Davlating borida bordur ahli olam oshno,
Qaytg'ach davlat, jahonda topilur kam oshno.
Uyla bekaslik meni mahzung'a topmish dastkim,
Bir kishi yo'qdur mango juz kulfati g'am oshno.
Baski, davron xoxishi begonaliq solmoqdurur,
Bir-biriga bo'la olmas ikki hamdam oshno.
Kimki bo'ldi oshno, bot ayladi begonalig',
Topmadim davr aro bir ahdi mahkam oshno.
Gar vafo bo'lsa, parida bo'lg'ay erdi, ko'rmadim,
Bo'ldurlar har nechakim avlodi odam oshno.
Hajr ranjidin o'larga eymishamkim, ko'rsalar
Holima tutg'ay azo begona, motam oshno.
Ishq aro ul nav' erur vahshat meni majnung'akim,
O'zgani demay, bo'la olmas ko'ngul ham oshno.
Dard chekmak, ashk to'kmak ishq eliga xosdur,
Har ko'ngulga dard, har ko'zga emas nam oshno.
Muniso, davron g'ami begona bo'ksa, tong emas
Kim, senga bo'lmish biyik donishvar Akram oshno.