Mehmonga keldik bu dunyoga biz, bir kun ketarmiz hammamiz  ( 11715 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


zuhrahon  18 Yanvar 2009, 17:01:31

Ajab  zamon  bo’ldi.
Ko’chada  ne  ahvol  deya  so’roqlab
Uydan  chiqmoq  uchun  eshik  ocharmiz
Qay  tamon  tikilsak  faxshiy  nigohlar
Ajab  zamon  bo’ldi  qayga  qocharmiz
Zinoni  oddiy  hol  sanagach  bashar
Valadiz  zino  ham  kundan  kun  oshar
Qizlarning  qarashi  ko’zlarni  teshar
Ajab  zamon  bo’ldi  qayga  qocharmiz
Farzandning  ko’zlari  javdirar  yona
Ota  ne  qilarin  bilmay  parvona
Tarbiya  neligin  bilmasa  ona
Ajab  zamon  bo’ldi  qayga  qocharmiz
Seriyal  tufayli  hamma  ovora
Unda  qora  oq  dur  oq  esa  qora
Momo  sizni  sevdim  desa  nevara
Ajab  zamon  bo’ldi  qayga  qocharmiz
Mehmon  so’rolmasa  mezbondan haqin
Go’zal  sukunatni  yenganda  shovqin
Yettiyot  begona  qardoshdan yaqin
Ajab  zamon  bo’ldi  qayga  qocharmiz
Uzoqdan  bir  kimsa  yo’lni  paypaslar
Qalb  ko’zin  atrofi  o’ralagan  haslar
Ko’r  hasasin  tepib  shodlansa  kasalar
Ajab  zamon  bo’ldi  qayga  qocharmiz
Dunyoning  ishalri  ho’p  qiziq  bo’ldi
G’ayiblar  yeg’labon  fosiqlar  to’ldi
Erkakka  uylanagan  erkalar  to’ldi
Ajab   zamon  bo’ldi  qayga  qocharmiz
Haqiyqiy  buzg’unchi  tiyilolmayin
Olamani  horlagay  kun  o’tgan  sayin
Biz  asli  isloxchi  deyolgay  keyin
Ajab  zamon  bo’ldi  qayga  qocharmiz
To’g’ri   o’g’ri    bo’ldi  chap  yo’l  esa o’ng
Qorilar  poygakda  qalban  yeg’lab  ho’ng
Uy  to’la  xofizni  kutganidan  so’ng
Ajab  zamon  bo’ldi  qayga  qocharmiz
Birodar  o’tmishmas  ketmaylik  uzoq
Tojiku  qirg’iz    ham   o’zbeku  qozoq
Qorbobo  va  qorqizni  desallar  razzoq
Ajab  zamon  bo’ldi  qayga  qocharmiz
Bugun  tasir  uchun  bexol  so’zimiz
Qaysardan ham  battar  o’gil  qizimiz
Bariga  ayibdor asli   o’zimiz
Ajab  zamon  bo’ldi  qayga  qocharmiz


Qayd etilgan


zuhrahon  22 Yanvar 2009, 16:42:12

URL=http://rasm.sb.uz/#2e2c80390446b8eabad417e9a3fffb40.bmp][/URL]

Qayd etilgan


zuhrahon  28 Iyul 2009, 20:03:12

Nasihat.......



YOLG'ONCHILIK ASLI AZAL GUNOXDIR
SO'ZLAGANNING OXIRATI DO'ZAXDIR
GAR MUSULMON BO'LSANG GUNOX QILMAGIN
YOLG'ONCHILIK ASLI NIMA BILMAGIN

MAQTANIB HECH QACHON KIBRGA BOTMA
O'G'RILIK HECH QILMA DO'STINGNI SOTMA
SABR XASTALIKDA BILINAR SHU ON
SABRSIZ INSONNING XOLI BIL YOMON

OMONATNI ASRA XIYONAT QILMA
ZAIF NOCHORLARNI USTIDAN KULMA
ALLOXGA ITOAT BO'LSIN QALBINGDA
PAYG'AMBARGA SALOVAT AYT HAR VAQTINGDA

IBLISNI SO'ZIN UNUT
ALLOXDAN MAG'FIRAT KUT
GUNOXLARGA TAVBA QIL
RAXMON KECHIRGUVCHIDIR

G'IYBAT GAP SO'Z VA IG'VO
KATTA GUNOXDIR ZINO
ZAKOT BER QURBING YETSA
QALBDAN GUNOXING KETSA

BESH VAQT NAMOZ O'QISH BIL
O'QISH DOIM SAVOBDIR
JUMA NAMOZIGA CHIQ
SAVOB SARMOYASIN YIG'

MARHAMATLI BO'L DOIM
SENI SEVAR XUDOIM
SHUKR FAZILATIN BIL
ALLOXGA SHUKRONA QIL

YETIMNI HAQQIN YEMA
ULARNI RIZQIN QIYMA
XAROMDAN TIY NAFSINGNI
ALLOX QO'LLAYDI SENI

BANDALIK HAQQING BILGIN
OTA ONANG ROZI QILGIN
FOIZ YEMAGIN HAR VAQT
SHUNDA SENGGA KELAR BAXT

RO'ZADA RO'ZA TUTGUN
NAFSINGNI QILGIN TUTQUN
QUR'ONNI HAQ DEB BILGIN
ALLOXGA TAVBA QILGIN

SHE'RMI NASIHATMI BU
YURAKDAGI SO'ZIM SHU
SO'NGGI SO'ZIM OMONLIK
HECH KO'RMAYLIK YOMONLIK.

Qayd etilgan


zuhrahon  29 Iyul 2009, 21:47:58

Bir kun qaytishing bor yolg’iz Hudoga.
 
Dunyo yo’ldir, manzil qabr. Shoshma, odamzot,
Ko’ngil qo’yma bu bevafo molu dunyoga,
Bir kun kelar hech bir narsa  bermagay najot,
Ahir bir kun qaytishing bor yolg’iz Hudoga.
                     
Ruhing qushdir, jisming qafas, haloskor ajal,
Paymon to’lsa, ozod bo’lib uchar samoga.
Qiyomat kun eru osmon tutashgan mahal,
Shak-shubhasiz qaytishing bor yolg’iz Hudoga.                     
           
Umr karvon. Agar iymon bo’lsa sarboning,
Jaholatdan olib chiqar nuri ziyoga.
Birodarim, omonatdir shu shirin joning,
Tavba qilgin, qaytishing rost yolg’iz Hudoga.

Qayd etilgan