Sheriyat mulki  ( 149129 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 23 B


AbdurRohman  15 Sentyabr 2007, 21:41:06

Rahm aylasang-chi dеvonalarg'a,
Ishqingda bo'lg'an afsonalarg'a.

Aylab judoliq, ey hamnishinim,
Qilding jafolar g'amxonalarg'a.

Kuydurma jonim rashk o'ti birla,
Ochib yuzungni bеgonalarg'a.

Sajda qilay dеb, shirin, butimg'a,
Bordim so'roqlab butxonalarg'a.

Maygun labingdin bir bo'sa bеrgin,
Sinsun xumori mastonalarg'a.

Har dam tilarman husni kamoling,
Urub boshimni ostonalarg'a.

Yondur, kuyoyin xilvat ichinda,
Sham'i jamoling parvonalarg'a.

Ishqingni ganji vayron ko'ngulda,
Qo'ysang turarmu koshonalarg'a.


Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Sentyabr 2007, 19:18:41

Chandon kishilar "dunyo mening", deb quchub o'tti,
Dunyo talashib bir-biridin qon sochib o'tti.

To xoki siyah kosayi jismg'a tukulmay,
To'ymay bu jahon mulkig'a, og'zin ochib o'tti.

Man-man dedilar, sig'madilar ushbu jahong'a,
Ko'rgilkim, ani uch qari yerni quchub o'tti.

Hech ko'rmadilar zarra vfo zoli falakdin,
Oxir hammasi bobi adamni ochib o'tti.

Kim ko'rdi vafo mol yig'ib ushbu jahondin,
Tashlab, bori el bahri fanoni kechib o'tti.

Dunyoni bilib, ravzanidin mardi xudolar,
Solmay nazarni anga, yiroqdin qochib o'tti.

Dunyog'a kelib, zarra Huvaydo amal etmay,
Dil arsasig'a tuxmin gunahni sochib o'tti.


Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Sentyabr 2007, 19:45:50

Arzimni aydim bodi sabog'a,
Yetkursa holim ul dilrabog'a.

Qilsa Xudoyim ko'nglin muloyim,
Rahm aylag'aymu man mubtalog'a?!

Qilg'aymu xayrin o'z qo'li birla,
Borsam ko'yiga, miskin gadog'a?

Dedi raqiblar yorga yomonlab,
Soldi judolig', naylay, arog'a.

Ko'nglumda yo'qtur zarra gumonim,
Kimki yomondur, soldim Xudog'a.

Holimni aytsam yorim inonmas,
Emdi qo'yubman yavmuljazog'a.

Yorsiz kishini firdavsi yo'qtur,
Suydim sanamni, qoldim balog'a.

Dushmanlarni nozu niamda
Parvarish aylab, soldi g'inog'a.

Do'stini yorim ranju alamda
Qo'ydi el ichra javru jafog'a.

Miskin Huvaydo sabru tahammaul
Aylab, hamisha yig'lar Xudog'a.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Sentyabr 2007, 20:05:51

Qayu ishga qadam qo'ysam, manga andin ziyon bo'ldi,
Mani betoleim, ey do'stlar, ko'p imtihon bo'ldi.

Yuzum sho'ru yo'lim qattig', erurman turfa betole',
Kima man mehribon bo'lsam, manga nemehribon bo'ldi.

Suyub jonu dilimdin kimga qildim oshnoliqni,
Uzub ul oshnoliq, oqibat, manga yomon bo'ldi.

Hama el baxtidin ilgiga olsa xok zar bo'ldi,
Mani ilgimdagi zar shul zamon tufroq hamon bo'ldi.

Gulistonlar aro kirdim, ilik sundim olay deb gul,
Ko'rung betoleim: gul xori siynamga sinon bo'ldi.

Huvaydo ayladi zolim falakni zulmidin ming dod,
Manga qolg'onda ul zolim charx kajravon bo'ldi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Sentyabr 2007, 20:12:56

Icharg'a boda shar mavsimi chaman yaxshi,
Navoyi mutribu xuch majlis, anjuman yaxshi.

Suzub piyolayi mayni, yig'ilsa ishrat eli,
Sunarg'a mug'bacha may kosayi Xo'tan yaxshi.

Xush o'tkar umri azizing jahon g'amini yemay,
May ich, tiriklik aro sihhati badan yaxshi.

Kishikim ichmasa mayni tirik emas, o'lgan,
Aningdek odamg'a go'r ila kafan yaxshi...

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Sentyabr 2007, 20:20:12

Ko'ngulda dard qo'b, ayturg'a bir mahram topolmasman,
Ketarg'a bosh olib cho'llar aro hamdam topolmasman.

Yurakim g'ussaga to'ldi, kishim yo'q aytgali holim,
Netay dard aytkudek bir dardman odam topolmasman.

