Sheriyat mulki  ( 95673 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 23 B


AbdurRohman  31 Avgust 2007, 15:46:42

                         Ruboyilar!

Raftoriyu qaddig'a ravonim sadqa,
Bir boqishig'a ikki jahonim sadqa.
Og'ziyu beliga budu nobudim sarf,
Ko'ziyu labig'a jismi jonim sadqa.

                       ***
Beqaydmenu xarobi siym ermasmen,
Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen.
Kobulda iqomat qildi Bobur, dersiz,
Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.

Qayd etilgan


AbdurRohman  31 Avgust 2007, 15:50:31

Tole' yo'qi jonimg'a balolig' bo'ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig' bo'ldi.
O'z yerni qo'yib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netay ne yuzqaroliq bo'ldi.

                      ***
Hijron qafasida jon qushi ram qiladur,
G'urbat bu aziz umrimni kam qiladur.
Ne nav' bitay firoqu g'urbat shahrin,
Kim ko'z yoshi nomaning yuzni nam qiladur.

Qayd etilgan


AbdurRohman  31 Avgust 2007, 15:55:08

Jismimda isitma kunda mahkam bo'ladur,
Ko'zdin o'char uyqu, chu aqshom bo'ladur.
Har ikkalasi g'amim bila sabrimdek,
Borg'on sari bu ortadur, ul kam bo'ladur.

                        ***
Jonimda mening hayotu jonim sensen,
Jismimda mening rohi ravonim sensen.
Boburni seningdek o'zga yo'q yori (azizi)
Alqissaki, umri jovidonim sensen.

Qayd etilgan


AbdurRohman  31 Avgust 2007, 15:59:48

Ko'ngli tilagan murodig'a yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki ish muyassar bo'lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig'a ketsa kishi.

                          ***
Eykim, yoraliq jismima marham sensen,
Majruh ko'ngulg'a nishtarim ham sensen.
Gah shodu gahi g'amgin esam, ayb etma,
Kim boisi shodmonlig'u g'am - sensen.

Qayd etilgan


AbdurRohman  31 Avgust 2007, 16:04:39

Husn ahlig'a zoru mubtalo ko'z ermish,
Jonim bila ko'nglumga balo ko'z ermish.
Fahm ayladim emdi, Boburo, ishq ichra
Ko'zimni qorortqon qora ko'z emish.

                        ***
Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur,
Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur,
G'am yemaki, yetkursa boshini ko'kka,
Oxir yana yer kibi oni past qilur.

Qayd etilgan


AbdurRohman  31 Avgust 2007, 16:10:30

Ishqingda ko'ngul xarobdur, men ne qilay?
Hajringda ko'zim purobdur, men ne qilay?
Jismim aro pechu tobdur, men ne qilay?
Jonimda ko'p iztirobdur, men ne qilay?

                        ***
Hajr aro oromu qarorim yo'qtur,
Vasliga yetarga ixtiyorim yo'qtur.
Kimga ochayin rozki, yo'q mahrami roz,
G'am kimga deyinki, g'amgusorim yo'qtur.

Qayd etilgan


AbdurRohman  31 Avgust 2007, 16:23:37

Sen gulsenu, men haqir bulbuldurmen,
Sen shu'lasenu ul shu'lag'a men kuldurmen.
Nisbat yo'qtur deb ijtinob aylamakim,
Shahmen elga, vale sanga quldurmen.

                       ***
Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutingiz
Jam'iyatingiz borini davlat tutingiz.
Chun gardishi charx budurur, Tangri uchun
Bir-birni necha kuni g'animat tutingiz.

Qayd etilgan


AbdurRohman  31 Avgust 2007, 16:25:50

Ko'pdin berikim, yoru diyorim yo'qtur,
Bir lahzau bir nafas qarorim yo'qtur.
Keldim bu sori o'z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo'qtur.

Qayd etilgan


AbdurRohman  31 Avgust 2007, 16:32:12

                           Tuyuqlar!

Vasldin so'z derga yo'q yoro manga,
Hajr aro rahm aylagil, yoro, manga
O'qung etti ko'p yamon yoro manga,
Mahrami lutfung bila yoro manga.

                        ***
Qadimni firoq mehnati yo qildi,
Ko'nglum g'amu anduh o'tig'a yoqildi.
Holimni sabog'a aytib erdim, ey gul,
Bilmon, sanga sharh qilmadi, yo qildi.


                             Fard!

Bormi ekin hech nima olamda hijrondin yamon,
Har nenikim ondin yamonroqdur, budur ondin yamon




Qayd etilgan


AbdurRohman  04 Sentyabr 2007, 12:42:30

                                     LUTFIY

                                     G'azallar!

Ko'zung qorasi fitna, vale oqi balodur,
Jonlar oladur, vah, ne balo ko'zi qarodur?

Ko'z ustida jon olg'uvchidur xoliyu qoshi,
Bir-birga bari fitna qotilg'an ne balodur?

Hamdarddur aytay anga holimkim,inong'ay,
Gulshandin o'shal bulbuli miskin, ki judodur.

"Bosh o'ynayinu jon berayin vasl uchun" - ayttim,
Xush-xush kulub aytur mangakim:"Yaxshi bahodur!"

Ko'p qilma aning javridin, ey Lutfiy, shikoyat,
Kim, husn elining shevasi payvasta jafodur.

Qayd etilgan