Sheriyat mulki  ( 92026 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 23 B


AbdurRohman  07 Sentyabr 2007, 17:04:22

Shodmonlik izlama, ohir boshinga g'am kelur,
Odamining boshiga andishayi motam kelur.

Osmonga etsa boshing misli Muso homush o'l,
Sar daraht nurmeva bolgan songra boshi ham kelur.

Odamiyning asli birdur, bir-biridin farqi bor,
Necha qari o'tgan soghun dunyoga bir odam kelur.

Vahmi mahshardin gapurmang norasoni oldida,
Goshi kargha haq sozi albatta noforam kelur.

Yighlamoq oson emasdur, ey jigarbandim, eshit,
Mulki dil sadpora bolghan song kozingdan nam kelur.

Olimi ilmiga maghrur, johili isyonga gharq,
Kas ne bilsun, rozi mahshar kimni toshi kam kelur.

Yoshligingda yolga kirghil, toki topqaysan kamol,
Gar jarohat kohna bolghan songra bemalham kelur.

Mashrabo, siynamdagi dardimni aytsam, arsh kuyar,
Yol hatadur, qorqaman, majlisga nomahram kelur.





Qayd etilgan


AbdurRohman  07 Sentyabr 2007, 17:23:40

Kokulung anbar durur, jon ichida jonon qiz,
Ko'zlaring axtar durur, yuzi mohi tobon qiz.

Lablaring erur la'ldek, yuzlaring qizil guldek,
Barcha sengakim quldek, xizmatingga qurbon, qiz.

Tar orazing gul, soching sunbulki,tishlaring dur,
Sarv qadlig', qosh ko'rung oftobi davron qiz.

Bir ko'rib seni, zolim, qolmadi mening holim,
Tang bo'lubdur ahvolim, bilmadingmu, nodon qiz?

Oy yuzingni ko'rganda, lablaringni so'rganda,
Mashrabing bo'lur banda, qilsang ani mehmon qiz.

Qayd etilgan


AbdurRohman  07 Sentyabr 2007, 17:27:44

Ishqing o'tig'a kuygoli keldim,
Oydek yuzungni ko'rgoli keldim.

Savdoi zulfing tushdi boshimg'a,
Sendin savollar so'rgoli keldim.

Bahringga kirdim g'avvos bo'lay deb,
Bir durri maqsud olgoli keldim.

Mani so'rasang, ey gul'uzorim,
Mahvi jamoling bo'lg'oli keldim.

Qofila ketti,manzilga etti,
Men ham boray deb ketgoli keldim.

Soqiy, qadahni qilg'il muhayyo,
Vahdat mayidin ichgoli keldim.

Rahmat eshigin Mashrabga ochg'il,
Ishqing ko'yida o'lgoli keldim.


Qayd etilgan


AbdurRohman  12 Sentyabr 2007, 15:01:43

Gulshani bog'i dahr aro bulbuli nag'magar o'zum,
Bir buti bebadal uchun oshiqi darbadar o'zum.

Qo'yung'a dam-badam borib, navhu zorlar qilib,
Shomu sahar fig'on etib, hofizi xush asar o'zum.

Yo shahi mehribonmusan, yo mahi osmonmisan,
Yer bila ko'kni kuydurub kavkabayu qamar o'zum.

Jomi mayi luob ichib, majnuni benavo bo'lub,
Nozu karashmalar qilib, layliyi ishvagar o'zum.

Sham'i jamoling o'rtadi jonu dilimni, ey sanam,
Bolu parimni kuydurub, bedili navhagar o'zum.

Vasling istab, ey sanam, kechayu kunduz mudom,
Shaharda bedor o'l dedingki, doyayi shahar o'zum.

Xisravi komron bo'lub, Rustami doston bo'lub,
Bir zo'r pahlavon bo'lub, Hamzayi raxnagar o'zum.

Olimi nuktadon manam, piri hidoyaxon manam,
Shuhrati she'r bobida Mashrabi mo'tabar o'zum.

