Oxirzamon alomatlari  ( 28236 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Robiya  20 Mart 2008, 12:08:38

Ushbu mavzuda Ulug' Kun, Qiyomat alomatlari, Payg'ambarimiz Muhammad salallohu alayhi vasallam tomonlaridan aytib o'tilgan belgilar haqida tanishishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  20 Mart 2008, 12:11:16

Oxir zamon belgilari

Har bir mo’min-musulmon Imon keltirishi farz bo’lgan voqealardan biri qiyomatdir. Qiyomat haq, lekin uning qachon sodir bo’lishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi, hatto payg’ambarlar ham bilishmagan. Ammo payg’ambarimiz (s.a.v.) qiyomat soatining ayrim belgi-alomatlari haqida xabar berganlar.
  Jabroyil (a.s.) a’robiy qiyofasida kelib, Rasulullohdan (s.a.v.) qiyomatning qachon voqe’ bo’lishini so’raganlarida ul zot: "œSo’ralayotgan odam so’raguvchidan bilimliroq emas", deb javob berganlar. Keyin Jabroyil (a.s.) qiyomatning belgilari haqida so’radilar. Shunda Rasululloh bunday deb javob qilganlar: "œCho’rilar o’z xo’jayinlarini tug’mog’i va yalangoyoq, yalangto’sh, kambag’al molboqarlar bino qurishda bir-biri bilan bellashmog’i qiyomat belgilaridir"
  Ulamolar qiyomat soatining belgilarini katta va kichikka ajratishgan. Oxir zamonga yaqin odamlarning buzilib ketishlari, Allohning dinidan uzoqlashib, oralarida fitnalar sodir bo’lishi, ilmning va ilm ahlining iskanjaga olinishi, zilzilalar ko’payoshi, vaqtdan baraka ketishi, mol-dunyo ko’payib, sadaqa oladigan muhtojning topilmasligi, zinoning keng yoyilishi, ayollarning ko’payib ketishi"¦ kabilar kichik alomatlar sirasiga kiritilgan. Katta alomatlar esa, o’nta: quyoshning mag’ribdan chiqishi, yer hayvonining chiqishi, Dajjolning chiqishi, Iso alayhissalomning tushishlari, Ya’juj va ma’jujning chiqishi, tutun paydo bo’lishi, uch marta — mashriqda, mag’ribda va Arab jazirasida oy tutilishi, Yamanda bir olov chiqishi. Bularni payg’ambarimiz katta alomatlar sifatida sanab o’tganlar. Biz uchun ularning hammasiga imon keltirish vojib. Bu hodisalarning qayerda va qachon voqe’ bo’lishini esa, yolg’iz Alloh Taoloning o’zi biladi.   "œImon" kitobi asosida tayyorlandi.   


Qayd etilgan


Robiya  23 Mart 2008, 17:06:34

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1097.15. Mana shu yerda ham bu masala haqida batafsil aytib o'tilgan.

Qayd etilgan


Robiya  13 Dekabr 2008, 15:31:52

Imom Buxoriy "Al-jome' as-sahiyh" 2-bob. So’zga mashg’ul bo’lib turgan odamdan ilm(bilim) so’ralganda, uning so’zni tamomlab, keyin javob berishi to’g’risida.

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar:" Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir majlisda o’z qavmlariga so’z so’zlab turgan edilar. Bir a’robiy(badaviy) kelib:"Qiyomat qachon?",-deb so’radi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlarida davom etaverdilar.Ba’zi sahobalar:"Rasululloh uning so’zini eshitdilar-ku,lekin yoqtirmadilar shekilli",-deb o’yladilar. Ayrimlari esa:"So’zini eshitmadilar",-deb o’yladilar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlarini tugatgach:"Qiyomat to’g’risida so’ragan odam qani?",-dedilar.A’robiy:"Mana men, yo Rasululloh",-dedi."Omonat(halollik) o’rtadan ko’tarilganda qiyomatni kutaverg’il",-dedilar."Buni qanday bilsa bo’lur?"-dedi a’robiy."Ishing(kuning) nopok odamlarga qolganda qiyomatni kutavergil!",-dedilar".

