Sheriyat mulki  ( 148853 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 23 B


Mahzunabonu  14 Sentyabr 2007, 11:02:16

Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.

Ul parivash vaslidin bo’ldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.

Yor uchun ag’yor dardin tortaman,
Ko’rmadim bir yorni ag’yorsiz.

Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,
Soya paydo bo’lmadi devorsiz.

Berma nisbat qaddiga, ey bog’bon,
Sarvdur bu bog’ aro raftorsiz.

Nodira ahvolidin ogoh bo’ling,
(Ey musohiblarki, qolmish yorsiz).

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 14:13:07

Marhabo, ey payki suton, marhabo,
Hudhudi mulki Sulaymon, marhabo.

Tal'ating farrux, muborak maqdaming
Qildi kulbamni guliston, marhabo.

Xo'b kelding, yaxshi keltirding xabar,
Aylading dardimga darmon, marhabo.

Bo'ldi mavzub qomatingdin munfial
Sarvi nozi bog'i rizvon, marhabo.

Qilg'asen ul moh mehrin oshkor,
Subh yanglig' pokdmon, marhabo.

Mujda kletirding visoli yordin,
Topti taskin dardi hijron, marhabo.

Kel beri, to xoki poyingni qilay
To'tiyoyi chashmi giryon, marhabo.

Ravshan aylarman chirog'i ohni,
Ko'zlarimdur gavharafshon, marhabo.

BU kecha hijron shabistonidadur
Anjumani ashkim charog'on, marhabo.

Qo'y kafi poyingni diydam ustina
Bir dam, ey sarvi xiromon, marhabo.

Nodira, har so'zki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron:"Marhabo!"

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 14:21:21

Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiryor et.

Uzoru qaddu raftoringni ko'rsat,
Chaman sarvu gulini sharmisor et.

Labi maxmurdurmen, jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf'i xumor et.

"Analhaq" mojarosin aylading fosh,
Kel, ey Mansur, istiqboli dor et.

Duri ashku aqiqu xuni dilni
Kelu yoring ayog'iga nisor et.

Kuyib, ey Nodira, olam elig'a
Muhabbat shevasini oshkor et.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 14:30:59

Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shahu, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.

Dudi ohim shu'lasi husning dabiristonida
Misra'i barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit.

Servinozim, sendin ayru naxli ohim bo'ldi ham,
Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit.

Har nechakim, sabr ta'mirini bunyod ayladim,
Ashk selobida vayron o'ldi obidim, eshit.

Barcha yoru oshnodin aylading begonalig',
Necha kunlar bo'ldi hargiz qilmading yodim, eshit.

Kelki, bir soat seni ko'rmoq uchun mushoqmen,
Telba bo'ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit.

Nodira bodi sabodin senga irsol etgali
Qildi insho bu g'azalni tab'i noshodim, eshit.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 14:38:21

Kel, dahrni imtihon etib ket,
Sayri chamani jahon etib ket.

Bedardlarning jafolaridin
Faryod etib, fig'on etib ket.

Dunyo chamani bulbulisen,
Gul shoxida oshyon etib ket.

Ey ashk, ko'zimni makatabidin
Hayrat sabaqin ravon etib ket.

Olam chamaniki bevafodur,
Bir oh ila xazon etib ket.

Ushshoq maqomi bo'stondur,
Azmi rahi bo'ston etib ket.

Maqsad na erdi, jahona kelding?
Kayfiyatini bayon etib ket.

Fosh etma ulusqa ishq sirrin,
Ko'ngulda anu nihon etib ket.

Kel, ishq yo'lida ko'zlaringni
Ey Nodira, durfishon etib ket.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 14:44:12

Jon ko'rmadi ro'zadin halovat
Iftorda yorsiz na lazzat?

Yor aylasa yori birla iftor,
Yo'q ro'zada mundin o'zga davlat.

El barcha visol bazmida shod,
To subh chekib surudi ishrat.

Har shom menga navolayi g'am
Iftor qilurga bo'ldi qismat.

