Allohning marhamati...  ( 5250 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Muzayyana  19 Mart 2009, 14:36:18

:bs1:

ALLOHNING MARHAMATI...


Kunlarimizni tinch va osuda o'tkazayotgan, faqat o'zigagina itoat qiladigan qilib qo'ygan, olamlarning Robbi, Rahmon va Rahiyim bo'lgan, Qiyomat kuninig Xojasi Alloh Taolloga hamdu sanolar bo'lsin! Uning Sevikli Rasuli, Nabiylarnig eng a'losi, Olamlarga rahmat bo'lgan zot  Muhammad Mustafo Sallollohu Alayhi Vasallamga cheksiz salomlar va rahmatlar bo'lsin! U kishing sahobayi kiromlaridan Alloh rozi bo'lsin!
Barcha bilimlarning egasi bo'lgan Alloh taollo o'zining so'zida, yani Qur'oni Karimning Yasin surasining 40-oyatida mazmunan "Hammasi o'z falakida suzib yurishadi" deb aytadi. Bu oyatdan oldingi oyatlarda esa quyosh va oyning harakati to'g'rissida gap boradi. Iymonimiz komil Qur'on Alloh taolloning buyuk ustozimiz Muhammad(s.a.v.)ga yuborgan buyuk mo'jizasidir. Boshqa payg'ambarlarga berilgan mo'jizalar faqatgina o'sha davrning o'zigagina tegishli bo'lgan bo'lsa,yani boshqa qaytarilmaydigan bo'lsa, bizning Qur'oni Karim esa, abadiy mo'jizadir. Demak, har bir davr insonlari Qur'oni Karim mo'jizalarini, hikmatlarini va bashoratlarini o'rganib ketaveradilar. Bu jarayon bizgacha bo'lgan, va bizdan keyin ham to qiyomatgacha davom etadi, inshaAlloh.
Shunda ham uning hikmatlari to'liq va batafsil kashf qilinib tugamaydi, bu mutlaqo haqiqat!
Biz ham Parvardogorning madadi va mehribonchiligiga tayanib, yuqorida zikr etilgan oyatning ba'zi oshkor hikmatlari haqida fikr yuritamiz. Bundan maqsad biladigan mo'min va mo'minalar qatoriga qo'shib qo'ygani uchu8n minnatdorchilik bildirish va bildirganlarini bildirishga harakat qilish  xolos.

"Hammasi o'z falakida suzib yurishadi" oyatidagi zohiriy va birlamchi mano yuqorida aytildi. Fasohat va balog'atga boy arab tili va Qur'oni karimninh himatlarga boy ekanligi fikrlash kengligiga imkon beradi. Oyatning arabiy matniga qaralsa, "falak" so'zi aniqlik va birlik ko'rsatuvchi artikli hisoblanmish "alif" va "lam" birikmasi bilan kelmagan. Yani "falak" so'zi osmon va koinot manosi bilan cheklanib qolmaga. U yerda falaklar yani ko'plik manosi ham bor degan oddiygina gapni aytmoqchi emasmiz. vaholanki, shunaqa mano chiqarsa ham bo'ladi, chunki bu arab tili.
Ko'pgina olimlar insonni tariflash uchun arab tilida "olamlar ichra bir olam", "dunyolar ichra bir dunyo" iborasini ko'p ishlatishgan. Demak, olam bir olam bo'lsa, undagi har bir odam yana bir olam. Ma'qul va topib aytilgan yaxshi so'zlar. Biz esa Alloh taolloning "Biz insonni mukammal qilib yaratdik" oyatini istefoda qilib, har bir insonni bir falak mislicha deb talqin qilmoqchiman.

"Hammasi o'z falakida suzib yurishadi"
Oddiy insonni tanasida qancha hujayra bor? milliontami, milliardtami? Buni hech kim bilmaydi, buni faqat O'sha Zot Azza va Jalladan boshqa hech kim bilmaydi, bilolmaydiyam. Demak har birimizning vujudimizda millionlab, milliardlab hujayralar suzib yurishibdi, yani hujayralar uchun bizning vujudimiz misli bir falak.

"Hammasi o'z falakida suzib yurishadi"
Ko'pincha insonligimizga borib, men falon doktordan shifo topdim deb aytamiz. Bu gap to'g'ri, noto'g'ri emas albatta.Asli haqiqat sal boshqacharoq...
Shifokorlar igna sanchib, dorini vujudimizga yuborishadi, jiddiy nazorat ostiga olishadi. lekin vujudimizga kirib dorini hujayrama hujayra, a'zoma-a'zo, kerakli joyga yubora olishmaydiku! buni faqat tanho, biyru-bor Jallo Jalallohu, mehrinbonimiz bajaradi. Vujudimizdagi hujayralar dorilarni molekulalarga, ulardan atomlarga yetkazadi. Agar vujudimizga hujayralar suzib yurishmaganda edi, dorilar badanimizga igna sanchilgan joyida qolib ketgan bo'lar edi.


