Eng kichik riyodan ham saqlan!  ( 3025 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Munavvara  29 Dekabr 2008, 12:57:49

Qalbning qoraymasligi, savoblarning zoe bo‘lmasligi uchun eng kichik riyodan ham saqlan! (Nafsning. - Tarj.) ibodatdan xushlanishi -lazzatlanishi ham riyo sanaladi. Chunki bu kimsa lazzat, huzur olmasa, ibodat etmay uni tashlab qo‘yadi.
«Vasiyyat» asarining muallifi shunday yozadi: «Riyo amalni bekor etuvchi, o‘ldiruvchi bir zahardir».

«Riyo bandalarning ibodat va yaxshiliklarini odamlarga oshkor etib, buning evaziga ehtirom, maqtov, boylik, mol-dunyo va martaba kutishidir. Odamlarga ko‘z-ko‘z qilingan ibodat riyo sanaladi. Bunday qilganni «muroiy» (riyokor) deyishadi». (Kinalizoda Ali Afandi. «Axloqi Aloyi», 315-bet).

Hazrati Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam riyoni «kichik shirkdir», deganlar.

Riyoning yomonligi haqida bir necha oyati karima va hadisi shariflar bor. Oyati karimada Alloh taolo quyidagicha marhamat etadi:

«Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga
halokat bo‘lgayki, ular riyokorlik qiladigan va ro‘zg‘or buyumlarni ham
(kishilardan) man qiladigan (ya’ni biron kishiga foydalari tegmaydigan) kimsalardir
!» (Mo’uvn surasi, 4-7-oyatlar).

Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: «Kimki amalini eshittirsa, Alloh uni eshitadi. Va kim riyo qilsa, Alloh uning ich yuzini yuzaga chiqaradi» (Muslim. "Zuhd", 47,48).

Riyoning ziddi ixlosdir. Ixlosli kishi amali tufayli maqtalishini yoqtirmaydi.

Rasuli Akram (s.a.v.) olim deyishsin, deya ilm o‘rgangan olimning, saxiy desinlar, deya infoq qilgan boyning jahannamga otilajagini xabar berganlar (Muslim. «Imora», 152).


Qayd etilgan


Munavvara  29 Dekabr 2008, 13:26:47

Riyoning darajalari:

Riyoning darajalari bir-biridan farqlanadi. Ibodatga riyoning aralashuvi faqat dunyoviy g‘oya yoki odamlarga maqtanish maqsadida bo‘ladi. Ba’zan bu ikki sabab ham riyo bo‘lishi mumkin. Ibodat Haqning rizosi yo xalqning extiromi uchun ado etiladi. Bulardan biri ustun kelishi yoki ikkisi teng bo‘lishi mumkin. Bu to‘rt ehtimolga bo‘linadi.

1. Kishining ibodati faqat xalqning ehtiromi uchun bo‘lsa, uni hech kim
ko‘rmasa, bu kimsa ibodatni tashlab qo‘yadi. Bunday amaliga savob yo‘q,
balki, Alloh taoloning g‘azab va nafratiga uchraydi.

2. Ibodat ham Haq rizosi ham xalqning ehtiromi uchun bo‘lsa-da, ikkinchisi g‘olib kelsa, yolg‘iz qolganda o‘sha kishi ibodat qilmaydi. Bu ham yuqoridagi kabi xunuk va Haqning qahriga mustahaqdir.

3. Ikkala maqsad ham teng kelsa, ya’ni Haqning rizosi va xalqning ehtiromi jihatlari bir xil bo‘lsa, bunda savob ham, jazo ham yo‘q; foydasi ham zarari ham yo‘q.

4. Alloh taolo rizoligini topish xalqning ehtiromi jihatidan ustun bo‘lsa - har narsa haqiqatini Alloh bilguvchi — bu darajadagi ibodat sohibi savobga erishadi. Lekin xalqning ehtiromini ham o‘ylagani uchun jazo ham ko‘radi.


