Sheriyat mulki  ( 149001 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


AbdurRohman  02 Oktyabr 2007, 15:52:57

Bizni, bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz,
Boshimiz uzra ohimiz shu'lasidur kulohimiz.

Qasri rafe'imiz buzuq kulbayi ko'hnamiz bo'lub,
Go'shayi ajzu maskanat tufrog'i taxtu johimiz.

Markabi g'am samandimiz, doim alam kamandimiz
Nolayi zor tug'imiz, xayli balo sipohimiz.

Lashkari kibru naxvatu nafs ila tuzgali masof,
G'amkadamiz, fazosidur arsayi razmgohimiz.

Kim bo'la olg'usi taraf bizgaki, ashku ohdin
Tutti yeru sipehrni shavkatu dastgohimiz.

Martabayi urujimiz jaz ila o'yla tutti avj
Kim, bo'la olmag'ay yeti charx g'ubori rohimiz.

Himmatimiz baland erur o'ylaki, hech tushmagay
Dahri dani arusining jilvasig'a nigohimiz.

Olam faqr bazmida jomi sabuhi ichkali,
Subhi safidamiz erur bizga shabi siyohimiz.

Shohidi ma'niyi vafo ishqini da'vi etkali
Chehrayi zardu qaddi ham keldi iki guvohimiz.

Bizni bu dahr bog'ining ishrati orzusidin
Shukrki, forig' aylamish marhmati ilohimiz.

Ogahiy, bo'lsa ting emas faqr eli gar muteimiz,
Bizki, bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz.

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Oktyabr 2007, 17:22:41

Yuzung ochkim, quyosh sadaqang bo'lub, boshingdan aylansun,
Yangi oy yuz tavozu' ko'rguzub, qoshingdin aylansun.

Agarchi la'lu yoqut el zamirig'a mufarrixdur.
Hayotafzo ikki la'li guharposhingdin aylansun.

Tani jonim hadaf aylab, o'qu tosh otsang, ey chobuk,
Biri o'qingdin evrulsun, biri toshingdin aylansun.

Raqibing gar erur xasmim, oni yo'ldosh etub kelsang,
Sanga jon sadqa bo'lsun, jism yo'ldoshingdun aylansun.

Chu o'n sakkizga yetti yoshing, ol burqa' jamolingdin
Ki, o'n sakkiz ming olam o'n sakiz yoshingdin aylansun.

Boqib ko'z uchidin pinhonu fosh etding tag'ofillar,
Yo'qu borim hamul pinhon ila foshingdin aylansun.

Necha qallosh desam ham, ag'niyo ollida bosh egmon,
G'aniylar himmat ichra ushbu qalloshingdin aylansun.

Chu bergung non ila osh, ey saxiy, sidq ahlig'a bergil,
Riyovu kizb ahli noningu oshingdin aylansun.

Ul oy ko'nglig'a qildi, Ogahiy, ohu yoshing ta'sir,
Bori jonu jahonim oh ila yoshindin aylansun.

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Oktyabr 2007, 17:28:11

Dahr bazmu ayshi anduhu g'amig'a arzimas,
Sharbati jonparvari muhlik samig'a arzimas.

Yuz yil o'lsang yor vaslining safolig' subhida,
Bir zamonlig' hajri shomi muzlimig'a arzimas.

Yetsa davrondin sanga gar umrlar sur uzra sur,
Bir nafas yetkan malolu motamg'a arzimas.

La'lidin gar jon topub quchsang muroding shohidin,
Naz' vaqti paykaring pechu xamig'a arzimas.

Madhinga ochsa ulus gar xush iborat birla til,
Bir qabih alfoz ila qilg'on zamig'a arzimas.

Teng tut amvoli jahon beshu kaminikim, oning
Inbisoti beshi anduhi kamig'a arzimas.

Istabon aysh, Ogahiy, g'am boshinga kelturmakim,
Dahr bazmu aysh anduhi g'amig'a arzimas.

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Oktyabr 2007, 17:38:27

Ilohi, har kuning navro'z bo'lsun,
Hamisha tole'ing feruz bo'lsun.