Kularlar qahqaha aylab, nechuk beg'am kishilardur,
Kularg'a bir zamoni xotiri beg'am topolmasman.

Kecha-kunduz oqar yoshim ko'zumdim jolalar yanglig',
Yaqomni ko'ksum uzra bir zamon benam topolmasman.

Jarohat bo'ldi bag'rim tig'i hasrat birla, man naylay,
Yurub, izlab, tabiblardin anga marham topolmasman.

Musibatxonadur dunyo, nechuk odam yuru beg'am,
O'zumni, ey Huvaydo, lahzaye beg'am topolmasman.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Sentyabr 2007, 20:28:36

Shiddati ohim o'tidin gunbazi axzaring kuyar,
Shamsu qamar birla yana jumlayi axtaring kuyar.

Chiqsa tanimni uchquni, tushsa jahonni mulkiga,
Vahshu tayuru devu jin, mo'minu kofaring kuyar.

G'arqayu o'tdurur tanim, kelma, tabib, qoshima,
NOzuru g'amni yorg'oli qo'ldaki nishtaring kuyar.

Kushtayi tig'i ishqman, kelma qoshima, qotilo,
Chiqsa sharorayi nafas, sayf ila xanjaring kuyar.

Kiy demang, ey junun eli, manga kulohu jandani,
Otash erur tanim maning, dalqi qalandaring kuyar.

Kelmading ey humoyi baxt, boshima soya solg'oli,
Birgah otarman oh o'qin, bol ila ham paring kuyar.

Qumriyi xastadil, bu kun sarv uza nola qilmog'il,
NOlayi ohi so'zima sarvu sanavbaring kuyar.

Bo'lsa qiyomat, ul kuni darding aytibon sani,
Yig'lasam el arosida, do'zaxu mahsharing kuyar.

Xur ila jannating netay, anda yuzingni ko'rmasam,
Xasta Huvaydo ohiga havz ila kavsaring kuyar.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Sentyabr 2007, 20:34:27

                                    JAHON OTIN UVAYSIY

                                            G'azallar!

Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo'lsa, oshno Uvaysiyman.

Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumub ko'zni muddao Uvaysiyman.

Uz diling taalluqdin, band qil Xudo sori,
To degil kecha-kunduz:"Mosivo Uvaysiyman!"

Kechalar fig'onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.

To ko'rib xarobotin ta'na etma, ey zohid,
BIr nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.

Faqr borgohiga qo'ysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo'lsa, jonfido Uvaysiyman.

Vaysiy beriyozat deb sahd tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Sentyabr 2007, 20:43:35

Zamona kufatidin bu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi,
BU charxi bemuruvvatdin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Jarohat bo'ldi bag'rim tig'i bedodi raqiblardin,
Bu ko'tohfahm mardumdin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Bu gulzori fano ichra mahali bexalal yo'qtur,
Hamesha zaxmi xorodin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yo'q ogah,
Qabihguftor mardumdin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Ko'ngul qoni farog'i duydadin bir lahza band o'lmas,
Vujudim iztirib aylab ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Turubdur bag'rim ichra qon misoli g'uncha, naylarman,
Ochilmay gulsifat ushbu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

So'zimdin xotiring uzra gumone o'zga yetkurma
Ki, izhor aylamay naylay, ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Meni rasvoyi olamdin mabodo e'tiroz etma,
Takallum birla shod ayla, ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Ko'ngulni otashin bejo qilibdur nutqi guftori,
Qayu bog' andalibidin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Bu so'zni ayladi barpo ajab gustohliq birla,
Maloli xotir o'lg'aymy, ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Ajab ash'ori mavzun bog'ladi Vaysiy hasaddinkim,
Umarxon zufununekim, ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  20 Sentyabr 2007, 21:00:07

Bugun, ey do'stlar, farzandi jononimni so'gindim,
Gado bo'lsam, ne ayb, ul shohi davronimni sog'indim.

Musofirman, g'aribman, bekasu ham benavodurman,
Vujudum darda to'ldi, emdi darmonimni so'gindim.

Tilimning zikriyu ko'nglinni fikri, yaxshi farzandim,
Azizim, yolg'uzim, davlatli sultonimni so'gindim.

Kecha-kunduz yo'lig'a muntazirdurman, tikarman ko'z,
Kelib holim so'rabon ketsa, mehmonimni so'gindim.

Nasibin uzmadi tangrim, ilojin topmag'ay kelsa,
Onam deb bo'lg'usi bag'ri qizil, qonimni sog'indim.

Qorong'u bo'ldi olam ko'zima ushbu judolikdin,
Ko'zu ko'nglum ziyosi, mohi tobonimni so'gindim.

Meni bekas Uvaysiy yig'lag'ayman ro'zu shab tinmay,
Uyimning ziynati, ko'z ravshani, xonimni so'gindim.

Qayd etilgan