Sheriyat mulki  ( 98071 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 23 B


AbdurRohman  30 Sentyabr 2007, 16:40:34

Garchi avvallar niyozimni ko'rub noz etti do'st,
Lek holo do'stlug' oyinini soz etti do'st.

Hajr sahrosida zoru bekas erdim, shukrkim,
Raxshi altofin mening sori subukbor etti do'st.

O'lturub yonimda yuz turluk navozishlar qilib,
Do'stlar ichra meni bu nav' mumtoz etti do'st.

Iltifoti jomidin masti sharobi vasl etib,
Dushmani badxohlar ichra sarafroz etti do'st.

Zangi g'amdin tiyra bo'lmish tab'ning oyinasi,
Sayqali lutfidin ul ko'zguga pardoz etti do'st.

Chun mening sayd o'lmog'im maylini mfhum ayladi,
G'amzasin kipriklaridin novakandoz etti do'st.

Xulqi xush birla meni ham do'st tutsa, yo'q ajab,
Chun o'zig'a Munisin ul sho'xi tannoz etti do'st.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Sentyabr 2007, 16:47:08

Mujdakim, mehru vafo rasmini og'oz etti do'st,
O'zgacha dildorlig' ohangini soz etti do'st.

Poymolo g'am bo'lub qolmish erdim kulfat aro,
Nogahon keldiyu gardimni falaktoz etti do'st.

Yetti sarvaqtimg'a-yu boshim uza qo'ydi qadam,
Bu inoyatlar bila oxir sarafroz etti do'st.

Men tushub tuproq uza o'ptim kafti poyin oning,
Ko'tarib boshim, navozish aylab, e'zoz etti do'st.

Garchi dushmankomlig'lar ko'guzub, xor ayladi,
Oqibat, aylab muhabbat zohir, e'zoz etti do'st.

Ohi sardimdin qish o'lmish erdi hajrim tunlari,
Yuz quyoshidin tunim kunduz, qishim yoz etti do'st.

Iztirobim erdi ko'pdin-ko'p, qarorim ozdin-oz,
Iltifot birla ozim ko'p, ko'pim oz etti do'st.

Ollida jonim fido qildim ko'rub altofini,
Shukrkim, Munis, meni vaslig'a jonboz etti do'st.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Sentyabr 2007, 16:52:57

Chamanlar sayrig'a kelgilki, fasli navbahor o'lmish,
Riyozi xuld yanglig' tog'u sahro lolazor o'lmish

May ichgan xo'blar ruxsoridin gullar ochib olam,
O'lang suvlar labida ul sifatkim, xatti yor o'lmish.

Parivashlar kibi gullar qilib gulshan aro jilva,
Alar shavqida bulbul un chekib devonavor o'lmish.

Munosib ermas uyda aylamak oromkim, firdavs
Nazohat vajhida sahro yuzidin sharmsor o'lmish.

Tamosho qilki, oshiqlar ko'zi yanglig' bulut har yon
Ayoqig'a xiromon sarvlarning durnisor o'lmish

Havo Iso damidek ruhparvar, gul nishotafzo,
Xusho ulkim, chu Munis gasht etardin komkor o'lmish.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Sentyabr 2007, 16:59:03

                  Ruboiylar!

Munis, talab et kamol - erursen chu yigit
Kim, yaxshidur etsa fazl uchun qayg'u yigit.
O'q qilg'on ishin yo qila bilmas hargiz,
Qarilar ila barobar o'lg'aymu yigit.

                        ***
Shoho, fuqaroki munisi g'amdurlar
Bedordilu ko'zlari purnamdurlar,
Zinhor alarni qilmag'il ozurda,
Otashdamu barhamzani olamdurlar.     

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Sentyabr 2007, 17:02:14

Har kimki erur siflavu xissatparvar,
Bo'lma anga do'st, jonini ham bersa agar.
Oxir seni oning bila qilmay qo'ymas
BIr kun dushman muhabbati siymu zar.

                       ***
So'z ichra Navoiyki jahongirdurur,
Munisg'a maoniy yo'lida pirdurur,
Yo'q g'ayriyat andin o'zgakim ayturlar:
- Bu Shermuhammad, ul Alisherdurur.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Sentyabr 2007, 17:05:11

Men zorg'a bazmingoz aro joy bering,
In'om bila jomi dilosoy bering,
Ya'niki, xumorim yozorg'a har dam,
Lutfe qilibon kosa to'la choy bering.

                          ***
Ey do'st, tani zorim aro jonim eding,
Iqlimi muhabbat uza sultonim eding,
Xush keldingu jonimda nishiman qilding,
Xush borki, base aziz mehmonim eding.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Sentyabr 2007, 17:08:35

Rahm etmadi ul kofiri xudroy, netay,
Holimg'a dame qilmadi parvoy, netay,
O'ldurdi meni qahr ila, qilmadi lutf,
Ey voy, netay, voy netay, voy netay.

                         ***
Davri falak etti ishq aro zor meni,
Davron eli ta'nasi dilafgor meni,
Mazlumg'a marhamat agar ersa savob,
Mashmuli inoyot qil, ey yor, meni.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Sentyabr 2007, 17:12:23

                      Tuyuqlar!

