Alloh va Rasuliga muhabbat  ( 13125 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


siddiqa  09 Yanvar 2009, 08:07:06

Лайғамбаримиз Муҳаммад с.а.в. озод қилган қуллари Савбон р.а. А асули Акрамни қаттиқ схши ксрар, фироқларига сабр қилолмас сди. Бир куни Савбан А асули Акрам ҳузурларига юзлари қизарган ва титраган ҳолда кириб келди. У зот Савбоннинг бу ҳолатини ксриб сабабини ссрадилар. Шунда Савбон: "œБетоб смасман, аммо озгина вақт сизни ксрмай қолсам, даҳшатга тушаспман. Мана ҳозиргина охиратни ссладим. Шубҳа йсқки, сиз жаннатда пайғамбарлар билан бирга бсласиз. Мен, гарчи Аллоҳ раҳмат қилиб жаннатга кирсам ҳам, сиз билан бслолмайман. Чунки сизнинг манзилингиз баланд. Агар жаннатга киролмайдиган бслсам, кейин сизни ҳеч қачон ксра олмайман. Охиратда ҳолим не кечишини сйлаб титраб кетаспман", деди. Шунда ушбу ост нозил бслди: "œКимда ким Аллоҳ ва Лайғамбарига итоат стса, ана сшалар Аллоҳ инъомларига сазовор бслган зотлар — пайғамбарлар, сиддиқлар (ҳақ рост имон сгалари), шаҳидлар ва солиҳлар билан бирга бслурдар. Ана сшалар снг схши ҳамроҳлардир". (Аисо сураси, 69 ост) Дарҳақиқат, А асулуллоҳ с.а.в. даражаларига ҳеч ким ета олмайди. Лекин раҳмати кенг, авфи улуғ Аллоҳ суюкли А асулига илҳом берди. Аллоҳнинг ҳабиб А асули сса бу хушхабарни умматларига етказди. Анас ибин Моликдан ривост қилинади: Бир аъробий Лайғамбар с.а.в. ҳузурига келиб ссради: "œҚиёмат қачон бслади?", "œУ кун учун нима ҳозирладинг?", дедилар А асули Акрам. "œАллоҳ ва А асулига муҳаббат!", дес жавоб берди аъробий. Шунда А асулуллоҳ с.а.в.: "œЖаннатда ҳам схши ксрганларинг билан бирга бсласан!", дедилар. (Муттафақун алайҳ) Демак, айни муҳаббат туфайли биз Аллоҳ таолонинг дийдорига, Лайғамбаримиз с.а.в. билан абадий бирга бслиш саодатига сришамиз. Шундай скан, савол туғилади: "œБу муҳаббат қандай ҳосил бслади, қандай кучасди?..." Келинг мазкур ҳадисга сна бир бор мурожаат қилайлик. Аъробий Аллоҳ А асулидан қиёмат вақтини ссради. А асулуллоҳ ажиб бир ҳикмат билан бизга ибрат бсладиган тарзда ссровчининг сътиборини ссралаётган нарсадан муҳимроқ ишга қаратдилар. Дарвоқеъ, ксп маълумотлар тсплаб, ксп билгандан ксра, оз билиб, ксп амал қилган фойдалироқ. Шунинг учун ҳам Аллоҳнинг расули умматга беҳуда ссзни унуттирдилар, хайрли рағбат уйғотдилар. Зеро, ҳақиқий муҳаббат амалда зоҳир бслади, амалда синалади, амал билан кучасди. Бугун биз пайғамбарлар ҳақида сқиспмиз. Тарихларини срганаспмиз. Сийратлари билан танишаспмиз. Ҳар куни билганларимизга нимадир қсшилади, билимимиз ошади. Даъволаримиз ҳам шунга сраша. Фахр бор, аммо фаҳм йсқ. Ақл жойида, аммо афсуски хуш йсқ. Дунёнинг бебақолиги-ю, чивининг қанотича қадри йсқлиги хусусида соатлаб мажлис қсрамиз, саҳобалар ҳолатидан ҳайратланиб тонглар оттирамиз. Афсус, срталаб умримизнинг снг ғайратга тсла дамларини охират учун смас, дунё учун мусобақалашиб стказамиз. А­нг керакли пайтда қани биз срганган тақво? Қани у биз билган ғам? Ааҳотки барчаси ёлғон?! Балки бугун қорин тсқу, ксзлар оч. Аоз неъматлар бисёру, барака йсқ. Жамоат жаму, файз кам бслиши шунданмикин? А асулуллоҳ с.а.в. шундай дедилар: "œАллоҳга қасамки, мени ота онангиз, фарзандларингиз ва мол дунёларингиздан ксра схши ксрмагунингизча ҳақиқий мсмин бсла олмайсизлар". Саҳобалар ҳақиқий мсмин бслиш иштиёқида муҳаббатни намойиш қилиш билан смас, балки муҳаббат билан банд сдилар. Бунга мисол ксп. Уҳуд жангида Муҳаммад слдирилди", деган гап тарқалди. Баъзилар Мадинага қараб қочди. Лайғамбар с.а.в. суйган ансорис аёллар "œА асулуллоҳ қаерда?", дес у зотни қидира бошлашди. Улар ҳатто "œсғлинг шаҳид бслди", "œотанг слди", "œсринг ҳалоқ бслди", деган гапларга сътибор беришмади. Муҳаммад Мустафо с.а.в.ни излашди. Лайғамбар с.а.в. дунёдан стганларидан кейин бир аёл келиб Оиша онамиздан А асулуллоҳ қабрларини ксрсатишларини илтимос қилди. Оиша онамиз муборак қабрни ксрсатганларидан кейин у аёл қабр ёнига борию, қабрни спган ҳолда жон таслим қилди... Билол ҳабаший А асулуллоҳ вафотларидан кейин азон айта олмадилар. "œАшҳаду анна Муҳаммадан А асулуллоҳ", дейишлари билан ҳушдан кетавердилар... Аллоҳ ва А асулига бслган муҳаббат қалб сиридир... бу сир қанча ичкарида бслса, муҳаббат шунча кучли бслади. Амаллар бу сирни сширади. Ссзлар ошкор қилади. Аллоҳ учун қилаётган амалимизни Ўзи билса бас. Чунки Лайғамбар с.а.в. шундай деганлар. У зотга муҳаббатимиз чин бслса, суннатлари билан сшаб, сийратлари билан сифатланайлик. Аллоҳ бизни ҳам А асулини севганлар билан бирга жаннатда бирга қилсин


