sen ko’rmasni ko’rarlar
Senga habar bergandayin doim sayrab turarlar.
Allohga hamd aytar, ular chor atrofda sayrashib,
Ko’rinmaslar kelishganda, tasbeh aytar yayrashib.

Bir alloma bir so’z demish buni tahlil etarda.
Ko’rinmasni ko’rishchun qush ko’zida bordir parda.
Zo’rman debon zamin yuzin buzay deb qilma niyat,
Senday zo’rga berilmagan qushlardagi hosiyat.

Bul ayondir, yolg’iz haqqa sendan soqit siridir.
Sirlari ko’p yaratganning, bu ulardan biridir.
Farishtalar Yaratganning ko’rinmas bir lashkari,
Ko’rinmas kuch ko’pdir yana bu kuchlardan tashqari.

Ko’rinmaslar ichra bordir shuningdek yovuzlari,
Ular yashar yovuzlarday, yo yasharlar o’zlari.
Toza qalbli vakillaring ko’rolmaslar undaylar,
Har qadamda yomonlarni yomonlikka undaylar"¦

Qo’rqqin doim ul mal’unlar eshigingni qoqishin,
Chunki ular hohlamaslar Yaratganning hohishin.
Maqsadlari chin insonga qo’yshdir doim tuzoq,
Iymon degan tushunchadan barchasi butkul uzoq.

Yo’q, barchasi deyish xato, bordir Iymonlisi ham,
Faqat o’sha Iymonlisi uchragaydir kamdan-kam.
Chin mo’minga ular doim havas bilan qarashar,
Chin mo’minga havas bilan qarash albat yarashar.

Balki, bunga ishonmassan sabab ko’rinmas bari,
Lek ularning yomoni ko’p, yolg’onchidirlar bari.
Shul o’rinda bir so’z aytay, aql sog’ har kishiga,
Bila turib kirishgamagin Shaytonning har ishiga.

Har dam sening qulog’ingga yomon so’zlar osar u,
Zotingdagi zotlar uchun badal o’rnin bosar u.
Bilki badal ul dushmaning, yotar ekan qo’yningda,
Yer yuzida barcha buzuq ishlar sening bo’yningda.
Iblis undab har hil ishga inson zotin har qadam,
Ish bitirib qochib qolar, isnotga qolar ODAM.
Ul qora qalb qurib bo’lgan qalbingni battar siqar,
Bul ketishda yaqinda qo’yningdan boshga chiqar.

Boshga chiqdi dunyo ishi tamom zeb-u, zabardur.
Nega zoting vakillari bul ishdan behabardur?!
Do’st ko’rinib, asli kular har bir fahmi kaltangga,
U tufayli to’lib ketdi gunoh gunoh xaltangga"¦

Gunohlarga to’ldi xalta, to’ldi yovuzlik jomi,
To’lsa hamki bor idishing, to’xtamasdur davomi.
Iblis izni to QIYOMAT muddati qisqarmoqda,
Shul sababmi ergashganlar safi ortib bormoqda.

Kim bilmasa kimligini, kim biladi ul kimdir,
Joxillarning boshlarida Shayton doim hokimdir.
Barcha illat egasi bu Shaytonligin bilsang bas,
Buzuq ishlar yarashmasdur, qutlug’ nomingga ey KAS!!!

Qayd etilgan


Hadija  27 Dekabr 2008, 20:36:15

Tarbiya Ta’rifinda


Farzand o’sib, aqlin tanib, ulg’ayguniga qadar
Yaratganni tanitishi, kerak volida —padar
O’rgatmog’i kerak iymon va ibodat shevasin
Kamol topgacha farzand berar ul tarbiya mevasin

Halol, to’g’ri tarbiyaga sabab ota-onadir,
Eng avvalo halol luqma, iymonga nishonadir.
Ona iymoni pok bo’lsa, halol-pok sut bo’ladir,
Hamda halol osh non bo’lsa iymon ham but bo’ladir

Ota ham o’z iymonini agarki pok saqlagay,
Oqibatda zurriyodi o’z burchini oqlagay.
O’ta o’z tarbiyasiga avvalo bir qarasin,
Urush, so’kish berar ohir yomon bir samarasin.