Qayd etilgan


Munavvara  29 Dekabr 2008, 13:31:26

Riyoga sabab bo‘lgan amal:

Riyo amal bajarilayotganda yoxud qilingandan so‘ng amalga aralashadi:

a) Amalga riyo boshidan qo‘shilib, shu holatda davom etsa, osiy bo‘ladi. Ammo amal asnosida tavba va pushaymon bo‘lib, istig‘for aytsa-chi?! Bu o‘rinda haqiqat shuki, xalqdan ehtirom kutish niyati Haqning rizosini istashdan ustun kelsa, amaliga riyo qo‘shilgan bo‘ladi. Ammo sadaqa va qiroat kabi ichiga fasod qo‘shilish ehtimoli bo‘lmagan bir amalda riyo jihati g‘olib bo‘lsa-chi? Bunday holatda niyat yaxshi bo‘lsa savob, niyat riyo bo‘lsa jazo topadi. U nafl namoz va nafl haj kabi fasodga moyilroq, biroq nafl ibodat bo‘lsa, fosiddir. Farz bo‘lsa, bo‘ynidagi qarzini ado etgan hisoblanadi.

b) Agar amal bilan sevinish holati yuz bersa, buning zarari yo‘q. Biroq bu riyo savob amalga yo‘l bermasa, o‘sha amal bekor ketadi.

v) Agar qilgan amallarini ibodat qiluvchining o‘zi gapirmay birovlar aytsa, zarari yo‘q. Agar qilgan amalini o‘zi oshkor etsa va niyati ko‘z-ko‘z qilish, birovlarga aytish bo‘lsa, bu amalning ham habata (bekor) bo‘lishidan qo‘rqish kerak.

«Amal sahih bo‘lsa va keyinchalik odamlarga ma’lum qilsa yo eshittirsa, bu amalga daxl qilmaydi. Biroq uni oshkor qilgani tufayli ilohiy ta’qibotga duchor bo‘ladi» (Kinalizoda Ali Afandi. «Axloqi Aloyi», 319 - 321-betlar).

Oriflar ibodatlardan tot-lazzat olishni riyo alomatlaridan ekanligini aytishgan. Chunki nafs ibodatdan lazzat olmaydi, faqat uning istagiga xush kelsagina xushlanadi, yo‘qsa xursand bo‘lmaydi.

Ham Alloh taolo uchun, ham boshqa bir narsa uchun amal etish riyo hisoblanadi. Bu riyo shirkdir.

Qayd etilgan


Munavvara  29 Dekabr 2008, 13:37:28

Ustozim Abulqodir ad-Dashturiy rahmatullohi alayh bunday deganlar: «Niyat faqat Alloh rizoligini topish bo‘lmog‘i kerak. Bunga diqqat qil! Nafsing o‘yiniga rozi bo‘lsang, halokatga uchraysan. Seni ibodat qilishga tashfiq etuvchi ikki narsa bor: foniy va boqiy tashviq. Sayri suluk yo‘liga dastlab kirganlar uchun bu holat riyoning eng og‘ir bosqichidir. Chunki riyo ularda murakkab tarzda bo‘ladi. Bundan qutilish qiyin kechadi.

Sayri sulukka kuchi yetgan ulamoyi omilin (olimi boamal)ning bu holati musomaha ila (yaxshi, xush. - Tarj.) qabul qilinmaydi. Foniy va boqiy tashviq quyidagicha. Bir boshliq yoxud mansabdor odamda sening bir ishing bor. U boshliq yoxud mansab egasi birinchi safda yoki ma’lum bir joyda juma yo boshqa bir namoz o‘qiyapti. Sen esa odatdagidek u yerda farz namozini ado etmoq uchun emas, ehtiyojing, ishingni hal qilish uchun uning
yonida namoz o‘qishlikka harakat qilyapsan. Bu o‘rinda shu narsa haqiqatki, seni u tomonga tortayotgan narsa namozni mukammalroq ado etish niyati emas, ishingni bitirish niyatidir.