www.muslima.uz

Qayd etilgan


Muslim_4101  01 Mart 2009, 21:53:41

U zotga salavot va salom ayting!
:bs1:
Albatta, Alloh va uning farishtalari Payg'ambarga salovat ayturlar. Ey mo'minlar (sizlar ham) unga salavot va salom aytinglar! (Ahzob, 56).
Alloh taolo ushbu oyat bilan Rasululloh (s.a.v)ning naqadar sharafli ekanliklarini, qadrlari Yaratgan huzurida qay darajada yuksakligini ko'rsatib beradi. Hayotlik chog'larida ham, vafotlaridan keyin ham, oldilarida ham, ortalarida ham u zotga salavot va salom yo'llashni ta'lim bermoqda Alloh taolo. Chunki Allohning O'zi ham, Uning itoatkor farishtalari ham Nabiy(a.s)ga salavot yo'llaydilar. Imom Qurtubiy aytadilar: "Allohning salavoti Uning rahmati va rizosi demakdir. Farishtalarning salavoti esa, duo va istig'for ma'nosidadir. Ummatning salavoti bo'lsa duo va u zotning amrlariga xurmat ko'rsatishni bildiradi".
Bu oyat, yukorida aytilganidek, Payg'ambar (s.a.v)ning avvalgi va keyingi barcha insoniyatning eng xayrlisi ekanliklarini ko'rsatib turibti. Shuning uchun ham Alloh oyatda bizlarga marhamat qilmoqdaki, "Ey mo'minlar siz ham Payg'ambar(a.s)ga ko'p-ko'p salavot aytingiz, chunki zimmangizda u zotning haqqi bisyordir".  Chunonchi, sizlarni Alloh yordamida zulmatdan nurga, zalolatdan hidoyatga olib chiqqan u zot Rasululloh (s.a.v)dir. Shuning uchun ham u zotning muborak nomlari tilga olingani hamono: "Allohumma solli 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad" ("Allohim, Muhammadga va u zotning oilalariga marhamat ko'rsat, uzotga ko'p salom yo'lla") deb ayting!
 Ka'b ibn Ujradan shunday ruvoyat qilinadi: " Biz Rasululloh (s.a.v)dan: " Ey Allohning rasuli, Sizga salom berishni bilamiz, ammo salavot qanday aytiladi?"- deb so'radik Rasululloh (s.a.v) shunday javob berdilar: "Ey Allohim! Ibrohimga salavot aytganing kabi, Muhammad va oilalariga ham salavot ayt..." deng" (Buxoriy rivoyati).
Saviy aytdi: Maloikalar va mo'minlarning Payg'ambar (s.a.v)ga salavot aytishlarining hikmati ularning bu ish orqali sharaf topishlaridir. Zero, ular Payg'ambar (s.a.v) salavot yo'llash, u zotni ulug'lash haqidagi Allohning amriga bo'ysunganlar. Ayni paytda salavot Rasululloh (s.a.v)ning ummat zimmasidagi halqlari evaziga mukofotdir. Chunki u zot Rosululloh (s.a.v) ummatlariga berilgan barcha ne'matlarining asosiy sababchisidirlar. Kishi birovdan bir yaxshilik ko'rsa, unga yaxshilik bilan javob qaytarishga uni taqdirlashga burchli bo'lib qoladi. Ammo insonlar Rasululloh (s.a.v)ni munosib taqdirlashga imkonlari etmasligi sababli, barcha narsaning mutlaq egasi va har ishga qodir Allohdan u zotni taqdirlashini so'raydilar. "Allohim, Muhammad (s.a.v) salavot yo'lla", so'zlarning ma'nosi shudir"

