Sheriyat mulki  ( 93901 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 23 B


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 16:34:11

Ko'nglung istar yorlar birla hamisha shod bo'l,
Mendinu kimdinki, ko'nglung istamas, ozod bo'l.

Garchi sabrim uyi yanglig' aylading vayron meni,
Doyimo, yo Rabki, husnung mulkidek obod bo'l.

Men chekib anduh o'lay, el joni bo'lsun ul Masih,
Sovrul, ey charxi nigun, v-ey dahri dun, barbod bo'l.

Bevafolar zulmu bedodig'a ermassen harif,
Ey sinuq ko'nglum, agar hud shisha, gar po'lod bo'l.

Tuttum o'lmakdin tirilmak hajrida tengdur manga,
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo'l.

Chekma boshklim, emin ermassen xazon yag'mosidin,
Bu chaman ichra savsan, agar shamshod bo'l.

Ey Navoiy, olam ahlig'a chu yo' ermish vafo,
Kel-u, mundin nari bekaslik bila mo'tod bo'l.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 16:43:34

Kecha kelgumdir, debon, ul sarvi gulro' kelmadi,
Ko'zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtim-u, chektim yo'lida intizor,
Keldi jon og'zimga-vu, ul sho'xi badxo' kelmadi.

Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro'zg'orimdek ham o'lg'anda qarong'u kelmadi.

Ul parivash hajridinkim, yig'ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko'rganda kulgu kelmadi.

Ko'zlaringdin necha su kelgay, deb o'lturmang meni
Kim, bor qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo'qsakim qo'ydi qadam
Yo'lg'akim, avvalqadam ma'shuqu o'tru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelga uyga qayg'u kelmadi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 16:54:18

Ko'rgali husnungni zoru mubtalo bo'ldim sanga,
Ne balolig' kun edikim, oshno bo'ldim sanga.

Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko'ngul,
Vahki, kun-kundin batarroq mubtalo bo'ldim sanga.

Men qachon dedim: vafo qilg'il manga - zulm aylading,
Sen qachon deding: fido bo'lg'il manga - bo'ldum sanga.

Qay pari paykarga dersen: telba bo'lding - bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo'ldim sanga.

Ey ko'ngul, tarki nasihat ayladim avvora bo'l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo'ldim sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldim sanga.

G'ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo'ldim sanga.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 17:01:41

Jong'a chun dermen: "Ne erdi o'lmakim kayfiyati?"
Derki: "Bois bo'ldi jism ichra marazning shiddati".

Jismdin so'rsamki: "Bu za'fingg'a ne erdi sabab?"
Der: "Anga bo'ldi sabab o'tluq bag'irning xirqati".

Chun bag'irdin so'rdum, aytur: "Andin o't tushti manga
Kim, ko'ngulga shul'a soldi ishq barqi ofati".

Ko'ngluma qilsam g'azab, ayturki: "Ko'zdandur gunah,
Ko'rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati".

Ko'zga chun dermenki: "Ey, tardomani yuzi qaro,
Sendin o'lmish telba ko'nglumning baloyu vahshati".

Yig'lab ayturki ko'zki: "Yo'q erdi manga ham ixtiyor
Ki, ko'rundi nogahon ul sho'xi mahvash tal'ati".

Ey Navoiy, barcha o'z uzrin dedi, o'lguncha kuy
Kim, sanga ishq o'ti-o'q ermish azalning qismati.

                                  ***

Yordin ayru ko'ngul mulkedurur sultoni yo'q,
Mulkkim sultoni yo'q, jismedururkim joni yo'q.

Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qaro tufrog'dekdurkim, gul-u rayhoni yo'q.

Bir qaro tufrog'kim, yo'qtur gul-u rayhon anga
Ul qorong'u kechadekdurkim, mahi toboni yo'q.

Ul qorong'u kechakim, yo'qtur mahi tobon anga
Zulmatedurkim, aning sarchashmayi hayvoni yo'q.

Do'zaxiykim ravzayi rizvondin o'lg'ay noumid,
Bir xumoriydurkim, anda mastlig' imkoni yo'q.

Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki bor,
Hajrdin dardi va lekin vasldin darmoni yo'q.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 17:23:39

Xil'atidin to aylamish jonon qizil, sorig', yashil,
Shu'layi ohim chiqar har yon qizil, sorig', yashil.

Gulshan ettim ish sahrosin samumi ohdin
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorig', yashil.

Shishadek ko'nglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig', yashil.

Orazu xoling bila xatting xayodin erur
Ko'zlarim ollida davron qizil, sorig', yashil.

La'lgun mat tutqil oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yo'q imkon qizil, sorig', yashil.

Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek
Xirqada timak erur oson qizil, sorig', yashil.

Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
Bo'ldi nazming rangidin devon qizil, sorig', yashil.

                               ***

Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin,
Ko'ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?!

Ko'zi qahrinmu deyin, kipriki zahrinmu deyin,
Bu kuqudrat aro ruxsori safosinmu deyin?!

Ishqi dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?!

Zulfi dominmu deyin, la'li kalominmu deyin,
Birining daydi, yana birining adosinmu deyin?!

Turfa holinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko'nglak uzra gulrangi qabosinmu deyin?!

Charx ranjinmu deyin, dhr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?!

Ey Navoiy, dema qosh-u ko'zining vasfini et
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin?!



Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 17:41:28

                         Ruboyilar!

G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo'lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikondek oshyon bo'lmas emish.

                          ***
Zohid, senga - hur, manga - jonona kerak,
Jannat - sanga bo'lsun, manga - mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo'lsa to'la yona kerak.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 17:44:36

Jondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo'lmas,
Ondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz.

                        ***
Kim ko'rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o'lsa paydo xushluq,
Omodadurur yonida yuz noxushluq.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 17:48:49

Gar oshiq esang, zebu takallufni unut,
Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut.
O'tkan gar erur yamon - taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi - tasarrufni unut.

                   ***
ELdin qochib ulki, tutsa to'g ichra qaror,
Sovug'da yeri bu tog'ning javfida g'or,
Issig'da makoni andakim, yotmish qor,
Olam elining shahlig'idin bor anga or.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 17:53:17

Ahbob, dengizki, xonu mondin tama' uz,
Ne xonu ne mon, kavnu makondin tama' uz,
Ne kavnu makon, jonu jahondin tama' uz,
Lekin demangiz muniki, ondin tama' uz.

                         ***
O'lsam, yasamang munda mazorim mening,
Yuklab eliting jismi figorim mening.
O'tru chiqarib ahli diyorimni mening,
Ko'yida qo'yung tani nizorimni mening.

                         ***
Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu daf'ig'a davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan g'ayri rizo qilma havas.


Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 17:54:47

Nomang manga ruhdin nishon bo'ldi yana,
Osoyishi joni notavon bo'ldi yana.
Har harfi aning tanimda jon bo'ldi yana,
Har lafzi hayoti jovidon bo'ldi yana.

                        ***
"Jon"imdagi "jim" ikki dolingga fido,
Andin so'ng "alif" toza niholingga fido,
"Nun"i dog'i anbarin hilolingga fido,
Qolgan ikki nuqta ikki xolingga fido.

                        ***
Ko'z birla qoshing yaxshi, qabog'ing yaxshi,
Yuz birla so'zing yaxshi, dudog'ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshdin-ayog'ing yaxshi.

Qayd etilgan