Sheriyat mulki  ( 148981 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 B


Kumush  03 Iyun 2009, 10:37:22

MENING DARDIM

Tuzalmaydi dardim mening,
O`lsam kerak.
Tuproq bilan og`a-ini
Bo`lsam kerak.

O`lim nima? Bu ham bitta
Sayr, Ona.
O`g`ling qaro yerga ketdi,
Xayr ona"¦

Tuzalmas bu dardim mening,
Umidim yo`q.
Xira shamdek ko`zlarimda
So`nmoqda cho`g`.

Cho`g nimadir? Cho`g` ham tutab,
Kul bo`ladi.
Inson bir kun o`z mayliga
Qul bo`ladi"¦

Yuragimni tamom qildim,
Yig`layverib.
Huzurimda ajal turar,
Qoshin kerib.

Men hayotda o`limga tik
Boqib o`sdim"¦
Qani menga atalgan joy,
Ketdik, do`stim!

Qayd etilgan


zuzu  04 Iyun 2009, 18:14:14

Subhi sodiq saharlarda sochin silar sanam
Sunbul sochin silamagay
Soch sarasin sanar sanam
Sadoqatda sevgisining sobitini sinar sanam
Suluv sanam siymosiga suqlanadi suyib samo
Samodagi soxta sabolarni siylar sanam
Son-sanoqsiz sevguvchilar sig`mas sevgi sahrosiga
Sevgilisin suyib-suyib sardorlikka saylar sanam
Sanam sochi silkinganda sergaklanar sayyoralar
Sayyoraning sirlarini sendan saqlar soylar sanam
Sog`inch singan so`zlariga, sevinch sig`mas so`zlariga
Sevishini serzavq soyga sirli-sirli so`ylar sanam
Sanam senga siylov sevgim soxta sarobmas samimiy
Sadaqadir son-sanoqsiz senga sara "S" lar sanam
 

Qayd etilgan


zuzu  04 Iyun 2009, 18:15:57

KECHIKISH

Abdulaziz Muborak

Men seni sevaman deyolmagan qiz,
Yuzingda uyatmi, ko‘zingda afsus?
Meni eslaysanmi olisligingda?
Qo‘msab yig‘laysanmi yolg‘izligingda?

Men seni sevaman deyolmagan qiz,
Olisda yolg‘izlik etmasmi ma’yus?
Ma’yuslik ro‘yingni kuz etmaydimi?
Kuz senga holimni eslatmaydimi?

Men seni sevaman deyolmagan qiz,
O, kimlar poyingda tiz cho‘kmadi, tiz.
Haliyam g‘ururing osmondami ayt,
Haliyam men senga yomonmanmi, ayt?

Men seni sevaman deyolmagan qiz,
Nahotki, olamda qoldirmading iz?!
Ismingni eslasam... eslasam edi!
Eng ko‘hna so‘zimni so‘zlasam edi:
-Men seni sevaman!
-Men seni sevaman,
Men seni sevaman deyolmagan qiz
 

Qayd etilgan


zuzu  04 Iyun 2009, 18:17:00

"Sening maftuning"

Zulfiya

Yaxshiki yigitda er yuragi bor —
U sevsa, hech qachon yonmas yashirin.
Sevging to’g’risida o’zing ochding so’z
Ey ko’zi qop-qora, so’zlari shirin.

Mening sevganimni hali bilmasding,
Tanho o’rtanishdan olardim lazzat.
Qalbimni kemirgan muhabbat sirin
O’zim ardoqladim va qildim izzat.

Qalbimga yozilgan muhabbat so’zi,
O’yimni chulg’adi mening har minut.
Lekin o’yladimki, sen so’z ochmasang,
Shu dardda o’lsam ham etaman sukut.

Lekin o’yladimki, uyatdir qizga
Yigitga sevgisin aylasa oshkor.
Bu dog’ solar dedim, qizning husniga,
Endi ilojim yo’q bo’lmayin iqror"¦

Uzoq men axtardim, ammo o’zimda
Bir kuch topolmadim, sevgidan ustun.
Men seni sevaman, sehrgar yigit,
Butun borlig’im-la men senga maftun.

Qayd etilgan


zuzu  04 Iyun 2009, 18:18:18

Shivirlama "Sevaman", deya...

Mashhura

Shivirlama "Sevaman", deya,
Shivirlama "Men ado b?ldim,
Visolingning g`amgin o'yida
Chorasi yo'q bir gado bo'ldim".

Shivirlama "Bu tiyramohda
To'zg`igan bir xazondirman man.
Tillosi mo'l ko'hna bozorda
Bitta narxi arzondirman man".

Shivirlama "Baxtingman, balki,
Baxtsizliging sababkoriman,
Balki Xizr kaftlaridirman,
Yo Mahmudning qurgan doriman".