Tafsir kitoblari asosida
"IRFON TAQVIMI" 2009 / 1430 (II)   
 
                                               

Qayd etilgan


Muslim_4101  03 Mart 2009, 20:58:20

ALLOHNI SEVASANMI?
Bir kuni Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) Ali (r.a)dan so'radilar:
-Yo Ali, Allohni sevasanmi?
-Albatta, ey Allohning rasuli!
-Uning elchisi - Payg'ambarini sevasanmi?
-Ha, albatta, sizni sevaman!
-Ahli ayolingni sevasanmi?
-Sevaman, yo Rasululloh!
-Bolalaringni sevasanmi?
-Bolalarimni ham sevaman. Shunda Payg'ambarimiz (s.a.v) yana savol berdilar: "Yo, Ali, qanday qilib bir qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?" Bu savolga Ali (r.a) o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar. Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima (r.a): "Agar dunyo yo'lida xomush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas", deb hol so'radilar. Ali (r.a) bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima (r.a)dan maslahat so'radilar. Fotima (r.a) shunday dedilar: "har bir narsaning o'ngu so'li, orqa-oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi. Otamga quyidagicha javob bering:
Allohning aqlim va idrokim bilan sevaman!
Payg'ambar (s.a.v)ni ruhim bilan sevaman!
Ahli ayolimni nafsim bilan sevaman!
Bolalarimni shafqatim bilan sevaman! Ertasi kuni Ali (r.a) Payg'ambarimiz huzuriga bordilar. Payg'ambarimiz javobni so'radilar. Ali (r.a) yuqoridagi javobni aytdilar. Shunda Rasululloh (s.a.v):
-Yo, Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti. Buni senga qizim Fotima aytgan...

"MUSULMONLAR TAQVIM KITOBI"

Qayd etilgan


Muslim_4101  06 Mart 2009, 21:37:20

Muhabbat Alloh taolodandir
Abu Hurayra (r.a) rivoyat qiladilar: Rasululloh(s.a.v) "bunday dedilar": Alloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir, Jabroil  alayhissalomga nido qilib: "Alloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!"-degaydirlar, Jabroil alayhissalom o'shal bandani sevgaydirlar. So'ng Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: "Alloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!"-degaylar. Osmon ahli ham o'shal bandani sevgaylar. Shundan so'ng, yer ahlida nisbatan muhabbat paydo bo'lgaydir".

