Umumiy bo'lim > Islom

Alloh va Rasuliga muhabbat

<< < (2/4) > >>

Muhseena:
Junayd Bog’doniy aytadi:"Allohning lutfisiz hech kimsa Unga yetisha olmaydi.Allohga yetishishning yo’li esa,Uning rasuli hazrati Muhammad s.a.v ga tobe bo’lishdir".
Sahl ibn Abdulloh Tustariy bunday deydi:Najot uch narsada-halol yeyish,farzlarni ado etish,Payg’ambar alayhissalomga ergashishdadir.     
Ahmad Havoriy:"Payg’ambarning sunnatiga nomuvofiq har bir harakat botildir’-degan.
Hazrati Rasulullohni G’arbning insofli kishilari ham ulug’lashgan.
Buyuk olmon shoiri Volfgang Gyote bunday deb yozgan:"Men dunyo tarixini o’qib shunday xulosaga keldim:dunyo podshohlari to’plagan jami saltanat-u boylik,qasrlar-u saroylar Muhammadning(alayhissalom) yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan"¦Biz Ovrupa millatlari madaniy imkonimiz yuqori bo’lishiga qaramay,Hazrati Muhammad so’nggi pog’onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz xolos.Hech shubha yo’qki,biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa o’ta olmaydi.
Atoqli Faylasuf  Shebol bunday deydi:’’Hazrati Muhammadning odam bolasi bo’lgani butun insoniyatga katta faxrdir.Chunki u zot ummiy bo’lsada,o’n to’rt asr avval shunday qonun va asoslarni keltirdiki,biz ovrupaliklar ikki ming sanadan keyin ularning qiymati va haqiqatini anglab yetsak,eng mas’ud,eng saodatli nasllar bo’lamiz.
Fransiyaning taniqli olimlaridan Lamartinning mana bunday so’zlari bor:"Agar kishining buyukligi uning qilgan ishlariga,qozongan zafarlariga,imkoniyati oz bo’lsada ko’p ish qilganiga qarab baholanadigan bo’lsa,Muhammad (alayhissalom) insonlarning eng buyugidir.Payg’ambar,notiq,da’vatchi,qonunshunos,jangchi,qalblarning himoyachisi,g’oyalar targ’ibotchisi,imom,davlat arbobi,yer yuzining yigirmata mintaqasida islomiy davlat qura olgan"¦Muhammad s.a.v ana shunday zot edi.Unga hech qaysi buyuk inson tenglasha olmaydi.Nahotki u o’lchovlarga sig’sa?!
Madras (Hindiston)lik Annay Beznt yozadi:U bir vaqtning o’zida ham Sezar,ham Papa edi.Ammo Papa bo’lib,unda Papaning iddaolari yo’q edi.Sezar bo’lib,unda Sezarning behisob lashkari yo’q edi.Agar biron bir shaxs muntazam qo’shinsiz,tansoqchilarsiz,saroylarsiz,davlat daromadi (soliqlar)siz mn Uning izn-u ixtiyori bilan boshqardim,deya olsa,unda u Muhammaddir.Chunki uning qo’lida hech qanday boshqaruv vositalarisiz va asoslarisiz hokimiyat bor edi".
Taniqli sharqshunos Vilyam Muirning quyidagi fikrlari ham e’tiborga loyiq:Hazrati Muhammad haqida  gapirganlarimiz bir nuqtada to’planadi.U ham bo’lsa ,bu zotning xulq-atvori go’zalligiahloqining pokizaligidir.Bular shundayin ulug’ fazilatlarki, u zamondagi makkaliklar orasida juda nodir edi".
Fransiyaning mashhur arbobi va sarkardasi Napaleon Bonapart esa u zotga bunday baho beradi:Alloh taoloning birligi va borligini Muso alayhissalom millatiga ,Iso alayhissalom ummatiga,Muhammad alayhissalom esa butun insoniyatga bildirdi".
Ingliz olimi Jon Davenport mana bu fikrlarni yozib qoldirgan:"Mashhur payg’ambarlar va fotihlar orasida hayoti Hazrati Muhammadning (s.a.v) tarixidek eng ko’p va barcha nuqtalarigacha batafsil o’rganilgan tarixiy shaxs yo’q".
Amerikalik tarixchi olim Mishel Hart bunday deydi:"Dunyodagi ta’siri eng kuchli shaxslar ro’yxatining boshiga Muhammadni yozib qo’ysam,ehtimol ayrim muxlislarim taajjubga tushishar?Nima bo’lganida ham u dunyoviy va diniy sohalardagi samarali ishlari bilan tarix sahnasidagi ana shu mo’tabar maqomga munosibdir".
Buyuk Britaniyalik olimlar Edvard Gibbon bilan Simon Okslay yozishadi:Muhammad alayhissalom targ’ib qilgan g’oyalarning jozibasi uning izdoshlarini Payg’ambar shaxsiyati sari tortaveradi.Zero,u odamlarni aql-idrok va din bilan boshqargan edi".
Oksford dorilfununi professori Vilyam Montgomeri:"Muhammadning (alayhissalom) zafar-yutuqlari uning buyukligiga dalildir.Bunday maqom-martabaga erishgan boshqa shaxs G’arbda ma’lum emas.Uni sehrgarlikda ayblash maqsadiga erisholmay,noiloj qolgan odamning chiranishidir" deya ta’kidlagan.
                                                                       Ahmad Muhammad to’pladi
                                                                      ("œHidoyat" jurnalidan)           