Riyoning nozik jihatlaridan yana biri Allohning valiysi bo‘lish niyati (umidi. - Tarj.) bilangina qilingan ibodatdir. Bu moyana muqobilida amal qilish kabidir. Bu kasallik, kasalliklarning eng yashirinidir. Bu kasallikka «chalingan» kishi balki yuksalayotgandir. Unga aytiladiki, sen tariqat ahli emassan, bu yo‘ldan voz kech, orqaga qayt. Chunki ahli tariqat - Alloh amriga buysunish, Haq oldidagi vazifasini ado etish maqsadida bandalik
qilgan - ibodat etgan (kishi)dir».

Bir maqomga yetishmasdan yoki yetishganini aytishga izn berilmasdan («men shu maqomga ko‘tarildim...» tarzda. - Tarj.) maqomlar da’vo qilish ham riyo sanaladi. Bunday kimsaga jazo beriladi, keyin aslo o‘sha maqomga yetisholmaydi. Bu tajribada sobit bo‘lgan.

Abul Hasan ash-Shozaliy bunday deganlar: «Muridlarga maqtanish maqsadida solih amallarni ko‘paytirish juda zararlidir. Solih amallarning ko‘pligi bilan faxrlanish fazilat emas. Ko‘pchilik muridlar bu holatdan ogoh bo‘lmaydilar. Murshidlar muridlariga imkoni boricha solih amallarini yashirishni vojib qilganlar..».


Qayd etilgan


Munavvara  29 Dekabr 2008, 13:43:14

Yana shunday deyilgan: «Murid maqtovga loyiq bir ishni qilib, o‘zining maqtalishini istasa riyokordir.

Insonlar uchun amalni tark etish ham riyo sanaladi. Fuzayl ibn Iyoz bunday deydi: «Insonlar sabab bo‘lib, amalni tark etish riyo, insonlar ko‘ngli uchun amal qilish shirkdir. Ixlos esa Alloh taolo seni har ikkisidan muhofaza qilishidir».

Bu o‘rinda bir ibodatga azm etib, odamlar ko‘radi, degan qo‘rquv sababli ibodatni tark qilgan kishi nazarda tutilmoqda. Shu kimsa riyokordir. Chunki u ibodatini insonlar sabab tark etdi! Biroq bu (nafl. - Tarj.) ibodatni yashirincha ado etish maqsadida tark qilgan bo‘lsa mustahabdir. Biroq farz amallarini ado etish bundan mustasnodir. Bularni ochiqdan-ochiq ado etish zarurdir.

Shar’iy bir maqsad ko‘zlanmasdan, hech kim bilmagan o‘tmishdagi allaqanday amallarni gapirish ham riyo sanaladi.

Ustozim Aliyyul Havvos (r.a.) har doim suhbatlariga keluvchilarga bunday tavsiya qilardi: «Hadisi shariflarda ta’kidlangani kabi kimgadir ko‘rsatish, eshittirish uchun amal qilishdan saqlanmoq lozim. Chunki bu ham amallarni riyo kabi zoe qiladi. Buning chorasi «odamlar amalimni ko‘rsin, eshitsin...», degan holatga takror qaytmaslik uchun sodiq tavba qilish va pushaymon bo‘lishdir. Zero, sodiq tavba (tavbai nasuh) xatoni o‘chiradi. Tavba tufayli Allohning izni bilan amal ham sahihga aylanadi. Buni quyidagi holatga o‘xshatish mumkin. Sog‘lom odam kasal bo‘ldi. Ittifoqo, foydali bir dori ichdi, Alloh bu dori vositasida xastalikni undan daf qildi va Allohning lutfi ila badan avvalgi sog‘lom holiga qaytdi.

Shubhasiz, «desinlar» dorisining (ya’ni, "boshqalar men haqimda gapirsin, meni maqtashsin" kasalligiga qarshi dorining. — Tarj.) borligi bir haqiqatdir». Riyo esa buning aksi. Chunki riyo - amalning aslini buzadi (boz ustiga kishini gunohkor qiladi). Riyo amalning savobini ketkizadi. Kufr va katta shirk esa barcha amallar savobini yo‘qqa chiqaradi...

Imom Sha’roniy, "œIbodat va zikr ahliga tavsiyalar"

sardormirzo.comdan olindi...

Qayd etilgan