Buxoriyning "Al-Jomi' as-Sahih" kitobidan
"MUSULMONLAR TAQVIM KITOBI" 2004   
 

Qayd etilgan


Muhseena  07 Mart 2009, 22:14:12

Sizni hammadan ham ortiq sevamiz


 "œ(Ey insonlar),shuningdek,sizlarga o’zlaringizdan bo’lgan,sizlarga bizning oyatlarimizni tilovat qiladigan,sizlarni poklaydigan,sizlarga Kitob va hikmatni (Qur’on va hadisni) o’rgatadigan va bilmagan narsalaringizni ta’lim beradigan bir Payg’ambar yubordik"(Baqara,151);Kim Payg’ambarga itoat etsa,demak,Allohga itoat etibdi.Kim yuz o’girsa,(buning sizga zarari yo’q,Ey Muhammad.Zero)Biz sizni ularning ustiga qo’riqchi qilib yuborganimiz yo’q"(Niso,80);"Albatta Allohga va uning Payg’ambariga ozor beradigan kimsalarni Alloh dunyoda ham,oxiratda ham la’natlagandi va ular uchun xor qiluvchi azobni tayyorlab qo’ygandir"(Azhob,57); (Ey insonlar,Biz bu Payg’ambarni) sizlar Allohga va uning Payg’ambariga iymon keltirishlaringiz uchun va u zotni ulug’lab,ehtirom qilishlaringiz hamda erta-yu kech Uni poklab tasbeh aytishlaringiz uchun (yubordik)"(Fatx,9).   
Zuhra ibn Ma’budning bobolari bunday deganlar:"Rasululloh bilan birga edik.U zot Umar ibn Hattobning qo’llaridan tutib turardilar.Umar:"Ey Allohning Rasuli,Allohga qasamki,siz men uchun o’zimdan boshqa hammadan ko’ra sevimlisiz"-dedi.Rasululloh s.a.v.:"Sizlardan birortangizga o’zidan ham sevimli bo’lmagunimcha mo’min bo’la olmaydi"-dedilar.Hazrati Umar: Ey Allohning rasuli,Allohga qasamki,endi siz menga o’zimdan ham sevimlisiz"-dedi.Rasuli Akram s.a.v. "œAna endi to’g’ri bo’ldi Umar"-dedilar.( Imom Ahmad rivoyati).
Anas ibn Molik  r.a.dan rivoyat qilinadi: Rasululloh s.a.v. "œBanda nazdida men uning ahlidan,molidan,odamlarning barchasidan afzal bo’lmagunimcha u mo’min bo’la olmaydi",-dedilar.( Imom Muslim rivoyati)Nabiy s.a.v:Allohga qasamki,sizlardan birontangiz men unga ota-onasidan va hamma odamladan sevimli bo’lmagunimcha komil  mo’min bo’la olmaydi-dedilar.(Imom Buxoriy rivoyati).
Anas ibn Molik r.a.dan rivoyat qilinadi:"Rasululloh odamlarning eng go’zali,odamlarning eng saxiyi,odamlarning eng shijoatlisi edilar."(Imom Muslim va Imom Buxoriy rivoyati).
Bero ibn Ozibdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi:Rasululloh odamlarning eng yuzi chiroylisi va hulqi eng go’zali edilar.(Imom Buxoriy rivoyati).
"œAqoidi Tahoviya"da bunday keladi:"Muhammad s.a.v. Allohning tanlagan quli va so’nggi payg’ambaridir.U zotdan keyin qilingan har qanday payg’ambarlik da’vosi yolg’ondir.U zot barcha jin va odam avlodalriga yuborilgan haqiqiy payg’ambardirlar".
Turk hukmdorlaridan Sulton Mahmud G’aznaviy taqvosi,Payg’ambar s.a.v sunnatlariga uyg’un yashagani,adolatparvarligi bilan mashhur edi.Uning bir vaziri bo’lib,vazirning Muhammad ismli o’g’li Sultonga kotiblil qilar edi.Bu kuni Mahmud G’aznaviy koyibni ismi bilan emas "œ Ey vazirning o’g’li" deb chaqirdi.Bu holdan kotib sergaklandi,podshohni ranjitadigan biror ish qildimmi,deb havotirga tushdi.Voqeani otasiga aytib,maslaxat so’radi.Ammo podshoh keyinroq o’g’lini yana o’z ismi bilan chaqirganini ko’rib,vazir ming andishada podshohdan:"O’g’li hatosini angladimi,uni yana o’z bilan chaqirdingiz"deb so’radi.Podshoh:"Tashvishlanma,ey vazir,hamisha o’g’lingni ismini aytib chaqirganimda tahoratli bo’lar edim.Bir safar tahoratim yo’q edi.Payg’ambarimiz s.a.v.ning muborak ismlarini tahoratsiz tilga olgim kelmadi" debdi.