Qayd etilgan


AbdurRohman  12 Sentyabr 2007, 15:09:48

Azaldin to abad ko'nglum qutulmas ishq balosidin,
Yurokim raxnalar bo'ldi, bu ishqning mojarosidin.

Xayolimda sening vasling, topolmasman, meni hayron,
Magar vaslingga yetsam piri komilning duosidin.

Eshit arzimni, ey dilbar, yurak-bag'rim kabob o'ldi,
Raqiblar shodmon bo'ldi nigorimning jafosidin,

Sanam, sensiz bu dunyoda tiriklik qilmog'im mushkul,
Kel, ey ko'ngul, kecholi bu tiriklikning baqosidin.

Sanam, ishqing o'ti oxir meni bexonumon etti,
Kuyarman dam-badam tinmay bu dardi bedavosidin.

Xarob o'ldi mening ko'nglum, kishim yo'qturki, roz aytsam,
So'ngoklar raxnalar bo'ldi dilimning ohu vosidin.

Seni ishqing bila yig'lab, agar mashharda oh ursam,
Kuyarlar mo'minu kofir bu Mashrabning navosidin.

Qayd etilgan


AbdurRohman  12 Sentyabr 2007, 15:17:07

Setor demang, holi dilimni so'rg'uchi tanbur,
Ko'nglum girehin, g'amlar surg'uchi tanbur.

Bir necha raqiblar so'zidin g'amzada bo'lsam,
Hamdard bo'lubon og'ushima kirguchi tanbur.

Ko'tohnazar el buni hech qadrin bilmas,
Dargohi azaldan xabare berg'uchi tanbur.

Gar yor jamolini ko'rub pardag'a solsam,
Nag'masi oni siynaxarosh etg'uchi tanbur.

Ham yor jamolidek oni nash'asi bordur,
Hayrat o'tidin mahzi sanam qilg'uchi tanbur.

Oshiq yuragidin chiqib, o'ttek kelibon ul,
BIr uchqung'a jumlani kuydurg'uchi yanbur.

Mashrabni tamom aqlin olib ul buti xunrez,
Jonimni yoqib siynaxarosh etg'uchi tanbur.

Qayd etilgan


AbdurRohman  12 Sentyabr 2007, 15:50:25

Malaksan yo bashar, yo huru g'ilmonsan, bilib bo'lmas,
BU lutfu bu nazokat birla sendin ayrilib bo'lmas.

Ajab berahm dilbarsan, ajab sho'xi sitamgarsan,
Charog'i husni to'yingdin ko'ngulni ham uzub bo'lmas.

Yuzungni oftobini ko'rub hayron bo'lub qoldim,
Falakka qo'l uzotib, shamsi anvarni olib bo'lmas.

Yuzung misli qizil guldur, ko'ngul chun bulbuli shaydo,
Bu gulning ishqidin bulbul chamandin ayrilib bo'lmas.

Kel, ey Mashrab, agar oshiq bo'libsan, bo'lmag'il g'ofil,
BU g'aflat uyqusidin, ey yoronlar, uyg'onib bo'lmas.


Qayd etilgan


AbdurRohman  12 Sentyabr 2007, 16:07:01

Tarozuyi amalni qo’lga ol, so’ngra barobar tut,
Xatarlik yo’ldasan, to justijo’ qil, yaxshi rahbar tut.

Imoning sham’ini ravshangaridur hamdami qobil,
Qo’lingdin kelsa, doim yaxshi xalqlarni birodar tut.

Maqomi qurbat o’tig’a agar kirsang — huzur topsang,
O’zung zahroba yutgil, xalqni komig’a shakkar tut.

Bag’ir qoni, ko’zung yoshi, qadi ham birla oh tortgil,
Shafoat vaqti bo’ldi, anda domoni payambar tut.

Boshing gardunga yetsa, bo’lmagil zinhor xursande,
O’zungni har xasu xoshokdin, ey banda, kamtar tut.

