Hikmatlar durdonasi  ( 94148 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 B


Foniy  07 Oktyabr 2009, 15:08:41

***
Balolar domida qolsang, Xudo nomini tutgaysan,
Agar hal bo`lsa mushkuling, yana Haqni unutgaysan.

***
Kim kuchliyu qudratliyu ham pahlavon?
O`z nafsini yengaolgan odam pahlavon.

***
Bir-birni ayang, ko`ngilga bermang ozor,
Yaxshi gina-kudratdan ahillik ming bor.

***
Muruvvat qolmasa, aynisa ochun,
Chumoli rizqiga ko`z tikar lochin.
(ochun - dunyo)

***
Har kim yetuk olim, komil inson esa boq:
Kafshi uning eskiyu, to`ni qirqyamoq.

***
Bechora, faqirlarga qiling lutfu karam,
Bechoradir Olloh oldida barcha odam.

Sa'diy Sheroziy

Qayd etilgan


siddiqa  10 Oktyabr 2009, 05:25:22

Унинг ҳузурида сз срнинг, қадринг қандай сканлигини билмоқчи бслсанг, бас, "œУ сени қайси вазифага қсйди ва қандай ишни сенга топширди?" шунга қара!

Qayd etilgan


siddiqa  10 Oktyabr 2009, 05:26:18

Жароҳатнинг снг схши шифоси қазо ва қадарга иймондур.

Qayd etilgan


siddiqa  10 Oktyabr 2009, 05:27:10

Hayo va andisha dunyoda tartib saqlashning muhim shartlridan biri hisoblanadi. Hayo yo'qolsa hech kimda vijdon ham qolmaydi. U holda dunyoda tartib buziladi. Kishilar bir-birlariga befarq qaraydigan bo'ladilar.

Husayn Voiz Koshifiy

Qayd etilgan


siddiqa  10 Oktyabr 2009, 05:27:40

Agar Muhammad payg'ambar tirik bo'lganida, zamonamiz muammolarini bir choy ustida hal qilgan bo'lar edi.

Bernard Shou

Qayd etilgan


siddiqa  10 Oktyabr 2009, 05:28:09

Kimki qabr zikrini ko'paytirsa, uni jannat bog'laridan bo'lgan bir bog' topadi. Kimki o'shandan g'ofil qolsa, uni do'zax cho'g'laridek bir cho'g'dek topadi.

Sufyon Savriy

Qayd etilgan


siddiqa  10 Oktyabr 2009, 05:29:05

Qur'on insonlarga mukammal tarbiya darsini berishidan tashqari, ularga shaxsiy hayotlarida ahloqli, olijanob, hayrparvar, jasur va g'ayratli bo'lishni hamda, butun musulmonlarn sevishni o'rgatadi.

Arnold Xovard

Qur'on, aqidalar va ahloqning insonlarga hidoyat va hayotda muvaffaqiyat baxsh etguvchi mukammal majalladir.

Doktor Stayngas

Qayd etilgan


siddiqa  10 Oktyabr 2009, 05:29:38

Odamlarga odamlarning yoqimlirog'i, odamlardan odamlardan behojat bo'lmog'i va ulardan hech narsa so'ramaydiganidir. Odamlardn odamlarning yoqmaydigani ularga muhtoj bo'lganidir. ALLAH uchun odamlarning suyuklirog'i ALLAHga muhtoj bo'lgani va undan so'ragani. ALLAHga odamlarning yomonrog'i undan behojat bo'lgani va hech narsa so'ramaganidir.

Fuzayl ibn Iyoz

Qayd etilgan


siddiqa  10 Oktyabr 2009, 05:30:09

Ikki olam quyoshi Muhammad s.a.v. bo'lmasalar, insonlarni oydinlatishga bu quyoshning nuri yetmasdi.

Ali Suayf

Qayd etilgan


siddiqa  10 Oktyabr 2009, 05:30:50

...Hali to'zon tinsin ko'rasan beshak,
Minga uloving ne? Otmi yo eshak...

Imom G'azzoliy

Qayd etilgan