Tuyuqlar!
Yo Rab, ul shahdu shakar yo labdurur,
Yo magar shahdu shakar yolabdurur.
Jonima payvasta novak otqali,
G'amza o'qin qoshig'a yolabdurur.
***
Yo qoshindin necha bir o'q ko'z tutay,
Otki, o'trusiga oning ko'z tutay.
Necha ko'rgach o'zga mahvashlar qoshin,
Yangi oy ko'rgan kishidek ko'z tutay.
***
Tig'i ishqing yorasidur butmagan,
Dardini har kimga aytib butmagan.
Hajr sahrosidur ohim o'tidin
Anda gul yoxud giyohe butmagan.
***
Necha dedim ul sanamg'a: bormog'in,
Qilmadi ul tark oxir bormog'in.
Munchakim xudroyliq ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi, tishlab bormog'in.
***
Olmani otdi nigorim, "ol",-dedi
"Olma birla bu ko'ngilni ol",-dedi
So'rsam ersa olamsini rangini
"Olma rangin ne so'rursan, ol",-dedi