Sheriyat mulki  ( 95474 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 23 B


AbdurRohman  04 Sentyabr 2007, 12:46:36

Meni shaydo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul,
Xoru rasvo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.

O'qdayin qomatimizni qora qoshlig'lar uchun,
Muttasil yo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.

Meni yozg'urma "sevar" deb, ki mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Borma derlar eshiki sori damo-dam, netayin,
Ko'p taqozo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.

Qora mo'yin havasi birla qorong'u kechada,
Jonni savdo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.

Dushmanu do'st orasinda meni g'ofilni mudom
Be saru po qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.

O'zgadin ko'rma, ki ko'zung yoshini, ey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.

Qayd etilgan


AbdurRohman  04 Sentyabr 2007, 12:47:49

Nega jonima jafo qilursan,
Vaqti o'ldi agar vafo qilursan.

Jonim chiqadur firoq o'tindin
Dardimg'a qachon davo qilursan?

Ul zulfni solma yuzung uzra,
Kim yuz bila ming balo qilursan.

Bo'ynungda qonim, ki bizni, ey ko'z,
Xo'blar bilan oshno qilursan.

Jondin ilikingni, Lutfiy, yuvg'il,
Chun ishq bila marhabo qilursan

Qayd etilgan


AbdurRohman  04 Sentyabr 2007, 12:52:42

Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting,
Men xasta gado holini sultonima ayting.

O'rtanmagu ko'z yoshiyu o'lmakturur ishim,
Bu qissani ul sham'i shabistonima ayting.

Qat-qat yuragim bog'ladi qon g'uncha meng'izlik,
Bu dardi dilimni guli xandonima ayting.

Qon yoshim erur yux uza yulduz kabi sonsiz,
Ul ko'zlari cho'lpon,mahi tobonima ayting.

Lutfiyi dilafkor tilar hajr eliding dod,
Ahvolini ul begimau xonima ayting.



Qayd etilgan


AbdurRohman  04 Sentyabr 2007, 12:54:28

Qadu og'zingg'a boqsam, oh derman,
Seni ko'rgan sayin Olloh derman.

Tilar ko'nglim seni olamdau bas,
Bu nisbatin seni dilxoh derman.

Meni haddim emaski, istasa vasl,
"Ko'z uchi birla boq goh-goh" - derman.

Qusuri tab'din derman seni sarv,
Erur ul noravo bir oh derman.

Etagingga kishining ilki yetmas,
Seni bu vajh ila men moh derman.

Sening qadding bila nozik yururda,
Erur o'zga nima hamroh derman.

Jamoling Lutfiy so'zin qildi rangin,
Sening husnungga "shay'anlilloh" derman.


Qayd etilgan


AbdurRohman  04 Sentyabr 2007, 17:23:38

Qon bo'ldi ko'ngul firoqingizdan,
Jon kuydi ham ishtiyoqingizdan.

Dinu dilu aql bo'ldi yag'mo,
Jon olg'uvchi ul qarog'ingizdan.

O'qtek bo'yimiz egildi "yo"dek,
Ul fitnalik ikki toqingizdan.

Su bo'ldi jonim, vale damo-dam
O'tqa yoqilur dudoqingizdan.

Oltun kabi chehra bo'ldi sorig',
Ul sim tikin saqoqingizdan.

Ko'rsam kerak oyu kun bulutsiz,
Sochni ketoring yangoqingizdan.

Bu Lutfiyi xastani so'rungkim,
Bechora o'lar firoqingizdin.

Qayd etilgan


AbdurRohman  06 Sentyabr 2007, 17:18:11

                             BOBORAHIM MASHRAB

                                      G'azallar!

Sanamning ishqida tinmay yurub, ovvora Masharabman,
Ko'zi yoshlig', qadi  xamlig', dili sadpora Mashrabman.

Ko'ngulda zarracha dunyoni mehri bo'lmayin menda,
Seni deb ikki olamdin kechib, bezora Mashrabman.

O'lin ketsam, lahad ichra so'ngakdin ketmagay darding,
Jahonda topmadim choraki, men-bechora Mashrabman.

Anodin qay kuni bo'ldum, sening ishqingda oh urdum,
Muhabba dashtida yurgan bo'lub ovvora, Mashrabman.

Muhabbat jomidin may tuttilar, ichmasga choram yo'q,
Ko'zumdin qon yoshim tinmay oqar xunbora Mashrabman.

