Hikmatlar durdonasi  ( 94059 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 B


siddiqa  26 Oktyabr 2009, 01:53:43

Qabristonga borib u yerda biroz sassiz o'tir. U yerdagi ovozsiz suhbatlardan bahramand bo'l.

Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


siddiqa  26 Oktyabr 2009, 01:55:48

Muvaffaqiyatimiz va harakatimiz yo'lidagi eng birinchi va muhim bo'lgan dushman bu tanballikdir. Buning sababi esa faqatgina o'zimiz, o'z nafsimizdir.

Mahmud As'ad Jo'shon hazratlari.

Qayd etilgan


siddiqa  26 Oktyabr 2009, 01:57:23

Qancha insonlar ko'rdim - ustlarida kiyimlari yo'q
Qancha kiyimlar ko'rdim - ichida inson yo'q

Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


siddiqa  26 Oktyabr 2009, 02:02:50

Ayb Insonlar yuzida aks etsa edi, ko'zgular sotilmasdi.

P.Ustinov

Qayd etilgan


Hadija  26 Oktyabr 2009, 21:35:13

Insonning ruhi Alloh uchun, uning qilgan amallari nafsi uchun, jismi qurtlar uchundir.
Luqmoni Hakim

Qayd etilgan


Hadija  26 Oktyabr 2009, 22:02:52

Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, xilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:23:06

Quyoshning issiqligidan qiynalgan kishi soyani yahshi ko'rgani kabi, soyaning sababchisi bo'lgan daraxtlarni ham yahshi ko'radi. Insonning Allohga muhabbatiga kelsak; Borliqdagi barcha narsaning Alloh taolo qudratiga bog'liqligi soyaning daraxtga, nur-yorug'likning quyoshga bog'liqligiga o'xshaydi.
Imom G'azzoliy

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:24:45

Dunyoning g’ami qalbga zulmat. Oxiratning g’ami qalbga nurdir.
Hazrat Usmon r.a.

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:26:45

Allohga qasamki, qay bir banda do‘zaxga aniq ishonsa, unga keng dunyo tor bo‘lib qoladi. Munofiq esa do‘zax garchi mana shu devorning ortida turgan bo‘lsa ham, unga tushmagunicha shubha qilaveradi.
Hasan Basriy

Allohim, munofiq, nokas, adashgan, murtad, kofur bandalaringdan qilmagin, unday bandalaringdan O'zing asra, Buyuk Robbim, o'z holimga tashlab qo'yma!.... :amn:

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:27:16

Alloh taolo uchun qilingan har ish ixlosdir, xalq uchun qilingan har nima riyodir.
Abul Hasan Xaraqoniy

Qayd etilgan