Farzand quloq solmas urub deyishib bil-biliga
Ota avval yaxshi niyat solsin bola diliga.
Tushuntirsin kimligini yaratgan ul zotini,
Amaldachi ko’rsatsin ul tasdig’u, isbotini

Yana bir gap to’g’ri qo’ysin bola ismi, otini
Bola ismi belgilagay kelajak hayotini.
Yana ota burchi erur, bolaga ilm egallash,
To’g’ri yo’lga solish hamda to’g’ri kasb -hunar tanlash

Va hakazo davom etar bola yurish-turishi
Ulg’aytirish nazorati hamda turmush qurushi
Ota-ona farzandini nega buncha suyadi?!
Qara taom pishgunicha qozon qancha kuyadi?!

Taom toza pishgunicha ostida olov tinmas,
Qiziq o’sha pishiruvchi taomga hech ko’rinmas?!
Inson bo’lib olma aslo ota-ona qarg’ishin.
U ko’chirgay asta-asta hayot qasrin har g’ishin.
Anglatganim har oila, hamma teng qilsa niyat,
Go’zal bo’lur dunyo hamda, go’zal har bir jamiyat.

Qayd etilgan


Hadija  27 Dekabr 2008, 20:37:40

Hozirgi Holat


Shaharlaring suv bosmoqda, o’rmonlaring yonadir,
Bul barchasi balki yaqin JAZOdan nishonadir?!
Yerning qay bir nuqtasida tinmay dovul to’zonlar,
Qayda bilmam qahatchilik, qayda olov lovillar?!

Yutuqlaring tutunlari to’lmoqda shaharlarga,
Sof havolar o’z o’rnini topshirar zaharlarga.
Ekinlaring suvga zordir, dengizlaring suv so’rar,
Borliq buning sababini sening fe’lingdan ko’rar.

Zaminga ayt, endi uzuring, unutmagin jazoni,
Tavba qilgin, tazarru qil tinch qo’y endi fazoni.
Otish, titish va qo’parish bilan yer bag’rin o’yding!
Bu ham kamday kimyo ila giyohvand qilib qo’yding.

Yer bag’rini o’yma bu chog’ o’z halokat chog’ingdir!
Zamin senga vatan ahir, beshik qarorgohingdir.
Ona yerdan rizq topib sen yegaydursan, kiygaysan.
Unga ozor orttirishdan o’zing qachon tiyarsan!

Yerga ozor berma zinhor, ey Allohning hilqati,
Ajdodlaring suyagidan ko’tarilmish bir qati.
Yaxshi ermas yer sha’niga nomaqul so’z aytishing,
Yeb-yeb ohir yer deganga bordir bir kun qaytishing

Hosiling sal o’xshamasa ko’rasan ob-havodan,
Ho’p emasdur, andisha qil bul no o’rin da’vodan.
Senga suvin beray degan bulutga to’p otasan,
Yog’in yog’sa hududingga aytchi ne yo’qotasan?!

Kun bo’yi qor yog’sa agar, buncha yog’ar ko’p deysan,
Na sovuqqa ko’nadursan, na issiqqa ho’p deysan?!
Issiq-sovuq o’z o’rnida ayblamagin yoz-qishni.
Aljirama, ayta ko’rma Haqqa hush kelmas ishni.

Qayga quyosh nuri kerak, qayga yog’in shodasi,
Bu barchasi haq hukmidan, bari Haq irodasi.
Ba’zan yoqmas bir narsaning na ho’l, na qurug’i
Ba’zilar der tarvuz yesa, chiqmasaydi urug’i.

Har narsaning o’z o’rni bor, hayotda aytsam sanga,
Deylik bejiz terilmagan tikan, tipratikonga.
Yaxshiyamki sen yo’q eding bu olam yaralganda,
Bilmam holi ne bo’lardi so’zingga qaralganda.

Alloh sening irodangga emasdur also muhtoj,
Beadad ham sano aytgin boshingga kiydurmish toj.
Fe’ling o’ngla kuch berguncha turli ohu-vohingga,
Turmushing gar tuzalmasa, ag’darma ilohingga.

Bevafo deb dunyo sha’nin sharhlashga doim shaysan!
Dunyo hovlisida yashab, dunyoni yomonlaysan.
Haq berdi bu sayyorani senga keragi jam deb,
Be kam yaralgan dunyoni, qoralaysan bir kam deb.