Qayd etilgan


Mr.Twister  14 Dekabr 2008, 01:08:03

Аллоҳ розилигида бслинг

Qayd etilgan


zuhrahon  14 Dekabr 2008, 12:04:32

Assalomu  alaykum.Butun  olamlarning  yaratguvchisi  va  Parvardigori  Allox  taloga  bexisob  xamd-shukurona,uning  rasuli  Muxammad s.a.v.u  zotining  asxobi  xamda  axli  baytiga  ko'pdan  ko'p  salovatu  durudlar  yog'ilsin.
Umar  Ibn  Xattobdan  rivoyat  qilinadi.<Biz  kunlarning  birida  Rasululloh  bilan  birga  edik,shu  payt  kutilmaganda  oppoq  kiyimli,qop-qora  sochli  bir  kishi  kelib  qoldi.Unda  safar  asorati  ko'rilmasdi.Va  uni  bizdan  biror  kishi  tanimasdi  xam.U  kishi  Rasululloh  xuzurlarida  o'tirib,tizzasini  tizzalariga  tekkizib  ikki  kaftini  sonlari  ustiga  qoyib:<Ey  Muhammad,menga  Islom  xaqida  xabar  bering>,dedi.Shunda  Rasululloh:<Islom  bu  - <Alloxdan  boshqa  ilox  yo'q,allabtd  Muxammad  alayxissalom  Alloxning  rasuli>,deb  guvohlik  bermog'ing,namozni  ado  etmog'ing,zakot  bermog'ing,Ramazon  ro'zasini  tutmog'ing,  xamda  yo'l yurishga  qodir  bo'lsang,Baytullohni  xaj  qilmog'ingdir>,dedilar.U kishi:<Rost  gapirdingiz>,dedi.Biz  esa  undan  so'rab  yana  tasdiqlagani  uchun  ajablandik.Xaligi  kishi:<Menga  imon  xaqida  xabar  bering>,dedi.Rasulullox<Alloxga,farishtalariga,kitoblariga,Payg'anbarilariga,oxirat  kuniga  xmada  yaxshi  va  yomon  taqdirga  imon  keltirmoqlikdir>,dedilar.U  kishi  yana:<Rost  gapirdingiz,menga  exson  xaqida  xabar  bering>,dedi.Rasulullox:<Exson  -Alloxni  goyoki  ko'rib  turgandek  ibodat  qilmog'ing.Agar  uni  ko'rmasang,u  seni  ko'radi>,dedilar.U  kishi  <MENGA  QIYOMAT  XAQIDA  XABAR  BERING>,DEDI.RASULULLOX  :<SO'RALGAN  SHAXS  BU  XAQDA  SO'RO'VCHIDAN  ZIYODA  BILUVCHI  EMAS>,DEDILAR.U  KISHI:<(BUNDAY  BO'LSA)QIYOMAT  ALOMATLARI  XAQIDA  XABAR  QILING>,DEDI.RASULLUOX:<CHO'RI  O'Z  XOJASINI  TUG'MOG'I  XAMDA  YALONG'OCH  QO'Y  BOQUVCHI  BECHORALAR  UY  BINO  QILISHDA (KIM  O'ZARGA)  POYGA  QILMOQLIGIDIR>,DEDILARSo'nga  u  kishi  ketdi.Men  esa  uzoq  vaqt  turib  qoldim.Rasulloh:<Ey  Umar ,bu  savol  qilgan  kishini  bilasanmi?>dedialr.Men  :,Allox  va  rasuli  bilguvchiroq>,dedim.Shunda  u  zot:,Bu  Jabroyil  edi.Sizlar  diningizni  talim  berish  uchun  keldilar.,deb  aytidlar.  Imom  Muslim  rivoyaltari.siz  aziz  birodarlarimga  shunday savolim  bor   RASULLUOX:<CHO'RI  O'Z  XOJASINI  TUG'MOG'I  XAMDA  YALONG'OCH  QO'Y  BOQUVCHI  BECHORALAR  UY  BINO  QILISHDA (KIM  O'ZARGA)  POYGA  QILMOQLIGIDIR>,DEDILAR  siz  shu jumalga  o'z  tushunchangizni  bildirsangiz  Olloh  barchamizni  o'zi  rozi  qiladigan  qilib  tarbiyat  qilsin  omin. :)

Qayd etilgan