Sheriyat mulki  ( 94568 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 23 B


AbdurRohman  23 Sentyabr 2007, 15:29:33

Vahki, ul zolim meni mazlumga qotil hanuz,
Ya'ni ag'yorimg'a yuz ming mehr ila moyil hanuz.

Yoshurun sirrimni demay, xalq anglab, voykim,
Aytib anglamoq bila holimni ul g'ofil hanuz.

Vah, nechuk bahr erdi hijronkim, minib g'am zavraqin,
Har necha qat' aylaram, mavjud emas sohil hanuz.

Ko'zu ko'nglumdin balog'a qoldim, ore, kimsaga
Sud yetkurgan emas ahbobi noqobil hanuz.

Nafyi ilsmi ishq etib, qilmoq nedur isboti zarq,
Kelmamish, zohid, jahong;a sen kibi johil hanuz.

Muniso, hushing bor ersa, dahri dun tarkin tut
Kim, oning bo'lg'on ermatur moyili oqil hanuz.

Qayd etilgan


AbdurRohman  23 Sentyabr 2007, 15:34:19

Ko'ngluma bir gul g'amidin sonchilibdur xorlar,
Ohkim, har xoridin jonimdadur ozorlar.

Aylamish ko'nglumni majnun jilvayi laylivashi
Kim, asiri g'amzasidurlar pariruxsorlar.

Turfa ayyoreki, din naqdin olurda turrasi
O'rganurlar andin o'g'riliq ishin tarrorlar.

Gardishi chashmidadur kayfiyati davri qadah,
Men bilibdurmanki, bilmaslar ani hushyorlar.

Muniso, ag'yor gar hamsuhbat o'lsa yor ila,
Bo'lma mahzun, hamdami gul bo'lg'usidir xorlar.

Qayd etilgan


AbdurRohman  23 Sentyabr 2007, 15:46:37

Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor?
Qaysi bulbulning seningden bir guli bexori bor?

Qaysi ra’no sarvqadg’a qumriye bor men kibi?
Qaysi qumrini qadingdek sarvi xushraftori bor?

Qaysi laylivash pari majnuni bor men telbadek?
Qaysi majnunning meningdek bir pariruxsori bor?

Qaysi yor ollida mendek oshiqi jonboz erur?
Qaysi oshiqning seningdek nozanin dildori bor?

Qaysi dildorg'a bordur meningdek bedile?
Qaysi bedilning seningdek nozanin dildori bor?

Qaysi bir ayyorning bor men kibi sargashtasi?
Qaysi bir sargashtaning sendek buti ayyori bor?

Qaysi shohning Munisi mahzun kibi bordur quli?
Qaysi gulning sen kibi shohi falakmiqdori bor?

Qayd etilgan


AbdurRohman  24 Sentyabr 2007, 13:27:00

Voliyi mulki tariqat gar Nizomiydur mango,
Manzili ma’nig’a Xizri roh Jomiydur mango.

Xotirimg’a Xusravidin har zamon sho’re yetib,
Banda davronning bori shirinkalomidur mango.

Piri ansoriy so’zidin choshni nutqum topib,
So’zda hosil sharbati yuh’yil-izomidur mango.

Hofizi Sheroz lutfidin taraqqiylar topib,
Jilvagoh ahli tasavvufning maqimidur mango.

Yuzima Attor har lahza do’koni fayz ochib,
Doim andin atrparvar jon mashomidur mango.

Fayzi Firdavsiy gahi ko’nlum ochibdur biyddek,
Goh Hoqoniy futuhining payomidur mango.

Goh tab’im Anvariy nuri bila ravshan bo’lub,
Goh Sa’diy jomining fayzi mudomidur mango.

Topibon ishqi Iroqiydin zamirim nash’aye,
Hosil, ahli ishqning sho’ri tamomiydur mango.

Nusxayi ta’bidi Bedildin topib fayzi suxan,
Ma’ni ichra nomayi iqboli tomiydur mango.

Qilsa hosid daxli bejo, so’z aro yo’qtur g’amim
Kim, bu ma’nida Navoiy ruhi homiydur mango.