Boshimga ming balo kelsa, tilarman vaslin, ey zohid,
"Tilim kessang, tuyorim yo'q",-degan-diydora Mashrabman.

Xaloyiqlar meni quvlar, yomon deb har shahar borsam,
Ajab mardud, ajab mahrum, ajab sangsora Mashrabman.

O'zumni xalq aro ixfolig'imni hech kishi bilmas,
Dilu jonim fido aylab, ajab ayyora Mashrabman.

Meni devona Mahrabg'a muhabbatdin bayon aylang,
Namozu ro'zadan forig' bo'lub sayyora Mashrabman.

Qayd etilgan


AbdurRohman  06 Sentyabr 2007, 17:21:38

Namangan shahridin, do'stlar, mening yoronlarim keldi,
Otam birla onamni bilguchi mehmonlarim keldi.

Shijoat bobida har qaysisi bir Rustamu Suhrob,
Adolat taxtig'a mingan bu kun sultonlarim keldi.

Inoyatli, diyonatli, yana ham murshidi komil,
Hama orif, hama sodiq, hama irfonlarim keldi.

Alarning xoki poyi ko'zlarimga to'tiyo, Mashrab,
Charog'imni munavvar qilguchi xoqonlarim keldi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  06 Sentyabr 2007, 17:34:49

Ajab majnun erurman, dasht ila sahrog'a sig'mamdur,
Dilim daryoyi durdur, mavj urub dunyog'a sig'mamdur,

Shariat ham, tariqat ham, haqiqat ham mendadur mavjud,
Chu sulroni azaldurmanki, arshi a'log'a sig'mamdur.

Xaliloso bu yo'lda otashi Namrud - me'rojim,
Hamon durri haqiqatmanki, har dunyoga sig'mamdur.

Rizo mulkidaman, halqumni tuttim tig'i Akbarga,
Bu yo'lda siynayi poki Zabunullog'a sig'mamdur.

Agarchande ziyorat qilmadim men Ka'bayi zohir,
Tariqat hojisidurmanki, Baytullog'a sig'mamdur.

Gahi bo'ldum faqiru, gohi shohu, gah gadodurman,
Ajab devonaman, fardoki mahshargohg'a sig'mamdur.

Maqomi hayrat ichra gohi xudman, gohi behudman,
Junun bozorida mastmanki, istisnog'a sig'mamdur.

Gah o'rus, gohi cherkas, gohi mo'min, gohi tarsoman,
Ne kavnayi miyoni lou illollog'a sig'mamdur.

Mudom miskin erurman chun g'uloming - Mashrabingdurman,
Meni bechora bu dunyo bilan uqbog'a sig'mamdur.

Qayd etilgan


AbdurRohman  06 Sentyabr 2007, 17:42:11

Ishq vodisidin bir kecha men "œhay-ha"lab o’ttum,
Monandi nayiston gulig’a o’t qalab o’ttum.

Ofoqni bir lahzada kezdim, na ajabdur,
Mino tog’idin akkasifat hakkalab o’ttum.

Ottim fashi-dostorini devonalig’ aylab,
Parvonasifat jonimi o’tqa qalab o’ttum.

Bildimki, vafosi yo’q ekan ushbu jahonni,
Mardona bo’lub, balki, etak siltalab o’ttum.

Dunyo yasanib, jilva qilib oldima keldi,
"œBorg’il nari!" deb (ketig’a) bir shattalab o’ttum.

Bildimki oni, dushmani makkorayi ayyor,
"œLo" tirnog’I birla yuzini tirmalab o’ttum.

Mardoni xudo dediki: "œDunyo mayi achchig’",
Achchig’ligini bilmak uchun bir yalab o’ttum.

Nafs kofiri birla tunu kun qildim urushni,
Tanho qilichi birla urub, qiymalab o’ttum.

Xomush pichog’in har dam oning bo’g’ziga qo’ydum,
Cho’g’ nayzasi birla ko’zini nayzalabb o’ttum.

Devonayi Mashrab, bu so’zung dardga davodur,
Oshiq elining ko’nglig’a bir o’t qalab o’ttum.



Qayd etilgan


AbdurRohman  06 Sentyabr 2007, 17:47:08

Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,
Bu ishq sirrin bayot etsam, taqi ul xonumon o’rtar.

Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,
Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.

Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.

Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
"œNigoro!" deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.

Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.

Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq,
Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.

Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.

Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar.

Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.


Qayd etilgan