Hikmatlar durdonasi  ( 94040 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 B


Robiya  27 Noyabr 2009, 11:31:33

Suhbatga arzimas har bir qora dil,
Suhbat uchun yaxshi do‘stlar paydo qil!
Muhammad Husayn

Qayd etilgan


Robiya  27 Noyabr 2009, 11:53:47

Muhabbat bahri oshiqlar yeridur,

Anga kirgan taqi erning eridur.

Muhabbat sharbatin ichgan unutmas,

Anga har kim nasihat qilsa tutmas.

Kerak oshiq chiroyi za’farondek,

Nigori fikrida bargi xazondek.

Erur chun ishq daryosi muazzam,

Kira olmas anga har qaysi odam.

Majlisiy

Qayd etilgan


Abdulhafiz  14 Dekabr 2009, 02:55:58

Pulni o'ylab sarf qilmoq yarim foydadir.

Hasan Basriy

Nechun so'zlay, so'zlamagan yaxshi on,
Og'izda til boshqa erur posbon.

Sa'diy

Qayd etilgan


Abdulhafiz  14 Dekabr 2009, 03:06:35

Yigitlar uchun - sharmhayo va bahodirlik, keksalar uchun - sabr va ma'rifat yaxshiroqdur.
Sa'diy
Qizg'anchiqlik ojizlikning isyonidir.
Ali ibn Abu Tolib r.a

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2009, 13:21:52

"Men Qur'onning quliman, xizmatkoriman; men Haz. Muhammad (S.A.V)ning oyog'ini bosgan joydagi tuproqman"     
                                                          Haz. Mavlono Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2009, 13:25:00

"Yeryuzi-hammaning kamchiligini ta'minlashga yetadi. Lekin yebto'ymasligini emas" 
                                                                                    Gandi

Qayd etilgan


Abdulhafiz  17 Dekabr 2009, 16:18:22

Saxiylik bu - insonning saxovat ko'rsatib, keyin bu haqda unutishidir.
Majididdin Xavofiy
Qo'y ta'mani, bor esa senda tamiz,
Shubhasiz, el ichra bo'lgaysan aziz.
Farididdin Attor

Qayd etilgan


Abdulhafiz  17 Dekabr 2009, 16:20:37

Agar oqil odam nodonlar gurungiga tushib qolsa, ulardan izzat-ikrom kutmasin, agar nodon bema'ni kalomi bilan oqilni yengsa, buning hech ajablanadigan joyi yo'q, zero yoqutni tosh ham sindirishi mumkin.
Sa'diy

Qayd etilgan


Abdulhafiz  17 Dekabr 2009, 16:24:58

Ovlamoq uchun bir ko'ngilni nuqul,
Boshqasiga ozor bermoq noma'qul.
*   *    *
O'z to'ningga solsang agar yuz yamoq,
O'zga to'nin so'ragandan yaxshiroq.
*   *    *
Yaxshiga yaxshi bo'l, yomonga yomon,
Gulga gul bo'lgin-u tikonga tikon.
Hazrat Sa'diy

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Dekabr 2009, 21:48:01

Ezgulik Robbidan "œQayerdan o’zim uchun joy olay?" deb so’radi
U: "œQalbi siniq, Meni e’tirof qilgan kimsalar diliga joylash" dedi.


Qayd etilgan