Tong emas, Munis, agar bo’lsam kiromiy qadrkim,
Ustodi zohiru botin Kiromiydur mango.


Qayd etilgan


AbdurRohman  24 Sentyabr 2007, 13:31:39

Yutubon bu zamonda qon shuaro,
Nazm etar gavhari fig’on shuaro.

Yerga xurshiddek solur davron
Qilsalar sayri osmon shuaro.

Do’stlar lutfidin qilur mahjur
Baski, bor dushmani zamon shuaro.

Yuz xushomad bila gadolig’ etib,
Topa olmas yemakka non shuaro.

Davlat asroridin erur g’ofil,
Har necha ersa nuqtadon shuaro.

Bo’lub iflosdin zarurat ila
Xissat ahlig’a madhxon shuaro.

She’ri yanglig’ kezar mahofil aro
Qilg’ali dardi dil ayon shuaro.

Go’yiyo ro’zgor anosidin
Tug’di kulfatga tav’amon shuaro.

Dardmandu jafokash elga qilur
Nazm ila dardini bayon shuaro.

Ahli davlatga bo’lsa ham maddoh,
Topmas iqboldin nishon shuaro.

G’ussadin o’lgay erdi, topmas esa
She’ridek yori hamzabon shuaro.

Baski, davron erur hunardushman,
Ko’radur fazlidin ziyon shuaro.

Mizbonlig’ qilurg’a yo’q nimasi
Bo’lsa Munisga mehmon shuaro.


Qayd etilgan


AbdurRohman  24 Sentyabr 2007, 13:36:22

Garchi avval bor edi mahbubi gulruxsora so’z,
Lek erur holo base mankubu baxti qora so’z.

Shoiri sho’ridaga diljam’liq qaydin yetar,
Daxli bejodin avom olllidadur yuz pora so’z.

Dema, so’z atrofiga chekmish livoyi ishtihor,
Qadrdone topmay o’lmish dahrda ovora so’z.

Shoir o’z ahvolig’a darmondavu fazl ahli xor,
Ohkim topmas bu davron ichra bir g’amxora so’z.

Qilma izhori suxanvarlik farog’e istasang,
Siymu zar o’rniga yer boshig’a sangi xora so’z.

Xoh nazmu xoh nasr o’lsun fazilat ahlidek
Xorlig’ domonig’a chekmish oyoq yakbora so’z.

So’z chu mundoq xor esa, so’z ahli mundoq xoksor,
Vah ne til birla deolg’ay Munisi bechora so’z.


Qayd etilgan


AbdurRohman  24 Sentyabr 2007, 13:39:14

Istading, ey dil, ko’zing, joning kerakmasmu sanga?
Kufri zulfin sevding, imoning kerakmasmu sanga?

Dardu g’am seli bila buzding ko’ngil koshonasin,
Ey malohat ganji, vayroning kerakmasmu sanga?

Jam’ etib, o’tlug’ ko’ngullarni muqayyad aylading,
Halqayi zulfi parishoning kerakmasmu sanga?

Tiyri g’amzang muddaiy ko’ngliga zoye’ qilmakim,
Ul xadafdur xora, paykoning kerakmasmu sanga?

Sarsari ohimni, ey gardun, qilursan tundu tez,
Mash’ali xurshedi raxshoning kerakmasmu sanga?

Ey gul, aylarsan jafo xorin urub, Munisga javr,
Andalibi dilkash ilhoming kerakmasmu sanga?


Qayd etilgan


AbdurRohman  24 Sentyabr 2007, 13:50:08

Tabassumda ko’rub rangin labingni nogahon g’uncha,
Qilib diltanglik zohir, ichidin bo’ldi qon g’uncha.

Sabo tahrikidin, yo’q, balki og’zing sharmidin boshin
Quyi solmoqqa moyil bo’lg’usidur har zamon g’uncha.

Ochiq chehrangni to ko’rdi dema, ey, gul ochilmishdur,
Xijolat g’oyatidin aylamish kulgu ayon g’uncha.

