Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Olamlar sarvari - Muhammad SAV

(1/1)

AbdulAziz:
Assalamu alaykum va rahmatulloh!
Kelayotgan Ashuro kunlari barchamizga muborak bo’lsin!

Sizlarga quvonchlik bir yangilikni yetkazmoqchiman. Ushbu muborak kunlarda Payg’ambarimiz Muhammad SAV hayotlari, nubuvvat va siyratlari haqida o’zbek olimlari tomonidan ilk marta nashrga tayyorlangan OLAMLAR SARVARI  kitobi bosmadan chiqdi:



"œUshbu kitob payg‘ambarlarning eng so‘nggisi va bashariyatning eng afzali bo‘lgan hazrat Muhammad sollollohu alayhi vasallam haqidadir.
Taqdim etilayotgan maqolalar majmuasi qalblaringizga nur va muhabbat bag‘ishlashiga umid qilib qolamiz", - deb yozadi risolaning to‘plovchi  va nashrga tayyorlovchisi Sayfiddin Sayfulloh.

Kitobga O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov mas’ul muharrirlik qilgan, risola muharriri - jurnalist Alisher Nazardir.

Kitobdan Alixonto’ra Sog’uniy, Abdurauf Fitrat, Mahmud As’ad Jo’shon, Sayfiddin Sayfulloh, Nurboy Abdulhakim, Jasurbek Mahmudov, Hamidulla Boltaboyev, Alimardon Hayitov, Akram Dehqon, Damin Jo’raqulov, Husayn Obidiniy, Otabek Jo’raboyev kabi olimlarning maqolalari o’rin olgan.

Inshaalloh, bu risolani kitob rastalaridan topishingiz mumkin.
O’zbek kitobxonlari uchun Sarvari olam SAV haqida yana bir ilmiy kitob muborak bo’lsin!

Navigation

[0] Message Index

Go to full version