Hikmatlar durdonasi  ( 93929 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 25 B


Munira xonim  25 Fevral 2009, 08:55:42

"Agar bir kishini Alloh yo'lida yaxshi ko'rsang, uning mol-dunyosid u bilan kamroq aloqa qil".
Abu Hozim.

Qayd etilgan


Hadija  25 Fevral 2009, 19:11:45

 :as:

O`zgalar sirini oshkor etish — sotqinlik, o`z sirini oshkor etish axmoqlikdir.
Valter

Odamlar kambag'allikni yomon ko'radilar, men yahshi ko'raman. Odamlar o'limni yomon ko'radilar men yahshi ko'raman. Faqirlikni Rabbimga tavoze'li va o'limni Rabbimga muhtoj bo'lganim uchun yahshi ko'raman".
Abu ad-Dardo


Mo'min kalomni kamaytirib, amalni ko'paytiradi. Munofiq amalni kamaytirib, kalomni ko'paytiradi.
Avzoiy

Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, xilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Qayd etilgan


Muhseena  25 Fevral 2009, 19:39:22

Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki nishone anga iymon erur.
                                 Alisher Navoiy.

Qayd etilgan


Hadija  25 Fevral 2009, 19:50:49

Xushu’ bo‘lmagan namozda, keraksiz narsalardan saqlanmasdan tutilgan ro‘zada, tartil (qiroat) bilan o‘qilmagan Qur’onda, gunohlardan tiyilmasdan qilingan amalda, saxiylik bilinmagan molda, jiddiy bog‘lanmagan birodarlikda, ixlos bo‘lmagan duoda yaxshilik yo‘qdir.
Ali ibn Abu Tolib

Har bir xalqning suyanchig‘i dindir. Davlat tayanchi esa - shoh. Asosi mustahkam bo‘lmagan bino tez nuraydi. Egasiz qolgan uy tez orada talonga uchraydi.
Sulton Ardasher
[/i]

Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni ko‘rib turgani holda qalbing cho‘chib-titramasdan, shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qo‘rqishing sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Abdulloh ibn Abbos

Qayd etilgan


Muhseena  25 Fevral 2009, 19:56:31

Sa'diy shunday deydilar:
 Ey inson!..Doimo go'zal fe'l-atvorli kishilarni do'st qilib ol.Ularning go'zal fe'llari senga ta'sir etadi.Sen ham ular kabi go'zal fe'lli bo'lasan.Gul hidi gilga ta'sir qilgani kabi yaxshi kishilarning go'zal ahloqi ham senga ta'sir etadi va haqiqiy inson bo'lib yetishasan.Yaxshilarning yonida o'tirmoq,mushk anbar do'konida o'tirmoqqa o'xshaydi.

Qayd etilgan


Hadija  25 Fevral 2009, 20:08:03

Boylar Alloh bergan narsalarga baxillik qilmasalar, ulamolar bilgan ilmlariga amal qilsalar, ilmsiz kishilar bilmagan narsalarini so'rashda mutakabbir bo'lmasalar, faqir kishilar oxiratlarini dunyolariga sotib yubormasalar din va dunyo qoimlikda bo'lardi".
Ali ibn Abu Tolib r.a.


Poklik kambag'allikni, shukr ne'matni, sabr baloni, halimlik ilmni, o'zini past tutish shogirdni, ko'p yig'lash Allohdan qo'rqishni, minnat qilmaslik ehsonni, hushu' namozni ziynatidir.
Abu Bakr Siddiq r.a.


Haromga parvo qilmasdan qorin to'ydirish, zolimlar ila suhbatda bo'lish, o'tgan gunohlarni unutish va uzun orzu qilish qalbni zulmat qoplaganidan dalolatdir".
Abdulloh ibn Mas'ud r.a.

Qayd etilgan


imlaah  26 Fevral 2009, 06:39:22

Ибн Аббос розисллоҳу анҳу деди:
А­й гуноҳга қсл урувчи! Сен унинг ёмон оқибатларидан ҳаргиз омонда смассан!

Гуноҳ қилатуриб, снгу сслингдаги кишилардан ҳаё қилмаслигинг қилган гуноҳингдан ҳам каттароқдир.

Аллоҳ сша гуноҳингни нима қилишини (кечирадими ё йсқми) билмай туриб кулишинг гуноҳдан ҳам каттадир.

Бир гуноҳни қилиш имконистини қслга киритганинг учун хурсанд бслишинг қилинган гуноҳдан ҳам каттароқдир.

Бир гуноҳни қила олмаганингдан қайғуришинг сша гуноҳни қилгандан ҳам каттароқдир.

Гуноҳ қилар скансан, сшик пардасини қимирлатган шамолдан хавфсирашинг, бироқ Аллоҳ ксриб турганидан юрагинг қалтирамаслиги сша қилган гуноҳингдан ҳам каттароқдир.

Қуриб кетгур! Биласанми, Аллоҳ Айюб алайҳиссаломни не гуноҳи сабабли бадани ва молида шу қадар мусибатга мубтало стди?!

Айюб алайҳиссаломнинг бор-йсқ гуноҳи шу сдики, бир мискин ундан бошига тушган зулмни даф қилишга ёрдам ссраган, у сса унга ёрдам бермаган, золимга насиҳат қилмаган ва уни бу мискинга зулм қилишдан қайтармаган сди, шу сабабли Аллоҳ азза ва жалла уни балоларга гирифтор стди
 

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Fevral 2009, 08:51:42

"Bobolarining dindorligi tufayli najot topishdan umid qilganlar, otasining yegani bilan qorin to'yishini kutgan kimsa kabidirlar.

Imom G'azzoliy.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Fevral 2009, 08:55:21

"Men xotiram zaiflashib ketayotganidan ustozim Vaki'aga shikoyat qildim. U meni gunohlardan saqlanishimni buyurdi, hamda shunday dedi:"Ilm nurdir. Alloh bu nurni osiylarga barmas!"

Imom Shofe'iy

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Fevral 2009, 08:56:59

"Ey insonlar!Men duolaringiz qabul bo'lmay qolishidan emas, duo  qilmaydigan bo'lib qolishingizdan qo'rqaman".

Hasan Basriy.

Qayd etilgan