Temirchi qon to’kar tig’ etidi bunyod,
Yuzin qop qora qildi,o’zi noshod.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Qilichdan igna ko’p yaxshidir albat,
U yirtar,bu tikar qilmas jaroxat.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Tatimas xurammlik do’stu yorsiz,
Shodlik noshodliklar do’st diyodorsiz.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Agar sher kulkusiga uchsa oxu,
Qilich sari borar o’zi royi-la u.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Nechuk gul,bo’lmasa xushbo’y oni,
Uchir elga,aning etsun xazoni.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Emas oy shulasin mexmoni oftob,
Kelishmas xech qachon otash bilan ob.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Xasga tushgan otashni tezligiga qarama,
Tez yonib,tez o’chadi uni o’tga sanama.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Dili osuda ne bilsin alamni,
Sitam xech ko’rmagan bilmas sitamni.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.