Qur'oni karimdan"(Ey Muxammad), xech shak-shubxasiz siz ham o'lguvchidirsiz, ular ham o'guvchilardirlar".
Har qanday musibat ham Payg'ambar (s.a.v.) vafotlari oldida hech narsamasdir. U kishining vafotlaridan so'ng osamon bilan yer o'rtasidagi vahiy uzilib qoldi, u kishining vafotlari tufayli payg'ambarlik to'xtadi, u kishining vafotlaridan so'ng ko'p arab qabilalari dindan qaytib murtab bo'lib ketishdi. Islom ummatining boshiga tushgan eng katta musibat manu shu musibat edi.
Hadisda aytilishicha" Payg'ambar(s.a.v.) aytadilarki" Boshingiz biror bir musibat yetsa mening vafotimni esalsin, chunki eng katta musibatdir"
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar:"Payg'ambar(s.a.v.) o'lim kelganida jon topshirish og'riqlari qattiq bo'ldi.
Qizlari Fotima onamiz :"Otajonim, qandoq sizga musibat bo'ldi"-, deganlarida, Payg'ambarimiz(s.a.v.):"Bugundan keyin otangizga og'riq yo'q, musibat yo'q" dedilar. Vafot etganlaridan keyin Fotima onamiz aytdilarki:"Ey otajon, Rabbimning davatiga ijobat qildingiz. Ey otajon, firdavs sizga panoh bo'lsin. Ey otajon, Jabroil kimga keladilar endi".