Mohi ramazonki, fayzi cho'qtur,
Men xastag'a yorsiz na rohat.

Har shom ko'zimni yoshi sham'im,
Xuni jigarim ba joyi sharbat.

Hijron ila ro'za javr etolmas
Gar yor esa, Nodira, salomat.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 14:51:00

Ko'zlarim mushtoqdur diydor uchun, ruxsora och,
Pardani yuzdin, ko'zim qilg'uncha bir nazzora, och

Pardayi nozu hayo xomush la'lingdin ko'tar,
Ikki gul bargini birdin guftora och.

Besutun tog'ida ko'p jon chekmag'il, ey ko'hkan,
Ko'kragimdin jo'yi shir o'rnig'a o'tlig' yora och.

Ey ko'ngul, dudi fig'oningdin kavokib tiyradur
Oh ko'p chekma, hijobi soiti sayyora och.

Shavq komil bo'lsa, muxlis ko'chasi masdud emas,
Ey sharar, bir jazba birla rohi sanga xora och.

Muncha pinhon dog'kim, ey jon, falak ko'ydi senga,
Yor agar kelsa, giriboningni aylab pora och.

Nodira, ohi dilu sho'ri junun barpoy qil,
Ushbu lashkar bilra olam mulkin yakbora och.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 14:57:26

Qilmag'il zinhor izhor ehtiyoj
Kim, aziz elni qilur xor ehtiyoj.

Hech kim olamda forug'bol emas,
Har kima o'z miqdoricha bor ehtiyoj.

Ganja husningni zakoti ber menga,
Sen g'anisan, menda bisyor ehtiyoj.

Ko'zlarim aylar yuzingni orzu
Kim erur ko'zguya diydor ehtiyoj.

Mustamand etti meni muhtojlik,
Qildi hojatmanding, ey yor, ehtiyoj.

Gar tilarsen obro' ahbob aro,
Aylama zinhor izhor ehtiyoj.

Qil ravo, albatta, oshiq hojatin,
Boqmag'il arz etsa ag'yor ehtiyoj.

Bir tarahhum zohir etsang, netgusi,
Qildi husninga meni zor ehtiyoj.

Yor vaslini tilarman, Nodira,
Ayladi ko'nglimni afgor ehtiyoj.

Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 15:05:49

Qolib furqat diyori ichra jononimni sog'indim,
Charog'i ro'zg'ori munisi jonimni sog'indim.

Gulistondur visoli mahfili,men andalib anda,
Guli ayshim xazon o'ldi,gulistonimni sog'indim.

Ko'rub ko'nglumda yuz ozor,ey bedard,ta'n etma,
Muruvvat ko'rguzib rahm etki,sultonimni sog'indim.

Chamanda jilva qildi sarvu gul ham sabza bosh egdi,
Qadi sarvu yuzi gul xatti rayhonimni sog'indim.

Havoyi ishq sargardoniman,oromu sabrim yo'q,
Parishon zarradek xurshedi tobonimni sog'indim.

Ko'zimdin yosh to'kub,giryon bo'lib,qon yig'lamay naylay,
Ki,hangomi takallum la'li xandonimni sog'indim.

Menga davri falaldin bo'lmadi bir lahza osoyish,
Parishonholman, sultoni davronimni sog'indim.

Arabdin to Ajam mashhur edi ul shohlar shohi,
Skandar saltanatlig' shohi Turonimni sog'indim.

Qizil qondur ko'zim yoshi, sabo yetkur salomimni,
Guli sadbarg yanglig' pok domonimni sog'indim.

Tikarman,Nodira,g'am yo'lida ko'zni Zulayhodek,
Kim, ul Yusufliqo sulton Umarxonimni sog'indim.


Qayd etilgan


AbdurRohman  14 Sentyabr 2007, 17:29:33

                           XO'JANAZAR HUVAYDO

Kaminaning oti Xo'janazardur,
Atosining oti G'oyibnazardur.

Nasabda O'shu mavludu CHimyoniy,
G'aribu xoksoru dil parishoniy.

Qayd etilgan