Agar ilimdan kiygan ersa toj,
Ul bosh osmondan undirdi boj.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Kim mexnat-la qadam qo’ydi tog’-cho’lga,
Xazina kalitin kiritar qo’lga.
Bir chiziq chizarkan qalamim magar,
Chiroq shulasisiz ul qing’ir chiqar.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Tok sharob beradir go’radan keyin,
Buta gul ochadir g’unchadan keyin.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Boylik qidirb qon qazisang magar,
Avval tosh-qum chiqar va so’ngidan zar.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Uni olim bilma agar u badxulik,
Xalqdan xiyla birla to’plasa mol-mulk.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Dilni poklovchi so’z qayg’u alamdan,
Tug’ilavermaydi xar bir qalamdan.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Kelgan kishi agar yetim yo bir,
Bersang,bermasang ketishar oxir.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Odamlik moyisin ayalama xech gum,
Faqat odamiylikdan nuroniy mardum.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Alafga to’ydirmoq uchun bir loshni,
Osmon qilich bilan kesar yuz boshni.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦
Bil,oyoq ostida yurgan chumoli,
Bir dona garavdir yuz joni xoli.