Qayd etilgan


Muhseena  07 Mart 2009, 22:14:54

Junayd Bog’doniy aytadi:"Allohning lutfisiz hech kimsa Unga yetisha olmaydi.Allohga yetishishning yo’li esa,Uning rasuli hazrati Muhammad s.a.v ga tobe bo’lishdir".
Sahl ibn Abdulloh Tustariy bunday deydi:Najot uch narsada-halol yeyish,farzlarni ado etish,Payg’ambar alayhissalomga ergashishdadir.     
Ahmad Havoriy:"Payg’ambarning sunnatiga nomuvofiq har bir harakat botildir’-degan.
Hazrati Rasulullohni G’arbning insofli kishilari ham ulug’lashgan.
Buyuk olmon shoiri Volfgang Gyote bunday deb yozgan:"Men dunyo tarixini o’qib shunday xulosaga keldim:dunyo podshohlari to’plagan jami saltanat-u boylik,qasrlar-u saroylar Muhammadning(alayhissalom) yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan"¦Biz Ovrupa millatlari madaniy imkonimiz yuqori bo’lishiga qaramay,Hazrati Muhammad so’nggi pog’onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz xolos.Hech shubha yo’qki,biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa o’ta olmaydi.
Atoqli Faylasuf  Shebol bunday deydi:’’Hazrati Muhammadning odam bolasi bo’lgani butun insoniyatga katta faxrdir.Chunki u zot ummiy bo’lsada,o’n to’rt asr avval shunday qonun va asoslarni keltirdiki,biz ovrupaliklar ikki ming sanadan keyin ularning qiymati va haqiqatini anglab yetsak,eng mas’ud,eng saodatli nasllar bo’lamiz.
Fransiyaning taniqli olimlaridan Lamartinning mana bunday so’zlari bor:"Agar kishining buyukligi uning qilgan ishlariga,qozongan zafarlariga,imkoniyati oz bo’lsada ko’p ish qilganiga qarab baholanadigan bo’lsa,Muhammad (alayhissalom) insonlarning eng buyugidir.Payg’ambar,notiq,da’vatchi,qonunshunos,jangchi,qalblarning himoyachisi,g’oyalar targ’ibotchisi,imom,davlat arbobi,yer yuzining yigirmata mintaqasida islomiy davlat qura olgan"¦Muhammad s.a.v ana shunday zot edi.Unga hech qaysi buyuk inson tenglasha olmaydi.Nahotki u o’lchovlarga sig’sa?!
Madras (Hindiston)lik Annay Beznt yozadi:U bir vaqtning o’zida ham Sezar,ham Papa edi.Ammo Papa bo’lib,unda Papaning iddaolari yo’q edi.Sezar bo’lib,unda Sezarning behisob lashkari yo’q edi.Agar biron bir shaxs muntazam qo’shinsiz,tansoqchilarsiz,saroylarsiz,davlat daromadi (soliqlar)siz mn Uning izn-u ixtiyori bilan boshqardim,deya olsa,unda u Muhammaddir.Chunki uning qo’lida hech qanday boshqaruv vositalarisiz va asoslarisiz hokimiyat bor edi".
Taniqli sharqshunos Vilyam Muirning quyidagi fikrlari ham e’tiborga loyiq:Hazrati Muhammad haqida  gapirganlarimiz bir nuqtada to’planadi.U ham bo’lsa ,bu zotning xulq-atvori go’zalligiahloqining pokizaligidir.Bular shundayin ulug’ fazilatlarki, u zamondagi makkaliklar orasida juda nodir edi".
Fransiyaning mashhur arbobi va sarkardasi Napaleon Bonapart esa u zotga bunday baho beradi:Alloh taoloning birligi va borligini Muso alayhissalom millatiga ,Iso alayhissalom ummatiga,Muhammad alayhissalom esa butun insoniyatga bildirdi".
Ingliz olimi Jon Davenport mana bu fikrlarni yozib qoldirgan:"Mashhur payg’ambarlar va fotihlar orasida hayoti Hazrati Muhammadning (s.a.v) tarixidek eng ko’p va barcha nuqtalarigacha batafsil o’rganilgan tarixiy shaxs yo’q".
Amerikalik tarixchi olim Mishel Hart bunday deydi:"Dunyodagi ta’siri eng kuchli shaxslar ro’yxatining boshiga Muhammadni yozib qo’ysam,ehtimol ayrim muxlislarim taajjubga tushishar?Nima bo’lganida ham u dunyoviy va diniy sohalardagi samarali ishlari bilan tarix sahnasidagi ana shu mo’tabar maqomga munosibdir".
Buyuk Britaniyalik olimlar Edvard Gibbon bilan Simon Okslay yozishadi:Muhammad alayhissalom targ’ib qilgan g’oyalarning jozibasi uning izdoshlarini Payg’ambar shaxsiyati sari tortaveradi.Zero,u odamlarni aql-idrok va din bilan boshqargan edi".
Oksford dorilfununi professori Vilyam Montgomeri:"Muhammadning (alayhissalom) zafar-yutuqlari uning buyukligiga dalildir.Bunday maqom-martabaga erishgan boshqa shaxs G’arbda ma’lum emas.Uni sehrgarlikda ayblash maqsadiga erisholmay,noiloj qolgan odamning chiranishidir" deya ta’kidlagan.
                                                                       Ahmad Muhammad to’pladi
                                                                      ("œHidoyat" jurnalidan)           

