Hikmatlar durdonasi  ( 65516 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 25 B


zuhrahon  05 Yanvar 2009, 18:08:39

Qush  tuxmini  to’shiga  bosgani  zamon,
Ximmat-la  o’likka  ato  aylar  jon.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Kim  sanatni  o’lchar  boylik,mol  bilan.
U  gavxarni  ko’rar  teng safol  bilan.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Rostlik  ila  mashxur  bo’lsa  gar  gado,
Gapim  xunuk  emas,o’sha  podisho.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Zargarning  iqboli  gar  bo’lsa  g’ofil,
Etikdo’zlik  o’lg’ay  ko’ngilga  moyil.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Nomard  o’lar  xazinada  topmay  qut,
Mard  chiqaror  oddiy  toshdan  ham  yoqut,
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Tozalikda  sarvidan  qolishamydi  gul,
Ammo  vafo  bobida  sobit  emas  ul.

Qayd etilgan


zuhrahon  05 Yanvar 2009, 18:09:08

Saxiy  mardlar  yozsa  dasturxon,
Xatto  itga  tegar  ustixon.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Xotam  kishi  uyda  tutatganda  ud,
Qo’shni  hovlida  xam  shul  muattar  dud.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Qafas  xox  fil  suyakdir,xoxi  tillo,
Chekar  qush  bo’ston  dardini  tanxo.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Butun  ilmi  bilan  xalqiga  g’amdosh-
Kishiga  aqlu  idrok  yeru  yo’ldosh.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Kishi  dardiga  kim  xamdard  emasdir,
Kishillar  naznida  u  mard  emasdir.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Xal  qilolmas  tabiblar  bir  bir  muommo:
To’qiz  shishada  xam  yo’q  ajalga  davo.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Bu  gumbaz  ostida  qil  yaxshi  ovoz,
Bu  gumbaz,xar dersan,qaytarar  boz.

Qayd etilgan


zuhrahon  05 Yanvar 2009, 18:09:44

Temirchi  qon  to’kar  tig’  etidi  bunyod,
Yuzin  qop  qora  qildi,o’zi  noshod.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Qilichdan  igna  ko’p  yaxshidir  albat,
U  yirtar,bu  tikar  qilmas  jaroxat.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Tatimas  xurammlik  do’stu  yorsiz,
Shodlik  noshodliklar  do’st  diyodorsiz.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Agar  sher  kulkusiga  uchsa  oxu,
Qilich  sari  borar  o’zi  royi-la  u.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Nechuk  gul,bo’lmasa  xushbo’y  oni,
Uchir  elga,aning  etsun  xazoni.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Emas  oy  shulasin  mexmoni  oftob,
Kelishmas  xech  qachon  otash  bilan  ob.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Xasga  tushgan  otashni  tezligiga  qarama,
Tez  yonib,tez  o’chadi  uni  o’tga  sanama.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Dili  osuda  ne  bilsin  alamni,
Sitam  xech  ko’rmagan  bilmas  sitamni.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.

Qayd etilgan


zuhrahon  05 Yanvar 2009, 18:10:10

Ko’zdek  bir-birngga  bo’lma  teskari,
Labalrdek  ittifoq  bo’lgil  aksari.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Ikki  lab  bo’lsa,xatokkiy  nafas,
Ullar  orasidan  oson  o’taolmas.
Bir  chexrada  ikki  ko’z  charaqlaydi,
Bir-birin   ko’rmaydi,kina  saqlaydi.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Gul  chexra-yu  mayu  yoshlik  zamoni,
Bularsiz  bo’lmasin  xayot  bir  oni.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Bo’ri  qo’yga  xamla  qilganda  chunon,
Qo’ylar  nafratini  o’ylamas  bir  on.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Xar  yoru  do’st  emas  vafodor,
Bilki,yordan  yorning  farqi  bor.

Qayd etilgan


zuhrahon  05 Yanvar 2009, 18:10:39

Ming  jon  bo’lsin  fido  ul  oshnoga,
Dili  moyil  bo’lsa  axdu  vafoga.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Kimki  bo’lsa  aqlga  yo’ldosh,
Yiqilgan  bo’ladi  yo’ldosh.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Safolu  zar  idish  ishda  barobar,
Garavda  loy  biri,biri  esa  zar.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Yaxshiligi  bilan  do’stdir  do’stalrining,
Yomon  bo’lsa  yovdan  na   farqi  aning.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Igna  bilan  chiqar  oyoqdan  tikan,
Igna  tikan  bo’lsa,bu  yomon  ekan.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Gar  bir  tuya  yiqilsa  yukchilk  karvonidan,
Sarbonga  yukning  g’am  ortiq  tuya  jonidan.

