Sheriyat mulki  ( 150769 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 23 B


AbdurRohman  25 Sentyabr 2007, 18:23:03

Bo’lmasa jinsi jamolingga xaridor oftob,
Ne uchun zarposhlig’lar aylar izhor oftob?

Senki shohi husnsen, har kun qilib qulluq sanga,
Sajda aylarga qo’yar tufroqqa ruxsor oftob.

Chiq jamolingni ochib, to elga husnin sotg’ali,
Qilmasun olam aro ko’p arzi diydor oftob.

Xokbo’sing husn eliga mujibi izzatdurur,
Charx uza chiqmas yo’lingda bo’lmayin xor oftob"¦

Sham’I vaslingdin agar yetsa furug’e basdurur,
Andin o’zga shomi hajrimg’a ne darkor oftob.

Davri ruxsoringda mushkin zulf emastur go’yoyo,
Qildi fosh oyinasi girdida zangor oftob.

Ne uchun shomu sahar boshing uza aylanmasun,
Ko’rmamish husning kibi bu charxi davvor oftob.

Rutbayi oliy tilarsen, sof qil ko’nglingnikim,
Irtifo’ aylarg’a mundindur sazovor oftob.

Yurutur yaxshi amal qabringni, yo’qsa, sud emas,
Tojing uzra bo’lsa gar har durri shahvor oftob.

Bo’l tafarrudpesha, Muniskim, Masihog’a maqom
Bo’ldi bu ishdin sipehr avjida to bor oftob.


Qayd etilgan


AbdurRohman  29 Sentyabr 2007, 20:16:45

Kulbam sari jononim kelmasmu ekin oyo,
hajrida yomon holim, bilmasmu ekin oyo?

So'rmoqqa borur yorim oshiqlar ahvolin,
Deb ul meni ham oshiq, kelmasmu ekin oyo?

Hajrida qolib yillar, olmas xabare mandin,
Ollida kishi yordam qilmasmu ekin oyo?

So'rg'ay edi holimni, oshiqlaridin bolsa,
Gar bilsa, dog'i ko'zga ilmasmu ekin oyo?

Xanjar cheib el bag'rin tilmakdin etar ehson,
Bag'rimni mening yorab, tilmasmu ekin oyo?

Baskim to'ladur yoshdin, ko'zni ocha olmasman,
Bir lutf ila iligi oni silmasmu ekin oyo?

Gulzori visolig'a Munis yeta olmas hech,
Aylab talabin yeldek yelmasmu ekin oyo?

Qayd etilgan


AbdurRohman  29 Sentyabr 2007, 20:38:16

G'unchalar ochildi-yu, ko'nglum ochilmaydur hanuz,
Bulbuloso xotirim gul mayli qilmaydur hanuz.

Za'f aro ushshoqg'a ibrat bo'lubman, ohkim,
Ko'zga havoli nizorim yor ilmaydur hanuz.

Va'dayi nasl aylab erdi, ayladi ta'xir ko'p,
Yo ibo qildu-yu, yo yodig'a kelmaydur hanuz.

Pesha aylab charx zoli tinmayin tun-kun dame
Dilbarimcha javr oyinini bilmaydur hanuz.

Yerni ashkim g'arq etib, zo'r etti ohim sarsari,
Nedin ekandur falak toqi yiqilmaydur hanuz?

Yuz nadomat birla emdi o'zni o'ltursam, netong,
Sajda qilmoqliqg'a boshim bir egilmaydur hanuz.

Ixtiyor etsa agar Munis yana sargashtalik,
Pand qilmangkim, jununidin oyilmaydur hanuz.

Qayd etilgan


AbdurRohman  29 Sentyabr 2007, 20:51:25

Vahki, mendin ishq aro ozurdajonroq yo'q kishi,
Husn aro sendek dog'i nomehridonroq yo'q kishi.

Kimga za'fim shiddatin zohir qilurmen munglashib,
Chun o'zumdek g'am chekardin notavonroq yo'q kishi.

Seli ashku g'am yiqibdur jism ila ko'nglumn uyin,
Men kibi ushshoq aro bexonumonroq yo'q kishi.

Jonlar isoring qilib ko'rdum jafo, vahkim, sanga,
Necha qilsam yaxshilik, mendin yomonroq yo'q kishi.

Hajr sahrosini gulga ayladim qon yosh ila,
Men kibi bu nav' ko'zi xunfishonroq yo'q kishi.

Uzv-uzvimdin fig'onlar bosh chekibtur til kibi,
Ishq asrorig'a mendin tarjimonroq yo'q kishi.

Ishq o'ti Munis vujudin kuydurubdur o'ylakim,
Emdi andin o'zga benomu nishonroq yo'q kishi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  29 Sentyabr 2007, 20:57:18

Kimnikim do'st dedum, dushmani jon topdim oni,
Neki andin tiladim sud, ziyon topdim oni.

Yor mehrin tilab, ag'yor jafosin ko'rdum,
Mayki gulgun talab etdim, qaro qon topdim oni.

G'unchayi xotirim ochmoqg'a nasime tiladim,
Goh o'tlig' yelu goh bodi xazon topdim oni.

Nekxokim deganim barcha bor erkan badxoh,
Onikim anglar edim yaxshi, yomon topdim oni.

Ishq anduhi nihon qolmoqi imkon ermas,
Menki yoshurmoq ishim edi, ayon topdim oni...