Muzayyana:
Kunlardan bir kun Ali :ra:dan :
-Siz Rasulullohni qay darajada sevar edingiz? - deya so'ralganida, shunday javob bergan edilar:
-Rasululloh :sw: bizga molimizdan, jonimizdan, ahli ayollarimizdan suyukliroq, juda tashna bir kimsaning suvga bo'lgan orzusidanda azizroq edilar.


Munavvara:
Allohni va Uning Rasuli adibini sevmoq
Dinning o‘zagi sog‘lom va to‘g‘ri iymon, iymoning o‘zagi — Hubbi Rahmon, ya’ni akramul akramin va arhamur rohimiyn bo‘lgan yuksak Allohni sevmoqdir...

U holda bizning asl ishimiz, juda latif, juda zarif, juda nozik, juda shirin tuyg‘u bo‘lmish sevmoqdir. Boshqa fikr va tuyg‘ular, ibodat va toatlar, xayrot va hasanotlar uning ortidan keladi.

Alloh taoloni sevmoq u qadar qiyin, u qadar erishib bo‘lmaydigan va qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan bir ish emas. Chunki qul o‘zini kim yaratganini, kim ulg‘aytirganini, bu mukammal vujudni, aqlni, fikrni, foydalanayotgan turli ne’matlarini... unga kim berganini; koinotning bu mo‘‘jiza nizomini, yerlarni, osmonlarni, fazolarni, yulduzlarni, fizika, kimyo, biologiya va tabiat qonunlarini kim tuzganini o‘ylagan taqdirda, shukran, hayrat va hayronlik tuyg‘ulariga g‘arq bo‘lmasligi mumkin emas.

Alloh taolo Qur’oni karimda bizga, O’zining rasuli Muhammad Mustafoga bog‘lanmoqni, ergashmoqni, tobe’ bo‘lmoqni amr etadi. Rasulullohni qabul etmasdan musulmon bo‘lmoq imkonsizdir. Tugal qabul etmoq lozimdirki, to‘g‘riligi aniq bo‘lgan bitta hukmini, bitta hadisi sharifini, bir sunnati saniyyasini ham o‘z aqlicha, o‘z kayfiyati tufayli rad etgan kimsa kofir bo‘lgay, munkir qolgay, iymonsiz ketgay.

Alloh jalla jaloluhu, o‘z elchisi va sevikli bandasi, ashrafi maxluqot bo‘lmish inson jinsining cho‘qqisi — eng yuksagi, payg‘ambarlarning sarvari, insu jinning janobi, jannatning eng yuqori rutbasi bo‘lgan Maqomi Mahmudning sohibi Muhammad sollallohu alayhi va sallamga ishonib ummat bo‘lmagan kimsani mutlaqo rahmatiga erishtirmas, jannatiga kiritmas, aksincha eng qattiq jazolar bilan jazolar.

