Hikmatlar durdonasi  ( 65400 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 B


Mahdiyah  19 Dekabr 2009, 21:50:59

Sukut — ko’pincha quruq safsataga qarshi isyon!

Bernar Dad’e

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Dekabr 2009, 08:08:40

Hulqi yaxshi odamlar Rasulullohga eng sevimli va qiyomat kunida u zotga yaqin o’tiradigan odamlardir

Abdulloh ibn Amr

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Dekabr 2009, 08:16:01

biz uchun juda foydali so'zlar...

Imom Muhosibiy rahmatulloh aytadilar: "œBilgilki, kunduzning yorug’i ko’r kishiga foyda bermaganidek, ilm nuri ham taqvosiz kishining yo’lini yoritmaydi. O’likka dorining foydasi bo’lmaganidek, odob ham da’vo ahliga (ya’ni, ilmsiz da’vo qiluvchilarga) foyda bermaydi. Sharros yomg’ir silliq tosh ustida ko’kat undiraolmaganidek, hikmat ham dunyoga muhabbat qo’ygan qalbda meva bermaydi".
"œTalabaning odobi" kitobidan

Qayd etilgan


Hadija  11 Fevral 2010, 05:25:25

Amallarning eng og'iri to'rttadir: g'azab kelganida yutib yubormoq, qiynalgan vaqtda sadaqa qilmoq, holi qolganda ham pok bo'lmoq va o'zi qo'rqadigan yoki biror narsa tama' qiladigan kishisiga haq so'zni aytmoq".
Ali ibn Abu Tolib r.a.

Qayd etilgan


siddiqa  03 Aprel 2010, 10:49:52

Xato qilish hech narsa emas ,agar afsuslanmasang .

Konfutsiy

Qayd etilgan