Shivirlama jonimga tegdi
Eski ohang quloqqa yoqmaq.
Men sukunat kutmam dunyodan
Shivirlagan bitta sen emas.

Shivirlashing jonimga tegdi!!!
 Qizg‘onasan

Qayd etilgan


zuzu  04 Iyun 2009, 18:19:16

OSHIQ XAYOLI

Guljamol Asqarova

Men dunyoni ishqim bilan zabt etsaydim,
Oshiqlarning oyoq gardiga yetsaydim.
Dunyosiga xayr-hushlar aytib keyin
Tuproq bilan oshno bo’lgali ketsaydim.

Taxtim baland bo’lsa shohlar taxtidan ham,
Baxtim go’zal bo’lsa hurlar baxtidan ham.
Ishq shahrida malikalar tojin kiyib,
Yor bag’riga oyday to’lgali ketsaydim.

Nedin axir ruhimdagi xavotirlar,
Siz qaydasiz ertakdagi bahodirlar?
Necha yilki, dunyo dilim ma’yus qildi,
Endi baxtdan xushnud kulgali ketsaydim.

Gulman dedim, yor, bag’ringda yashnatmading,
Bir lahza ham obodlikda yashatmading.
Sening aziz diydoringni ko’rarman deb,
Ostonangda gulday so’lgali ketsaydim.

Bir bor to’lsa ko’zlarimga bu qomatlar,
Keyin mayli bo’lib ketsa qiyomatlar.
Ne bo’lsa ham yor, ko’ksinga boshim qo’yib,
Vasling ko’rib, sarxush o’lgali ketsaydim,

Yor bag’riga oyday to’lgali ketsaydim.

Qayd etilgan


Kumush  05 Iyun 2009, 19:12:59

Tog' bo'lsa baland,chiqolmasang - kimda gunoh?
Yor bo'lsa yiroq ko'rolmasang- kimda gunoh?
Sabr ayla uzoqdan-da ko'rishga,yo'qsa,
Tadbiri o'lim o'lolmasang- kimda gunoh?

Kaptarmiz u,ma'vomiz erur ko'hi kamar
Bizlar ketamizu,do'stimiz behabar.
Ey do'st meni do'zax havfidan qo'rqitma
Ko'nglimdagi havf do'zax havfidan battar!

Rahmim keladi sangayu  o'rtoqmasman
Sevsangda meni,men senga hech boqmasman.
Sen misli tariq ildiz otarsan har yon
Bo'lsamda bulut,ustingga men yog'masman.

(tojik xalq ruboiylari)


Qayd etilgan


Hadija  06 Iyun 2009, 16:28:12

Munojot (Yu.Usmonovova qo'shig'i)

Umr nima?! Umr aslida bir yumaloq tugmacha yo'l.
Tugmadan sal kattaroq, yo yana bir nimacha yo'l.
Beshigimning oldidan, qabrim oldigacha yo'l.
Men ketarman bir kuni navolarim, zorim qolur.

Bu uzun hijron yo'lidir, bu uzun azob yo'li.
Har sahar kulib chiqib, yig'lab botar oftob yo'li.
Kim uchun savob yo'lidir, kim uchun gunoh yo'li.
Har nadin har biriga ortimda iqrorim qolur.

O'zbegim uyida yangrar hamma vaqt qo'shiqlarim
Yod bo'lib aytganlarim, har dilda mozorim qolur.
Yod bo'lib aytganlarim  elimda alyorim qolur.

Yaxshilik murodi bor har, dilga men jonim beray.
Yaxshilarga qo'lda bor-u, yo'g'-u imkonim beray.
Ko'ngli pok shogirdim-a bulbul bu zabonim beray.
Men ketarman bir kuni zor yig'labon torim qolur.

Oldiga bir kun egam osmonga uchsa ruhlarim!
Bir ajib moviy diyor qo'ynini quchsa ruhlarim.
Ko'k mening ko'ksim bo'lur, yulduzlari anduhlarim. 
Gul o'pib, gul yopunib har dilda mozorim qolur...

O'zbegim uyida yangrar hamma vaqt qo'shiqlarim
Yod bo'lib aytganlarim elimda alyorim qolur...

Qayd etilgan


Kumush  13 Iyun 2009, 09:43:15

Orazin yopqoch ko'zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo'ylakim paydo bo'lur,yulduz nihon bo'lg'och quyosh.

Mir Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Ansora  30 Sentyabr 2009, 18:28:42


* * *

Зинҳорки, дсстлуқни унутмагойсен,
Туққонлиғдин кснгулни совутмагойсен.
Атлар била душман тарафин гар тутсанг,
Туққонлиғу дсстлуғ тамаъ тутмагойсен!


Z.M.Bobur

Qayd etilgan