Bu go’yoki bir hovliga kirib to’yib, ichib, yeb,
Ketishdir bu boy hovlidan, hovlining kami ko’p deb.
Omonat dunyoda yasha, ijarachi mehmondek,
Ketishing ko’p og’ir bo’lar, gar yashasang mezbondek.

Hayot yo’ling ba’zan bo’lib, yaxshiga-yu, yomonga,
Biron kamlik chiqib qolsa, ag’darasan zamongga.
Hey, zamonni tinch qo’ygin sen, o’z egasi bor uning,
Har zamonning miqdori teng, teng o’tar oy-yu, yil kuning.

Unutmagin tinglovchi bor doim oh-u zoringni,
Sen esa kam eslaydirsan, oily hukmdoringni.
Qilg’ilikni o’zing qilib, deysanki shayton ishi,
Shayton miltiq tirab turgan ko’rmadim biron kishi.

Nima qo’ling bog’lab shayton, qilarmu seni majbur?!
Unda qurol yo’qdir qo’rqma, undan faqat yuzing bur.
U hunari to’g’risida bilarmusan ne aytur?!
Bor yomonni yaxshi deydi, bu xiylaga sen shay tur.

Uni qo’ygin o’z holiga gunohlari yetadur,
Gar qilmasang aytganini sendan nari ketadur.
Shayton faqat fikr tashlar, shundan qaytsang bo’lgani,
Bu osondir, Alloh aytgan so’zni aytsang bo’lgani.

Bilmasang bu so’zni bul dam, bildiray bu nimadir,
Zoting uchun har dam zarur aytilar, kalimadur.
Alloh sen uchun nozil qilgan buyuk Kalomga ko’ra
Shaddot shaytonning sha’ridan Allohdan panoh so’ra.

Ba’zan do’stday bo’lib Iblis, har yonga boshlab qochar,
Ishonmagin ulug’ kunda ul do’sting tashlab qochar.
Ne kor bo’lsa o’zingdandir, aybni qidir o’zingdan
Tavba o’rnida aytilgan, ko’p nomaqul so’zingdan.

Izla qay yo’l bilan topgan ichgan osh-u tuzingdan,
Hayot fasillari ichra o’tgan bahor-kuzingdan.
Qilmishingdan qidir, senga har bir yomonlik yetsa
Yaratganning ishi bo’lur ul ofat nari ketsa.

Alloh derki: o’nglamasman, o’nglamasang o’zingni!
Aks holda JAZOng aniq kattaroq och ko’zingni.
Bul kundagi holatingni, aytsam iqror bo’l chindan,
Avjga chiqdi tubanliklar, bani bashar ichinda.

Tovuq yuzin ko’rsatmayin jo’jalarni ochirsang
Buqa yuzing ko’rsatmayin, molni sun’iy qochirsang.
Anglamasdan ko’zlab ohir be iblisga foydani
Buzma Alloh belgilagan buzilmas qoidani.

Be nasib qilma jonni, belgilangan savobdan
O’zni o’ngla, tafakkur qil qo’rqqin og’ir javobdan
Ko’plar oila baxtidan o’zni chetga burmishlar,
Qator-qator qurilgandir, ko’p nikohsiz turmushlar.

Padari kim bilolmasdan zurriyodlar ozorda
Er man degan uyda qolib xotin yursa bozorda.
Er erkakka nikohlansin desa ba’zi davlatlar
Essiz erkak deb berilgan arosatli savlatlar.

Izlanish deb tirik inson tanalarin tilsalar,
Jarrohlaring erni ayol, ayolni er qilsalar.
Ayollaring tug’maslikka qandaydir sim soldirsa,
Hohlaganda bola tug’ib, hohlaganda oldirsa.

Ooo buncha ko’p hohishlaring, yana nelar tilarsan?!
Lekin Holiq hohishiniaytchi qachon qilarsan?!
Bul kun endi joy qilding sen Quturish qoyasini
Inson sun’iy tug’ilmoqda ko’rmayin doyasini.

Ey yo’q tilim bormagaydur endi inson atashga
Kim ijozat berdi sanga, sun’iy inson yasashga.
Bu hunaring ochiq oydin da’vodir Hudolikka
Bu gumrohlik, ko’rnamaklik, raqiblikdir Malikka

Bu bir belgi berur inson, insonlikdan bezganin
Bul dam ochiq aytadurman, ko’nglim neki sezganin.
Bu qilmishing qilmishlaring, so’ngisidir so’ngi hat
Gar bu hatdan bir hatlasang, tamom ish boshlar Ahad.