Bo'lub ayyomi navro'zing muborak,
Zamiring inbisotanduz bo'lsun.

Qilib partavfikanlik aydin adling
Quyoshso jahonafruz bo'lsun.

Sango doyim bo'lub davlat qushi rom,
Shikorandozu dastomuz bo'lsun.

Adu vahshilarini sayd etarg'a
O'qu tiyg'ing uqobu yuz bo'lsun.

Kishikim, istasa sarkashlik etmak,
Boshi yo'lingda oning tuz bo'lsun.

Tarab mehri hamisha pok ko'nglung
Sipehr avjida markuz bo'lsun.

Tarabgohing aro hayyoti gardun
Kanizu zoli xil'atdo'z bo'lsun.

Ko'rub lutfingni, har tun Ogahiyning
Nasibi ishrati navro'z bo'lsun.

Qayd etilgan


Robiya  04 Oktyabr 2007, 15:28:33

   (Robiya Turob qizi)

Zaminingga sig’mayin qoldim
Osmonlarga uchgim keladi
Bulutlarga termulib toldim
Men ularni quchgim keladi

Sajdalarga qo’yolmayin bosh
Talpinar vujudim yuksakka
Osmonlardir menga qora tosh
Sig’mam sajdagoh u burchakka

Oq bulutlar qalbim yoritar
Ular go’yo iymonimga jon
Seni menga ko’proq tanitar
Ishq qo’ymoqqa beradi imkon

Ko’zlarimdan otilar hayrat
Har shaklga jonim beraman
Xayollarim qiladi g’ayrat
Men ularni bir-bir teraman

Mo’jizalar tengsiz va so’ngsiz
Bir osmoning bitmas mo’jiza
Anglamasga insonlik esiz
U naqadar botil,ojiz-a

Osmonlarga termulib o’lsam
Armoni yo’q inson bo’lardim
Shu naqshlar naqqoshin ko’rsam
Ming tirilib,ming bor o’lardim




Qayd etilgan


AbdurRohman  07 Oktyabr 2007, 21:12:24

        MUHAMMADRIZO OGAHIY (davomi)


Ul malaksiymoki, borcha ilm yod bo'lmish ango,
Ro'zi shab darsu saboq takroridin mo'tod ango.

Ilm tahsili suluki ichra solik bo'lg'oli,
Aql piridin damo-dam yetkusi irshod ango.

Sarfu nahvu mantiq ichra toki sa'y etti ayon,
Sebvayh ruhi qilur tahsinu ham imdod ango.

Qilg'oli ilmi kalomu hikmat ashqolini hal,
Haddin afzunroq berubdur tangri iste'dod ango.

Nasb etarga xaymani ilm andoq etti jiddu jahd
Kim, madad yetkurdilar aqtob ila avtod ango.

Go'yoyi ilmi ladunnidin topibdur bahrakim,
Har kalomi ramzidin hayratdadur ustod ango.

Ilm ila, yo rab, qil oning rutbasin andoq baland
Kim, bori olimlar o'lsun tabe'u minqod ango.

Ilm andoq ganji nofi'dur bani odamg'akim,
Kimda ul bo'lsa, iki olam bo'lur odob ango.

Kasbi ilm etmay kishi gar qolsa mahzi jahl ila,
Ikki olam obro'si bo'lg'usi barbod ango.

Olim uldurkim, shariatdin tajovuz qilmasa,
Gar tajovuz qilsa, bildil, peshadur ilhod ango.

Ilmdin bebahra el holini bilmak istasang,
Ogahiyning zor holin bilgil istishhod ango.






Qayd etilgan


AbdurRohman  07 Oktyabr 2007, 21:39:55

Ul gul yuzi sahbodin gul, gulmu ekan oyo,
Ko'nglum anga zor o'lg'on bulbulmu ekan oyo.

Xolimi ziyod etkan shirin labig'a lazzat,
Yo xoni malohatda fulfulmu ekan oyo.

Ko'nglumda hujum etkan fikri lebi erkanmu,
Sog'ar aro yo rangin mul-mulmu ekan oyo.

