Hikmatlar durdonasi  ( 94108 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 B


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:28:48

Xushu’ bo‘lmagan namozda, keraksiz narsalardan saqlanmasdan tutilgan ro‘zada, tartil (qiroat) bilan o‘qilmagan Qur’onda, gunohlardan tiyilmasdan qilingan amalda, saxiylik bilinmagan molda, jiddiy bog‘lanmagan birodarlikda, ixlos bo‘lmagan duoda yaxshilik yo‘qdir.
Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:30:26

Hayo va sabr qilishdek iymon bo‘lmas.
Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:37:02

Ko‘zni ayollarga tikishdan, ularning suratlarini tomosha qilishdan tiymoq kerak. Aqlning so‘nishiga, hayo pardasining yirtilishiga va eng muhimi, ibodatning «mazasi» yo‘qolishiga asosiy sabab ana shudir.
Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:37:43

Yigitlar uchun - sharm-hayo va bahodirlik, keksalar uchun - sabr va ma’rifat yaxshiroqdir.
Sa’diy Sheroziy

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:38:13

Fosiqdan hayo tilama, zolimdan - vafo.
Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:39:01

Aql-idrokdan mahrum bo‘lgan bosh - suvsiz chashmaga, adabsiz, tarbiyasiz yigit - egar-jabduqsiz otga, sharm-hayosiz xotin - tuzsiz taomga, ilmiga amal qilmagan olim - xushbo‘y, ammo guli yo‘q bo‘stonga o‘xshaydi.
Abul Mu’in

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:39:46

Badbaxtning nishonasi besh narsadir: ko‘ngli qattiq bo‘lmoq, ko‘zi yoshsiz bo‘lmoq, besharm va behayo bo‘lmoq, dunyoga moyil bo‘lmoq, umidsiz bo‘lmoq.
Fuzayl ibn Iyoz

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:41:56

Jahlini bosolmaydigan, tirnoq ichidan kir qidiruvchi birodarlarga...

Kimda-kim g‘arazgo‘ylik jilovi bilan bir narsaga erishishga harakat qilar ekan, u shu istagiga erisholmaydi, hatto ajali ham yetmay o‘lib ketadi.

Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:43:54

Ayb izlash bo‘larkan tabiati, bas,
Tovus oyog‘idan o‘zgasini ko‘rmas.

Sa’diy Sheroziy

Qayd etilgan


Hadija  25 Noyabr 2009, 21:46:37

G’azab, takabburlik va nojo‘ya harakat odamga alam va pushaymonlik keltiradi.
Buzurjmehr

Qayd etilgan