Hikmatlar durdonasi  ( 76789 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 25 B


Munira xonim  28 Fevral 2009, 18:55:28

"Bolalarning uyatchang bo'lishi, ularning kelajakda yaxshi fe'l-atvor sohibi bo'lishidan xushxabardir".

Imom G'azzoliy.

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Fevral 2009, 18:56:19

"Bolani kichikligida ilm ber, yaxshi ishlari uchun mukofatla, yomon ishlarini yomonligini tushuntir".

Sa'diy Sheroziy.

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Fevral 2009, 18:57:03

"Farzandlaringizga tilini tiyishni o'rgating, gaplashishni o'zi ham o'rganib oladi".

Benjamin Franklin.

Qayd etilgan


Hadija  28 Fevral 2009, 19:35:34

Ilmning hammasi dunyodir. Oxirat esa unga amal qilishdir. Ixlos bilan qilinganidan boshqa hamma amal behudadir.
Sahl ibn Abdulloh Tustariy

"œMutlaq kuch va qudrat O‘zinggagina xosdir, Allohim!"
Abu Bakr r.a.ning so'nggi so'zlari

Ajal ila yuzlashmasdan oldin, beriladigan har narsangni berib qolishing lozim.
Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


Hadija  28 Fevral 2009, 19:44:28

Ilm va boylik har qanday aybni yashiradi, johillik bilan faqrlik esa, oshkor etadi.
Hakim


Xalifa Umar ibn Abdulaziz o‘lim onida: "œAllohim, diydoringni Umarga xayrli qil! La ilaha illalloh", deb turib jon taslim qilganlar.

Qabr naqadar dahshatli, ammo men bilan birga hamroh yo'q, ohirat yo'li uzun, lekin menda tayyorgarlik yo'q, Alloh qozi bo'ladigan kunda Uning huzurida menga hujjat yo'q.
Ibrohim Adham

Qayd etilgan


Hadija  28 Fevral 2009, 20:05:12

Taqdirga rozi bo‘lishlik Allohning eng katta eshigidir. Dunyoning jannati, obidlar va ahli rizolarning halovatidir. Ular o‘zlariga yetgan balolardagi savob va yaxshiliklarni mulohaza qiladilar. Qazoga zarracha shubha bildirmaydilar. Gohida taqdirga rozi bo‘lishning savobini o‘ylab, musibatlarning alamini ham unutadilar. Gohida balo yuborayotgan Zotning ulug‘ligiga, kamolotiga qaraydilar. Shunda bu ulug‘vorlikni yanada chuqurroq his qiladilar, hatto alam va sitamlarni sezmay qoladilar. Aksincha, o‘zlari suygan Zotni qalblarida yaqinroq tuyganlari uchun lazzat oladilar.
Abdulvohid ibn Yazid

Qayd etilgan


siddiqa  01 Mart 2009, 06:20:21

Gunohni tark qilmasdan istig'for aytaverish yolg'onchilarning tavbasidur.
                                                                            Fuzayl ibn Ilyoz

Qayd etilgan


siddiqa  01 Mart 2009, 06:22:47

Seni istamagan kishidan sen ham uzoqlash ,seni istagan kishiga yaqinlash
                                                                            Muhammad Kamol

Qayd etilgan


siddiqa  01 Mart 2009, 06:24:47

 
Haqiqiy inson bo'lish uchun Haqning haqiqiy insonlar uchun bergan qoidalarini bilishing va u yo'llarda yurishing kerak .

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Mart 2009, 09:35:16

"Alloh har bir bandasiga baxtni mo'l-ko'l beradi. Bu xuddi yomg'ir tomchilariga o'xshaydi.Birov tomchilarga kaftini tutadi, boshqasi tadbir ishlatib ko'proq to'playdi. Xudo yog'dirayotgan baxtga ega bo'lish uchun kishi Haq talabidagi fazilatlarga ega bo'lishi kerak. Halollik, poklik, atrofdagilarga mehr-muhabbatda bo'lish...kabi fazilatlarsiz bu baxtga ega chiqish mushkul".

Tohir Malik.

Qayd etilgan