Sheriyat mulki  ( 148888 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 23 B


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 18:03:21

                       Tuyuqlar!

Yo Rab, ul shahdu shakar yo labdurur,
Yo magar shahdu shakar yolabdurur.
Jonima payvasta novak otqali,
G'amza o'qin qoshig'a yolabdurur.

                 ***
Yo qoshindin necha bir o'q ko'z tutay,
Otki, o'trusiga oning ko'z tutay.
Necha ko'rgach o'zga mahvashlar qoshin,
Yangi oy ko'rgan kishidek ko'z tutay.

                 ***
Tig'i ishqing yorasidur butmagan,
Dardini har kimga aytib butmagan.
Hajr sahrosidur ohim o'tidin
Anda gul yoxud giyohe butmagan.

                 ***
Necha dedim ul sanamg'a: bormog'in,
Qilmadi ul tark oxir bormog'in.
Munchakim xudroyliq ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi, tishlab bormog'in.

                 ***
Olmani otdi nigorim, "ol",-dedi
"Olma birla bu ko'ngilni ol",-dedi
So'rsam ersa olamsini rangini
"Olma rangin ne so'rursan, ol",-dedi

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 18:10:04

                               Fardlar!

Muruvvat - barcha bermakdur, yemak yo'q,
Futuvvat - barcha qilmakdur, demak yo'q.

                         ***
Ranjkash bo'lkim chu tortar chug'z vayron ichra ranj,
Ajdahodin biymi yo'q, ammo erur ummidi ganj.

                        ***
Elni xor aylagan tama' bilg'il,
Doyimo azza manqana' bilg'il.

                        ***
Dunyovu uqbo ikkisi jam' o'lmas, ey rafiq,
Kimki ikki kema uchini tutsa, bo'lur g'ariq.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 18:15:14

Ulki, sanga eldin erur aybgo',
Elga dog'i sendin o'lur aybjo'.

                       ***
Kishi aybing desa, dam urmag'ilki, ul erur ko'zgu,
Chu ko'zgu tiyra bo'ldi, o'zga aybing zohir aylarmu?!

                       ***
Chu sen yor-u, jahon bir dushmanimdur,
Mening uchun jahon turguncha sen tur.

                       ***
Ham meni ul toza naxli nozparvard o'lturur,
Ham bukim, yo'q dardini ayturg'a hamdard o'lturur.

                       ***
Belu og'zidin, derlarkim, degil afsonaye,
Boshladim filholkim: "Bir bor edi, bir yo'q edi..."

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 18:47:10

              ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBUR.

                     G'azallar!

Jonimdin o'zga yoru vafodor topmadim,
Ko'nglumdin o'zga mahrami asror topmadim.

Jonimdek o'zga jonni dilafgor ko'rmadim,
Ko'nglum kibi ko'ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko'zga toki ko'ngul bo'ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xo'y etmisham, netay,
Chun vaslga o'zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko'ngul,
Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.

Bobur, o'zungni o'rgatako'r, yorsizki, men
Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 18:58:52

Charxning men ko'rmagan jabru jafosi qoldimu?!
Xasta ko'nglum chekamgan dardu balosi qoldimu?!

Meni xor ettiyu qildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning o'zga muddaosi qoldimu?!

Meni o'lturdi jafou javr birla ul quyosh,
Emdi tirguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!

Oshiq o'lg'och ko'rdim o'lumni o'zimga, ey rafiq,
O'zga ko'nglumning bu olamda harosi qoldimu?!

Ey ko'ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 19:05:55

Xazon yaprog'i yanglig' gul yuzung hajrida sarg'ardim,
Ko'rub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrai zardim.

Sen, ey gul, qo'ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayog'ingg'a tushib bargi xazondek muncha yolbordim.

Latofet gulshanida gul kabi sen sabzu xurram qol,
Men archi dahr bog'idin xazon yaprog'idek bordim.

Xazondek qon yoshim sorig' yuzumdin el tanaffurda,
Bahar range, bihamdUlloh, ulusdin o'zni qutqordim.

Ne tole'dur mangakim axtari baxtim topilmaydur,
Falak avroqni har nechakim daftardin axtardim.

Ulusning ta'nu ta'rifi manga, Bobur, barobardur,
BU olamda o'zumni chun yamon-yaxshidin o'tkardim.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Avgust 2007, 19:14:14

G'urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur,
Hijron bila g'urbat manga ta'sir qilibtur.

Maqdur boricha qiluram sa'yi visoling,
To tengrini bilmonki, ne taqdir qilibtur.

Taqdirdur ul yonu bu yon solg'uchi, yo'qsa,
Kimsa havasi sunbulu tatyir qilibtur.

Bu Hind yeri hosilidin ko'p ko'ngul oldim,
Ne sudki, bu yer meni dilgir qilibtur.

Sendin bu qadar qoldi yiroq o'lmadi Bobur,
Ma'zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur.

Qayd etilgan


AbdurRohman  31 Avgust 2007, 15:26:40

Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dag'i bisyor mushkuldur.

Mijozing noziku sen tund, men bir beadab telba,
Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.

Ne osig' nolau faryod xob olud baxtimdin,
Bu unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur.

Manga osondurur bo'lsa, agar yuz ming tuman dushman,
Vale bo'lmoq jahonda, ey ko'ngul, bisyor mushkuldur.

Visolinkim tilarsen nozini xush tortqil, Bobur,
Ki olam bog'ida topmoq guli bexor mushkuldur.

Qayd etilgan


AbdurRohman  31 Avgust 2007, 15:31:18

Mening ko'nglumki, gulning g'unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o'lsa, ochilmog'i ne imkondur.

Agar ul qoshi yosiz bog' gashtin orzu qilsam,
Ko'zumga o'qdurur sarvu ko'ngulga g'uncha paykondur.

Bahoru bog' sayrin ne qilaykim, dilistonimning,
Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati savri xirmondur.

Visoli lazzatidin zavq topmog'liq erur dushvor,
Firoqi shiddatidin yo'qsa jon bermaklik osondur.

Boshidin evrulur armon birla o'ldum, ey Bobur,
Mening na'shimni bori ul pari ko'yidin aylondur.

Qayd etilgan


AbdurRohman  31 Avgust 2007, 15:40:08

Sendek manga bir yori jafokor topilmas,
Mendek sanga bir zoruivafodor topilmas.

Bu shaklu shamoyil bila xud huru parisen,
Kim jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.

Ag'yor ko'z olidau ul yor ayon yo'q,
G'am xori ko'ngul ichrayu g'amxor topilmas.

Ey gul, meni etmaki husnung chamanida,
Ko'zni yumub ochquncha, bu gulzor topilmas.

Bobur seni chin yor dedi, yorlig' etgil,
Olamda kishiga yo'q ersa, yor topilmas.

Qayd etilgan