Vaqtdur, dilbarig'a topsa nishone Munis
Kim, g'ami ishq aro benomu nishon topdimn oni.

Qayd etilgan


AbdurRohman  29 Sentyabr 2007, 21:06:49

Bordim sari ko'yingg'avu xirmon bila yondim,
Vaslingni tilab, mehnati hijron bila yondim.

Bordim labi xandon bila tavfi xaramingg'a,
G'amgin ko'ngulu diydayi giryon bila yondim.

Og'zingni tilab, zulfinga jon bo'ldi girifotr,
Diljam' borib, holi parishon bila yondim.

Mendan asare istamangiz juz bir ovuch kul
Kim, ishq kibi otash so'zon bila yondim.

Munis kibi vasling tilab, topmadim oxir,
Maqsudima bir yetmadim, armon bila yondim.

Qayd etilgan


AbdurRohman  29 Sentyabr 2007, 21:15:30

Balo ko'hsorining farhodi men-men,
Junun tasvirining behzodi men-men.

Jahonda har qachonkim bo'lsa paydo
Agar sho're, aning bunyodi men-men.

G'amu mehnatga bor ersa aro'se,
Bilinglarkim, aning domodi men-men.

Netong Majnun mening shogirdim o'lsa,
Ki, ishq atfolining ustodi men-men.

Ko'ngulda zaxmlardurkim, falakning
NIshoni novaki bedodi men-men.

Mening nolamg'a xud sho'xe sababdur,
Vale el boisi faryodi men-men.

qurub hijron tuzoqini hamisha,
Balolar saydining sayyodi men-men.

Vafoda muddaiylardur mutei,
Jafo aylar chog'i munqodi men-men.

Jununda, Muniso, murshidlig' etsang,
Aning shoyistai irshodi men-men.

Qayd etilgan


AbdurRohman  29 Sentyabr 2007, 21:38:02

Uzoringda nure ayondur, ayon
Ki, andin kunu oy nishondur, nishon.

Balo o'qlarin otg'ali jonima,
Iki egma qoshing kamondur, kamon.

Raqibingdin o'lmas ayon yaxshilik,
Ki, qavli-yu fe'li yomondur, yomon.

Hayotimg'a zikri labingdur sabab,
Yo'q ersa, tiriklik gumondur, gumon.

Manga sud erur sudi ishqing g'ami,
Aning harna g'ayri ziyondur, ziyon.

Erursen gahi ko'z, gahi jon aro,
Senga bu iki yer makondur, makon.

Nechuk el erur ohi sardim mening,
Jahon bog'i andin xazondur xazon.

Jigar bilra ko'nglum qilib qon g'aming,
Iki ko'z yo'lidin ravondur, ravon.

Ulus kelsa mendin fig'onga, netong,
Ishim kecha-kunduz fig'ondur, fig'on.

Netong chiqmasa Munis ul ko'yidin,
Ki, ul anda g'amdin omondur, omon.

Qayd etilgan


AbdurRohman  29 Sentyabr 2007, 21:51:22

Ashk xun, ruxsor zardu dil xazin, tole' qaro,
Dard gunogun, falak dun, ahli davron bevafo.

Jon g'amin, xotir mushavvash, aql mafqudul - asar,
Hajr qotil, yor g'ofil, ishq g'olib bohro.

Zaxm muhlik, tiri g'am parron erur, romi falak,
Za'f mustavli, badan majruh erur, marham fano.

Do'st beparvo, ko'ngul oshuftavu dushman qaviy,
Muddaiy ko'p, ta'na bisyor jafokor oshno.

Ham havo bordur samumi ohu ham so'z ashk,
Mazra' ofat, shohi naxli umr benash'u namo.

Yor hamsuhbatligidin toki ayrildim, erur
Hamdamim ranju ano, hamroz g'am, mahram balo.

Kishvari mehnat shahimenkim, manga bordur mudom,
Boshg'a sochqan xok toju taxt-eski bo'ryo.

Maskanim xoki mazallat, bistarim xori taab,
To'mam anduhu nadomat, ishratim tutmoq azo.

Majlisim qayg'u, mayim xuni jigar, jomim firoq,
Lekin, ey Munis, bu hangom ichradur soqiy qazo.

Qayd etilgan


AbdurRohman  29 Sentyabr 2007, 22:03:31

Yorni ko'rdim qizil to'ni bila ag'yor aro,
O'ylakim, ochg'ay yuzini gul zeb birla xor aro.

Lahza-lahza yog'durub sangi balo boshimg'a rashk,
Qolmadi jon birla ko'nglum bu tani afgor aro.

Ishqi ichra dardi ishq andoq zaif etmish, meni,
Ko'rsalar, o'lmish degaylar bir necha bemor aro.

Aysh etar erdi ko'ngul ruxsori birla, qildi band
Shahnayi shavqi tutub ul zulfi anbarbor aro.

Mumkin emasdur qutulmoq insu jong;a o'lmayin,
Tig' chekmish ikki jallod ul ikki xunxor aro.

Dahri dun ichra falakning hodisotidin agar,
Eyki, amn istar esang, kir kulbayi xammor aro.

Bergali Munis ko'ngul ul zulfu qadg'a istamas
Savr ila sunbul tamoshisini bu gulzor aro.

Qayd etilgan