Raxshimu qilur javlon chobukvashim ostida,
Yo'q ersa, Ali mingan Duldulmu ekan oyo.

Faryodmu ko'nglumdin ko'yi aro fosh o'lg'on,
Yo bog' aro bulbuldin g'ul-g'ulmu ekan oyo.

Majlisda Masihomu takrori kalom aylar,
Yo shisha ayon etkan qul-qulmu ekan oyo.

Ey Ogahiy, olingda bulbulmu navo tortar,
Bulbul qoshida yoxud chul-chulmi ekan oyo.

Qayd etilgan


AbdurRohman  07 Oktyabr 2007, 21:59:05

Ey sho'x, ko'zu qoshingga olam gado, man ham gado,
La'li labi durposhinga olam gado, man ham gado.

Gohi qapog'ing jon olur, gohi qoshing yag'mo solur,
Bo'yla qapog'u qoshinga olam gado, man ham gado.

Qaddu labing foshu nihon, eldin olur tobu tavon,
Ushbu nihonu foshinga olam gado, man ham gado.

Boshdin ayoqing jon erur, jonlar sanga qurbon erur,
Jono, ayodu boshinga olam gado, man ham gado.

Har necha otsang o'qu tosh, aylab g'azab olamg'a fosh,
Bo'lg'usi o'qu toshinga olam gado, man ham gado.

Jonlar fikri surating, ko'zlarda naqshi qomating
Suratgaru naqqoshinga olam gado, man ham gado.

O'n to'rtdan yoshing o'tub, husning jahonni yorutub,
Bu husningu bu yoshinga olam gado, man ham gado.

Davlat sanga yo'ldosh erur, lutfi xudo qo'ldosh erur,
Yo'ldoshu qo'ldoshinga olam gado, man ham gado.

Ohu yoshingg'a, Ogahiy, rahm etti ul xo'blar shahi,
Ta'siri ohu yoshinga olam gado, man ham gado.

Qayd etilgan


AbdurRohman  07 Oktyabr 2007, 22:10:15

Vahki, aylab lutfi ehson yor mandin o'zgaga,
Aylamas zulmu sitam izhor mandin o'zgaga.

Zahri hajrini berur har dam mangavu, vaslining
No'shin in'om etar bisyor mandin o'zgaga.

Kuymasun ko'nglum na yanglig'kim, qovub man xastani,
Suhnatig'a yo'l berur dildor mandin o'zgaga.

Vahki, mandin yorni begona aylab, oshno
Ayladi charxi sitamkirdor mandin o'zgaga.

Oldi jonimni g'ami furqat karam aylab bu dam,
Berma, soqiy, may burun zinhor mandin o'zgaga.

Ogahiy, gar yig'lasam tun-kun ajab yo'q, negakim,
Manga javru, lutf aylar yor mandin o'zgaga.

Qayd etilgan


AbdurRohman  07 Oktyabr 2007, 22:18:35

Ishqing g'amida diydayyi giryonima rahm et,
Hajring tunida nolayi afg'onima rahm et.

Javring chekibon joni hazin chiqqoli yetdi,
Ey jonu jahon, joning uchun jonima rahm et.

Toroji firoqing yalang etti tani zorim,
Ber jomayi vasling, tani uryonima rahm et.

Darding chekaram go'shayi vayronada umre,
Tashrif ketur, kulbayi ahzonima rahm et.

Holimni parishon yuz uza ayladi zulfing,
Jam' et oniyu halo parishonima rahm et.

Ey gul, g'ami hajringda ko'ngul bulbuli nola
Tokay qiladur, bulbuli nolonima rahm et.

Davron sitami, ishq g'ami, hajr balosi
Qasd etti hazin xotiri vayronima, rahm et.

Bejurm mani yozg'urubon tiyg'i jafoni
Jonimg'a surub, qolma maning qonima, rahm et.

Hayratdadur Ogahiy to ko'rdi jamoling,
Ey hurliqo, diydayi hayronima rahm et.

Qayd etilgan