Qayd etilgan


zuhrahon  05 Yanvar 2009, 18:10:59

Chamnda  ochilsa  qancha  toza  gul,
Ezilib  gulobga  shuncha  oqar  ul.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Olamnda  kun  yo’qki  bilmasa  zavol,
Abadiy  qolmaydi  bu  xusnu jamol.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Ayishingning  rivoji  misoli  oftob,
Bo’lsa-da,yaxshi  boq  umr  etar  shitob.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Bo’riga  xunrezlik  darsi  na  xojat,
O’tkir  tirnoqlari  qilur  kifoyat.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Yomon  gardaniga  qo’y  yomonlikdan  yuk,
Temirni  temir  bilan  urib  yanchu  buk.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Bilikli  mard,qo’lingdan  kelsa  xargiz,
Saxilik  ko’rgizma  nomardga  essiz.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Tez  qizib,sust  so’vir  badjaxil  inson,
Xayvondan  pastroqdir,xayvondan  yomon.

Qayd etilgan


zuhrahon  05 Yanvar 2009, 18:15:41

Qattiq  zarbdan  eshak  yeqilsa  bexush,
Bir  xovuch  arpadan  u  yana  dilxush.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Jaxonda  diltanglik  bargu  giyoxdir,
Shodlik  noyobu  mexnat  shox-shoxdir.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Murodsiz  xayot  o’limdan  xam  kam,
Murod  xosil  o’lgach  o’limdan  ne  g’am.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Xayot  besh  kunlik  deb  bo’ldi  ovoza,
Besh  kunlik  hayotni  yashagil  toza.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Ertaga  qolmasa  bugungi  ishi,
Bu  dunyoda  g’olib  yashar  shul  kishi.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Yashamoqqa  bexol  bo’lsa  tanu  jon,
Jonon  vadasi  berar  tanga  jon.

Qayd etilgan


zuhrahon  05 Yanvar 2009, 18:16:24

Chumolini  choqib  kirar  qirg’ovul,
Oxir  qarchig’aydan  o’z  xoli  mushkul.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Zamin  boshdan  oyoq  gar  lolazordir.
Yalangayoq  yurma,tikoni  bordir.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Ko’rib  gardun  ishdan  aylagil  fan,
Azim  daryo  qilur  u  qatra  suvdan.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Agar  xunxor  yov-la  ayalding  jang,
Ravodur  qancha  ko’p  qonini   to’ksang.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Jumla  jondorlarga  jonbaxsh  xushxavo,
Baliq  xayotiga  bo’ladi  balo.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Nechog’lik  bo’lmasin  kecha  qorong’u,
Ko’rsichqon  ko’ziga  nur  chashmasi  u.

Qayd etilgan


zuhrahon  05 Yanvar 2009, 18:16:57

Bog’bon  ish  piyoda  bo’lmasa  andaq,
Xar  tomoninni  bosib  ketar  tikanak.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
O’ylasang  hayotning  salohiyatini,
O’ylagil  mexnatining  moxiyatin.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Og’zi  so’zdan  yopiq  ul  jonsiz  tana,
Og’iz  ochmay  nasixat  qilur  rosmana.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Mumkinmi  chivini  qilichda  chopmoq,
Sher  nechuk pashshaga  urgay  shapaloq.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Agar  bo’lsa  xoja  tabiyati  past,
Orzusi  o’zidan  pastroqdir  payvast
Maqsadga  yeturda  jon  fido  qil,
Toshni  guxor  etgan  ishni  ish  bil.

Qayd etilgan


zuhrahon  05 Yanvar 2009, 18:17:19

Qancha  ko’p  qaynasa  loyqa  qand  suvi,
Novvoti  shunchalik  tiniq  bo’lg’usi.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Ishga  yarab  qolsa  ilmining  bir  muddat,
Yana  oshirmoqa  aylagil  shiddat.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Ozgina  yaxshiga  qilgil  qanoat,
Cheksiz  xashamatni  istama  g’oyat.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Yaxshi  pishga  bitta  donayi  anor,
Yuz  xum  xom  gulobdan  yaxshiroq  ming  bor.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Xushnavo,xushilxom,dilkash  bir  bulbul,
Ikki  yuz  qarg’adan  ko’ngilga  maqul.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Zavqu  shavq  to’la  yarim  bet  qog’oz,
Shavqsiz  yozilgan  yuz  kitobdan  soz.

Qayd etilgan