Gar bir qadam qo’yding tamom qarabsanki JARdasan
Ne deyarsan bu qiliqqa ul kunda so’z aytardasan?!
   Yoqmasada so’zim tingla tishga qo’yib tishingni
Bundan buyoq boshqacharoq, bilib qilgin ishingni.

Tinglasinlar tomirida insonning qoni borlar
Tinglamasdur meni devor, tinglamas jonivorlar.
Bu bir faryoq, bu bir o’kinch so’zim shundoq shakldir
Sabab bul hat muallifi ham senga bir vakildir.

Bu faryodim shul’a bo’lib, yer yuziga sochilsa
Ko’zi ochiq ko’rmaslarning ko’r pardasi ochilsa.
Yetar, bas qil, to’hta, jim bo’l, bo’lma bir pas so’zimni!
Tavba qilgil Yaratgandan so’ra sabr to’zimni.

Dilda qotgan tugunlarni Tangri o’zi yechirsin
Yatar shuncha gunohimiz Tangi o’zi kechirsin.
Bilki ul kun zarur erur so’z va ishning puxtasi
Bul kun kutar endi seni o’nglanishning nuqtasi.

Unutmagin yer yuzida behisob sonligingni
Unutmagin Yaratganni hamda insonligingni
Unutmagin Alloh bergan qanday ulug’ taxting bor
Shukur qilki, istig’for ayt hali hamki vaqting bor.

Maqsadimning ma’nosini chaqgil chuqur o’ylagil.
Bilmaganga bildir sen ham, so’raganga so’ylagil.
Sen unga ayt, uchi unga u esa qolganlarga
Faqat aytgin anglaganga ozuqa olganlarga.

Anglat so’zim yo’l istagan g’aflatda yotganlarga
Behudaga so’z qotmagil, dili tosh qotganlarga.
Anglat so’zim quloq tutar keksalarga, yoshlarga
Aytma qulul tutmaslarga, dili harsang toshlarga.

Aytma husni karax qilgan mag’rur qalam qoshlarga
Bor muddati uch-to’rt kunlik qo’lma qo’l taloshlarga
Dillar ichra dil poralar, toshdan qattiq dillar bor.
Shunday dilga ega bo’lgan behisob vakillar bor.
Uyg’on, ahir qiyomatdan ko’rinar alomatlar.
Ko’rnamaklar o’z qavmiga yog’dirar malomatlar
Haqligini tan olmay yov, chang solar Haq diniga
Mehrsizlar mulk talashar og’a yotdir iniga

Iymonlilar boshlariga qadalgan tig’, tug’laring
Fosiqlaring ortib borar, kamayar ulug’laring.
Otalar o’z farzandlarin ilmdan qaytararlar
Ilm ahliga yov ko’rgandek, bad nigohla qararlar

Ayrimlaring taom haqin yamlamasdan yutarlar
Bilib turib tubanlikka shunchalar yuz tutarlar
Mazlumlarga, zulmkorning zulmi ziyod ortadur.
Begunohlar soat sayin nohaq azob tortadur.

Mehnatkashing mehnatiga arzimas chaqa olgay
Yer yuzida asta-sekin adolat ham yo’qolgay
Har qadamda xaridorlar haqlariga xiyonat
Taqislikning ro’yhatidan joy olmoqda diyonat.

Ko’plar ohir bormay qolar halol —harom farqiga
Inson qadri baholanar oddiy narsa narxiga
Demishlarki bular bari Qiyomatdan xabardir.
Balo kelsa yaxshi yomon barchaga barobardir.


(Forumdoshlar Insha Allah davomini ertaga yozib kiritishga harakat qilaman...)

Qayd etilgan


Chustiy  31 Dekabr 2008, 06:30:16

 :as:

Alloh rozi bo'lsin Muslima, bu mavzuni Muniraxonim ham ochgandilar va vaqti-vaqti bilan Insonnomadan iqtibos keltirayotgan edilar, siz ular bilan bog'lanib ko'ring ular kiritmagan she'rlarni birgalashib qo'yib yuboring Alloh roziligi uchun ba'zan shu kitobdagi boshqa she'rlarni qidirib hech topa olmayman.

Qayd etilgan