Hikmatlar durdonasi  ( 94010 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 25 B


Muhseena  21 Fevral 2009, 17:38:48

Shunday vaqt keladiki,sen ojiz,nochor deb hisoblagan inson senga eng katta yordam beradi.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Fevral 2009, 10:04:07

Badan salomatligi kam yeyishlikdan, qalb salomatligi gunohni kamaytirishlikdan va nafs salomatligi kamgaplikdandir.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Fevral 2009, 10:05:01

Og'ziga kelganni demak nodonlig',
Oldiga kelganni yemoq hayvonlig'.

Alisher Navoiy.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Fevral 2009, 08:41:22

Assalamu alaykum.
Bir donishmand dedi:"Yaxshilik yuzda ziyo, qalbda nur, jismda quvvat, rizqda kenglik va insonlar qalbida muhabbat paydo qiladi. Yomonlik esa yuzda qoralik, qalbda zulmat,jismda zaiflik,rizqda torlik va insonlar qalbida nafratni paydo qiladi".

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Fevral 2009, 08:42:46

"Kimki qalbida dunyo va uning Yaratuvchisi muhabbatini jam qilganini da'vo qilsa, shubhasiz Alloh sha'niga yolg'on to'qibdi".
Imom Shofe'iy

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Fevral 2009, 08:44:30

"Ey, o'g'lim! Yomonlikni yomonlik bilan daf qilaman degan kishi yolg'onchidir. Agar uning gapi to'g'ri bo'lsa, ikki gulxan yoqib qarasincha, biri ikkinchisini o'chirarmikin? Haqiqatdan esa, yaxshilik yomonlikni xuddi suv olovni o'chirgandek o'chiradi".
Luqmoni Xakim.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Fevral 2009, 08:48:16

"Qalb ko'krakdagi qozondir. Qozonda qaynagan narsani suzib oladigan cho'mich tildir. Kimligini bilmqochi bo'lsang, uning gapirishini kut. Chunki uning tili senga qalbidagi shirin nordon, xushta'mu achchiq narsalarni hadya etadi".
Yahyo ibn Muoz r.a.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Fevral 2009, 08:49:23

Dovud a.s.ning bir hikmatlarida:"Oqil zamona ahlini bilishi, tiliga egalik qilishi va o'z ishiga yuzlanishi kerak", deyilgan.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Fevral 2009, 08:53:42

"Xazil-mazax qilishdan saqlan, chunki u sharaf tojini ketkazadi. Agar ulug' odamga hazil qilsang, u seni yomon ko'radi. Agar pastkash kishiga hazil qilsang, senga jur'at qiladigan bo'ladi".

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Fevral 2009, 08:54:56

"Hurmat qilamydiganga tavoze' qiladigan, rahm qilmaydiganning do'stligini xohlaydigan kishi o'ziga nisbatan zolimlarning zolimrog'idir".
Imom Shofe'iy r.a.

Qayd etilgan