Raxshi himmat men tutub mahkam yolin,
Yor izidin yet, karam qil, deb yolin,
Yo'qu borimni yoqib kul ayladi,
Ishq o'tidin ko'kka chirmoshg'on yolin.

                         ***
Muniso, to'kmay yigirma yetti yosh,
Vah, yigirma yetti uzra yetti yosh,
Yosh kibi mashg'ulliq qilmoq nedur,
Har qachonkim suhbatingg'a yetti yosh.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Sentyabr 2007, 17:28:18

                            Mustazod!

Ishqing o'tidin o'rtanadur joni nizorim,
                                   ul nav'ki, mash'al,
Xokistar o'lub yelga borur gardi g'uborim,
                                   jismim bo'lubon hal.
Boshingdin agar evrulibon o'psa ayoqing,
                                   ko'nglumga ajab yo'q,
Bu martabaga yetkaradur oni nigorim,
                                   gesuyi musalsal.
Dard ahli chekar har necha ojizroq o'lub oh,
                                   ta'siri fuzundur,
Sog'inma agar pas esa nolavu zorim,
                                   zinhorki, ashal.
Ey sho'x, meni solma inoyat nazaridin,
                                   har hol ila bo'lsam,
Sen-sen mening ummidimu maqsudimu yorim,
                                   ham so'ngra, ham avval.
La'ling mayi birla meni sarshori hayot et,
                                   xayvon suyi yanglig'
Kim, jonima qasd aylabon andugi xumorim,
                                   qildi meni mahtal.
Lu'luyi xushob o'ldi tishing vasfini qilg'och,
                                   har nuktaki surdum,
Hay-hay, na balo yaxshi xayol o'ldi shiorim,
                                   har fikrdin afzal.
Har yon yugurib dasht uza sargashtalik etsam,
                                   man' aylama zinhor,
Kim, keldi g'aming olg'ali oromu qarorim,
                                   bir oyati munzal.
Erdim guli vasling bila shod o'ylaki bulbul,
                                   hajr ayladi mahzun,
Ey voy, xazon mavsumig'a fasli bahorim,
                                   charx etti mubaddal!
Ne o't edi husningdaki, kul bo'ldi sarosar,
                                   bo'lg'on anga nozir,
Qaysi ko'ngul erkan anga, ey shu'lauzorim
                                   bo'lg'usi sijanjal?
Behudadurur sarzanish etmak menga Munis,
                                   rasvolig' ishidin,
Odobi muhabbatda agar ketmasa orim,
                                   bo'lg'aymuman akmal?

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Sentyabr 2007, 17:49:45

                         Muxammaslar!

               Navoiy g'azaliga muxammas

Shirinsuxan laylivashim vaqteki qohir bo'lg'usi,
Tig'i siyosat tortibon qatlimg'a hozir bo'lg'usi,
Tan chirkidin jonim menin ul lahza tohir bo'lg'usi,
Ishq ahli go'ristonida qabrim chu zohir bo'lg'usi,
Farhod oning toshin yo'nub, Majnun mujovir bo'lg'usi.

Fatton ko'zung mardumlari xunxora ikki jodudur,
Mehri jamoling ollida xurshedi raxshon ko'zgudir,
Qilsam anga nazzoraye, men zorg'a bu qayg'udir,
Dersen yuzum sori ko'zung ko'p boqmasun, gar yuz budur,
Ul mehri tobidin erib oqg'uncha nozir bo'lg'usi.

Kofir ko'zungning xizmatin ixlos ila qilmish ajal,
Xanjar mijangdin aylabon el bag'rini tilmish ajal,
Qotillig'ingni, ey pari paykar, magar bilmish ajal,
G'amzangdin o'lturmak ishin ta'lim ola kelmish ajal,
Bu nav' ustod o'lsa, ul oz chog'da mohir bo'lg'usi.

To g'ayr ila majlis tutub mayl etti ul mah jomg'a,
Har kecha ohim o't solur garduni nofarjong'a,
Hamkesglik qilmay dame men zori beoromg'a,
Ul g'amza kufridin ko'ngul nav'e kelur islomg'a
Kim, tarki islom aylabon go'yoki kofir bo'lg'usi.

Bordur manga zolim iki: gardun biri, dilbar biri,
Ashkim bila ohim erur Jayhun biri, sarsar biri,
Behad g'amim bor, o'lsa sabt, o'lg'usi ming daftar biri,
Ko'nglumdog'i har neshdin gar bo'lsa biri til har biri,
Yuz til bila o'z holining sharhida qosir bo'lg'usi.

Dildor vaslin istasang, o'zdin anosir daf'in et,
Boru yo'qing tarkin tutub, pinhonu zohir daf'in et,
Har ishki maqsad nuriga bo'lg'usi sotir daf'in et,
Xotirin jam' istar esang, avval xavotir daf'in et,
Kimda xavotir bo'lmasa, osuda xotir bo'lg'usi.

Husn ichra aql aylab sanga Kan'on shahi tashbehini,
Ko'nglum qilib ruxsoringa gardun mahi tashbehini,
Ko'yunga Munis ravzaning aylab gahi tashbehini,
Qildi Navoiy qadding sarvi sihi tashbehini,
Bu tab'i nomavzun ila bechora shoir bo'lg'usi.

Qayd etilgan