"Hammasi o'z falakida suzib yurishadi"
O'z navbatida inson ham, qushlar ham, jonivorlar ham o'z falaklarida suzib yurishadi. Piyoda yursak ham, ot, mashina, ulovda yursak ham, onamiz yer bag'rida suzib yuramiz. Xattoki, qabrga kirganda ham mazkur oyatdagi haqiqat to'xtab qolmaydi.


PS:(davomini bazi sabablarga ko'ra keyinro to'ldiraman, inshaAllox)

Qayd etilgan


Muzayyana  23 Mart 2009, 11:08:32

(davomi)

"Hammasi o'z falakida suzib yurishadi"
Uyda yonboshlab yotib choy ichyotganingizda, ko'zingiz derazadan tushyotgan quyosh nurining qilayotgan ishiga tushib qoladi. E'tibor bwerib qarasangiz, xech qanday shamol bo'lmasada, chang zarralari havoda uchib yurishadi. Shu payt mazkur oyat esingizga tushib qolsa, "SubxanAllax" deb qo'ying.


"Hammasi o'z falakida suzib yurishadi"
Xammamiz maktabda fizika o'qiganmiz, o'qituvchimiz aytgan, ko'zimizga tinch turgan bo'lib ko'ringan tosh yoki jism, aslida sirtdanb qaragandagina jim turadi. Aslida esa indagi molekula va atomlar kechayu kunduz to'xtamasdan xarakat qilib turadi.
Ey, deyapsiz hozir, mazkur oyatdagi qonuniyat xamma vaqt xamma joyda amal qilar ekanda deyapsiz. "La ilaha illallah" deb qo'ying.  Go'zal ismlar egasi Azza va Jalla bizning atrofimizbi turli havo va gazlar bilan o'rab qo'yibdi. Ular esa doimiy ravishda to'lqinlanib turadi, demak ular ham o'z falarlarida suzib yurishadi. Havo bizning ichimizga kirib ham o'z faoliyatini davom ettiradi. Havo to'lqinlanib yurmaganda edi, biz hatto bir birimizni ovozimizni ham eshita olmagan bo'lar edik. Uyali telefon ham bo'lmagan bo'lar edi, olov ham yoqa olmagan bo'lar edik.

"Hammasi o'z falakida suzib yurishadi"

Bilguvchi zot Alloh Taollo mana shu oyatdagi qonuniyatni o'rnatib qo'yganiga qancha zamonlar bo'lgan bo'lsa ham , insoniyat yaqin yaqinlardagina nisbiylik nazariyasi, moddalar massasining saqlanish qonuni, butun olam tortishish qonuni, tele va radiolarga oid bir qancha qonunlarni kashf qildi. Insonlarga emas, O'sha mukammal Zotga xamdu sanolar bo'lsin!

"Hammasi o'z falakida suzib yurishadi"
Shu qonuniyat o'rnatib qo'yilgani uchun ham, ko'z oldimizdagi harakatsiz bo'lib turgan daraxt yoki o'simlik, gullaydi, meva tugadi va barg chiqaradi. Daraxt yer bilan qo'shilib falakda suzayotgan bo'lsa ham,o'z navbatida gullari, mevalari va barglari uchun bir falak vazifasini o'taydi.


"Hammasi o'z falakida suzib yurishadi"
jonli va jonsiz hayotning asosini tashkil qiluvchi suv xam falakda suzib yuradi. O'z navbatida u ham o'z bag'ridagi o'zimligu jonivorlar uchun falar vazifasini bajaradi.

"Hammasi o'z falakida suzib yurishadi"
Ko'zimizning nuri ulug' muallim Rasulullah sollallahu alayhi vasallam marhamat qilishlaricha Yasin surasi Qur'oni Karimning yuragi hisoblanadi. U 83 oyatdan tashkil topgan. Bizning mavzuimizga sabab bo'lgan 40-oyat ham taqriban suraning xam markazi desa ham bo'ladi. Mavzuga asos bo'lgan "kullum fi falak" so'zining arab asliyatida joylashuvi ham go'yat go'zal mutanosiblik kasb etadi. "kof, lom, fe, yo, fe, yo, lom, kof" ya'ni sirtdan markazga , markazdan sirtga qarab harflar ham go'zal mutanosiblikda joylashgan. O'sha mukammal Zotga hasmdu sanolar bo'lsin, va U zot yuborgan Do'sti (s.a.v.) ga salomlar va durudlar bo'lsin!

Qayd etilgan