Ko’ngul tor og’zinga bir handada oldurdim, ey gulrux,
Kishi ko’rganmu erkan bu sifat bir dilsiton g’uncha?

Omonlik istasang bu bog’ aro, xomush bo’l doim
Ki, ofatdin omondur sirrin aytar to nihon g’uncha.

Sening og’zing xayolidin qilur ko’nglum qushi nola,
Erur bois chu bulbul qilsa faryodu fig’on g’uncha.

Ko’ngul jam’iyati topsa xalal ermas, taajjubkim,
Emas bu bog’ aro oshufta bo’lmoqdin omon g’uncha.

Nedur bu razmgoh ichra boshingga istamaklik xud
Ki, el xayli o’qig’a bordur avvalroq nishon g’uncha.

Shitobon bo’lma, rif’at qullasig’a to kun ermassen,
Kamin aylab yotibdur yo’lda sheri osmon, g’uncha.

Fig’onkim, barcha bu gulshan vidoidin emas emin
Ki, gah gul uzmak etmish da’b, gohi, bog’bon g’uncha.

Aning ruhsoru la’li o’yla rangindurki, ey Munis,
Agar ko’rsa, bo’lur afsurda gul ham notavon g’uncha.


Qayd etilgan


Robiya  25 Sentyabr 2007, 12:19:00

Allohni taniyman degan bandalar,
uning buyrug'idan kulib yursalar.
Harom dasturxondan to'yar tandalar,
Undan ko'ngillari to'lib yursalar.

Ma'raka-kuylarda o'qilar Qur'on,
Bir so'zning ma'nosin bilmay o'zlari.
Savoblar oshkora gunohlar pinhon,
G'iybatdan boshqa yo'q aytar so'zlari.

Bid'at botqog'iga botib qolganlar,
Ilm anglamoqqa yo'qdir ehtiyoj.
O'z so'zida turib qotib qolganlar,
Oqni qora derlar yo'qdir hech iloj.

O'zlari adashsa mayliga edi,
Butun bir xalqni ham boshlab ketarlar.
oloh ta'ziyani uch kundir dedi,
Bir yillab ko'zlarni yoshlab ketarlar.

Bugun uni qilmang ertaga buni,
Deya chalg'itarlar bermay omonlik.
Har qandayin kun ham Ollohning kuni,
Faqat hech bir kunda qilmang yomonlik.

Ollohning nomiga bo'lmasa ehson,
Qabul etmas uni istamas sherik.
Bandaning nomiga yozib dasturxon,
Hojatni so'rarlar go'yo u tirik.

Robiya Turob qizi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  25 Sentyabr 2007, 18:18:59

                               SHEMUHAMMAD MUNIS (davomi)

Qilurlar bir-birining suhbatin garchi havas ahbob,
Emaslar lek davron gardishidin dastras ahbob.

Falak mundog’ki dushmankomlig’ zohir qilur har dam,
Emaslar hech forig’ g’am chekardin bir nafas ahbob.

Muhabbat rasmidin ogoh etib, minnat tutub bergil,
Agar jon naqdini sendin qilurlar multamas ahbob.

Zamona ahlining manzuridur chun moli jam’iyat,
Qachon topg’ay meningdek bir g’arib be hechkas ahbob.

Erurmen o’yla bekaskim, borurg’a bog’lasam mahmil,
Topilmas aylamakka nola andoqkim jaras, ahbob.

Tutay kimdin umidi marhamatkim, yoqg’ali jonim —
Urarlar otash a’dovu solurlar xoru xas ahbob.

Desang, a’do shikasti davlatimg’a topmasunlar dast,
Yig’ atrofingg’a, ey shoh, adl birla peshu pas ahbob.

Shakar yanglig’ jahon ahlig’a shirinkomliq yetkur,
Hujum etsun desang ustingda andoqkim magas ahbob.

Erur bir gul havosi bilra Munis ko’ngli bolafshon,
Nechuk saqlarlar aylab oni mahbusi qafas ahbob.

PS:milanlley, haqiqatdan ham juda ajoyib ekan yozgan she'riz.

Qayd etilgan