Bir sahih hadisi sharifida Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) marhamat etadilarki: «Nafsim (jonim), qudrati qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, sizlardan har bittangiz meni otangizdan ham, farzandingizdan ham, butun insonlardan ham ko‘proq yaxshi ko‘rmaguningizcha, haqiqiy mo‘‘min bo‘la olmassiz».

Shuning uchun sahobai kirom, rizvonallohu alayhim ajma’in, ul zotga murojaat etganlarida: «Fidoka abiy va ummiy, yo Rasulalloh!» («Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh!») deb so‘z boshlar edilar. Uning yo‘lida mollarini va jonlarini fido qilishda hech ikkilanmas, peshonalarini tirishtirmas edilar. Hammalari o‘limga tayyor holatda u zotga bog‘langan, bay’at etgan edilar.
Hatto bittasi kelib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga:

— Yo Rasululloh! Men sizni ko‘p yaxshi ko‘raman! — dedi.
— Rost so‘ylarmisan? — dedilar Payg‘ambar janobimiz.
— Ko‘p yaxshi ko‘raman, yo Rasululloh, sizga oshiqman, juda yaxshi qo‘raman! — dedi u.
— Undoq bo‘lsa, balolarga hozirlangin! Chunki meni yaxshi ko‘rgan kishiga balolar xuddi selning guldur-guldur kelmog‘idan ko‘ra shiddatliroq kelur, — dedilar.

Ya’ni, bu mehr-muhabbatning imtihoni ko‘p bo‘lgay, shiddatli bo‘lgay va qaerda bir musulmon bo‘lsa, Alloh unga aziyat yetkazadigan bir aziyatchini paydo qilgay. Uning qarshisida esa musulmonning hushyor turmog‘i lozimdir.

Barcha zamonlarda bo‘lgani kabi bizning zamonamizda ham Rasulullohni sevmoq, u zotning yo‘lidan bormoq bilan, sunnatini jonlantirmoq bilan ummatiga xizmat etmoq bilan va bilxossa, uning haqiqiy vorislari bo‘lgan ulamoi muhaqqiqiyn, mashoyixi vosiliyn va avliyoullohi muqarrabiynga bay’at qilib bog‘lanmoq bilan amalga oshgay, namoyon bo‘lgay.

Kunday ravshan, zohir va boqir (aniq) bo‘lgan bu haqiqatdan xabarsiz yurganlar naqadar achinarli ahvoldadirlar! Haqqi va ahliyati, salohiyati bo‘lmagan holda insonlarni o‘zlariga bog‘lamoqqa uringan kishilar naqadar qo‘rqinch bir jur’at komidadirlar! Ularga ishonib, orqasidan ketganlar naqadar iz’onsiz va irfonsizdir! (Itoatsiz va ma’rifatsizdir!) Bechoralar johiliya o‘limi bilan o‘lib ketgaylar...

Yo Rabb! Bizni O’zingning va Rasulingning muhabbatidan mahrum qoldirmagin, sevgan qullaring bilan birga saqlagin, sevgan yo‘llaringda yuritgin, sevgan amallaringni bajartirgin; huzuringga O’zing sevgan va O’zing rozi bo‘lgan bandalaring bo‘lib bormog‘imizni nasib aylagin!

Mahmud As’ad Jo’shon, "œHaqiqiy sevgi"

Manba uzislam.com

secretman:
Alloh rozi bo'lsin!

Jalol Ahmad:
 :as:
Bismillahir rohmanir rohiym.

-ALLOH subhanahu taolo shunday zotiki,butun o'n sakkizming olamning tarbiyatkundasi va barcha qalblarning yagona egasi,yagona ma'buddir.

-Bizlarga,yani musulmonlarga Alloh taboraka va taolo tomonidan Said-ul bashar bo'lmish xotaman nabii Payg'ambarimiz MUHAMMAD Mustafo salollohi alayhi wasallamga berilgan ne'mat ISLOM ne'matidir.
Bu pok Islomni biz Allohga hech qanday sharik qilmagan holda oziq tishimiz bilan makkam ushlagan holatda ohirgi nafasimizgacha .

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version