Balo ko’rgan kishilar majlisini orzu qilg’il
Ki, har shum lodani ko’rsang, o’zungni munda behtar tut.

Taraddud aylagil, zangi diling shoyadki sof o’lg’ay,
Hidoyat ko’chasining rindi bo’l, domain mahshar tut.

Ulug’man deb, takabbur pesha qilma mushtiparlarga,
Sarafrozi topay desang, davomat qiydani tat tut.

Havas bozorini dur aylagil zinhor boshingdin,
Qo’lungni ikki dunyodin uzub, dilni qalandar tut.

Bahoyimdek yemak-ichmakni sargardoni ko’p bo’lma,
Kafan bichgil o’zungga, dilda o’lmog’ni muqarrar tut.

Adam sahrosidin dunyoga kelding banda bo’lsam deb,
Kamar bog’lab belingga, zikri tasbehi eranlar tut.

Bu zindonxonadin o’ttung, ko’rundi jannatul a’lo,
Baland et himmatingni munda kelding, misli Haydar tut.

O’zini bilmagan bedardlarga ochmagil daftar,
Xalildek o’tni gulzor aylagil, xo’yi samandar tut.

Bu yerda yori bersa lutfi haqdin garchi iqboling,
Adolat mulkining sarrishtasini misli Umar tut.

Bu foniy dunyodin, Mashrab, yetishsang boqi uqbog’a,
Sirotal mustaqimdin o’tting, so’ngra rohi digar tut.



Qayd etilgan


AbdurRohman  12 Sentyabr 2007, 16:10:40

                          Murabba’

Hamdu sanolar aytay xudoga,
Yorga yetar kun bormu, yoronlar?
Yetgaymu dodim nozuk adoga,
Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

Shum toleimdan ko’rdum jafoni,
Zolim raqiblar ko’rdi vafoni,
Holim so’r emdi, bergil davoni
Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

Bulbuldayinkim faryod etarman,
Ishq daftarini bunyod etarman,
Ko’nlumni bir dam men shod etarman,
Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

Qachon visoling bo’lg’ay muyassar,
Ishqingda kezdim ham bahru ham bar,
Dardu alamga to’ldi ko’ngullar,
Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

G’am bahri qildi mavjini bunyod,
Ishqingda qildim ming ohu faryod,
O’tti nigorim chun sarvi ozod,
Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

Hajr ahli keldi, tutti yoqamdin,
Bag’rim tilindi paykoni g’amdin,
Faryod etarman ushbu alamdin,
Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

Sham’I firoqing ko’ksimda yondi,
Ko’z yoshim oqib bag’rimga tomdi,
G’aflatda qolgan Mashrab uyondi
Yorga yetar kun bormu, yoronlar?


Qayd etilgan


AbdurRohman  12 Sentyabr 2007, 16:51:31

                                            NODIRA

                                           G'azallar!

Vasl uyin obod qildim, buzdo hijron oqibat,
Seli g'amdin bu imorat bo'ldi vayron oqibat.

Qildi chok pirohan dog'i dilimni oshkor,
Qolmadi ko'nglimda zaxmi ishq pinhon oqibat.

Ahdu paymonlar qilib erdi, vafo qilg'um debon,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yalg'on oqibat.

Orzu qildim tutarmen deb visoli domanin,
Pora bo'ldi hajr ilgida giribon oqibat.

Zohido, ishqu muhabbat ahlini ma'zur tut,
Yor ko'yida na bo'ldi shayx San'on oqibat.

Baski, qon bo'ldi yuragim gavhari ashk o'rnig'a,
Qatra-qatra ko'zlarimdin tomdi marjon oqibat.

Ohkim, bo'ldi yana subhi nishotim shomi g'am,
Chehra pinhon etti ul xurshidi tobon oqibat.

Garchi bpr erdi musaxxar devlar farmonida,
Poymoli xayli mo'r o'ldi Sulaymon oqibat.

Nodira, bulbul kabi to nola insho ayladim,
Navbahor o'tti, xazon o'ldi guliston oqibat.



Qayd etilgan