Kulguli hikoyalar.  ( 7832 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


siddiqa  09 Yanvar 2009, 07:45:14

KAR va KASAL 

Anchadan beri kasal yotgan odamning bir kar qo’shnisi bo’lib ,u shu paytgacha bemorni ko’rgani kelmagan edi.bir kuni boshqa qo’shnisi karga bemorni ko’rgani bormadingmi dedi ,bu gap karga tasir qilib darhol bemorni ko’rgani ketdi.yo’lda o’ziga o’zi ,ha menda karlik qo’shnimda esa qarilik bor ,u sekin gapiradi men esa hech narsani eshitmiman ,u bn qanday gaplashamna deb deb o’ylabdi.so’ngra kasalning ahvolini yuz ifodasidan bilib olamanda depdi.

Masalan unga qandaysan deyman ,u esa yahshiman deb tabassum qiladi,men ham unga Alhamdulillah juda hursandman deyman .yoki kasal menga qiynalayapman ,og’riqdaman desa ,Alloh shifo bersin deyman .keyin yana aytaman “Nima yeb ? nima ichyapsan?”u “sho’rva yoki sut deydi”men osh bo’lsin deyman .yana undan qaysi tabib ko’rayotganini so’rayman ,aniqki u falonchi tabib deydi ,men esa u tabib g’oyatda qo’li yengil yahshi davolaydi deyman ,deb o’ylab qo’shnisinikiga kirdi.kasalga yaqinlashib unga salom berdi.

Qalaysan qo’shni dedi,-kasal og’ir qimirlab ,tabassum qilib :

Kasalim og’ir qo’shnijon o’lyapman ddi.kar bu gapni eshitmasdan uning tabassumiga qarab :
Oh-oh juda hursandman ,Alhamdulillah dedi.
Kasal karning kutilmagan bu so’zidan ranjidi .bu odam dushman ekanda deb o’yladi,kar yana so’radi .Do’stim nima yeb nima ichyapsiz?
Kasal g’azablanganidan :
“Zahar yeb zahar ich yapman “dedi . kar bu so’zdan behabar ,kulib osh bo’lsin dedi.
Qo’shnisi juda g’azablandi .kar yana so’radi:
Qaysi tabib kelib turibdi?
Kasal jahl bilan “:
Azroil kelib ketyapti dedi .kar davom etdi
O’ho,uni qo’li yengil juda yahshi davoliydi,u shunday deb kasalning yonidan chiqib ketdi ,ketayotib o’ziga o’zi “Xudoga shukr kasalning ham holini so’rab qo’ydim dedi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  09 Yanvar 2009, 15:17:28

:) :) :)
Zo'r hikoya ekan

Qayd etilgan


UighurDadxah  31 Yanvar 2009, 00:12:50

darhaqiqat , juda yoxshi hikoya ekan !

Qayd etilgan


Muxsiya  08 May 2013, 12:18:02

bir badavlat biznesmen oqsoqollarga osh beribdi va aytibdi
bir ish boshlagan edim nimadir bo'ldiyu kichikkina bankrotlikka uchradim shuncha sizlarga osh beryapman bir duo qilib qo'yinglar ishlarim yurishib ketsin. Bankkrotlik nimaligini tushunmagan  oqsoqollar  qo'lini duoga ochishibdi va ulardan kattasi duo qilibdi
- iloyim buyog'iga katta-katta bankrotlar bo'lib turgin

Qayd etilgan