Qayd etilgan


Muzayyana  28 Aprel 2009, 12:01:02

Kunlardan bir kun Ali :ra:dan :
-Siz Rasulullohni qay darajada sevar edingiz? - deya so'ralganida, shunday javob bergan edilar:
-Rasululloh :sw: bizga molimizdan, jonimizdan, ahli ayollarimizdan suyukliroq, juda tashna bir kimsaning suvga bo'lgan orzusidanda azizroq edilar.



Qayd etilgan


Munavvara  10 May 2009, 17:02:51

Allohni va Uning Rasuli adibini sevmoq

Dinning o‘zagi sog‘lom va to‘g‘ri iymon, iymoning o‘zagi — Hubbi Rahmon, ya’ni akramul akramin va arhamur rohimiyn bo‘lgan yuksak Allohni sevmoqdir...

U holda bizning asl ishimiz, juda latif, juda zarif, juda nozik, juda shirin tuyg‘u bo‘lmish sevmoqdir. Boshqa fikr va tuyg‘ular, ibodat va toatlar, xayrot va hasanotlar uning ortidan keladi.

Alloh taoloni sevmoq u qadar qiyin, u qadar erishib bo‘lmaydigan va qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan bir ish emas. Chunki qul o‘zini kim yaratganini, kim ulg‘aytirganini, bu mukammal vujudni, aqlni, fikrni, foydalanayotgan turli ne’matlarini... unga kim berganini; koinotning bu mo‘‘jiza nizomini, yerlarni, osmonlarni, fazolarni, yulduzlarni, fizika, kimyo, biologiya va tabiat qonunlarini kim tuzganini o‘ylagan taqdirda, shukran, hayrat va hayronlik tuyg‘ulariga g‘arq bo‘lmasligi mumkin emas.

Alloh taolo Qur’oni karimda bizga, O’zining rasuli Muhammad Mustafoga bog‘lanmoqni, ergashmoqni, tobe’ bo‘lmoqni amr etadi. Rasulullohni qabul etmasdan musulmon bo‘lmoq imkonsizdir. Tugal qabul etmoq lozimdirki, to‘g‘riligi aniq bo‘lgan bitta hukmini, bitta hadisi sharifini, bir sunnati saniyyasini ham o‘z aqlicha, o‘z kayfiyati tufayli rad etgan kimsa kofir bo‘lgay, munkir qolgay, iymonsiz ketgay.

Alloh jalla jaloluhu, o‘z elchisi va sevikli bandasi, ashrafi maxluqot bo‘lmish inson jinsining cho‘qqisi — eng yuksagi, payg‘ambarlarning sarvari, insu jinning janobi, jannatning eng yuqori rutbasi bo‘lgan Maqomi Mahmudning sohibi Muhammad sollallohu alayhi va sallamga ishonib ummat bo‘lmagan kimsani mutlaqo rahmatiga erishtirmas, jannatiga kiritmas, aksincha eng qattiq jazolar bilan jazolar.

Bir sahih hadisi sharifida Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) marhamat etadilarki: «Nafsim (jonim), qudrati qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, sizlardan har bittangiz meni otangizdan ham, farzandingizdan ham, butun insonlardan ham ko‘proq yaxshi ko‘rmaguningizcha, haqiqiy mo‘‘min bo‘la olmassiz».

Shuning uchun sahobai kirom, rizvonallohu alayhim ajma’in, ul zotga murojaat etganlarida: «Fidoka abiy va ummiy, yo Rasulalloh!» («Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh!») deb so‘z boshlar edilar. Uning yo‘lida mollarini va jonlarini fido qilishda hech ikkilanmas, peshonalarini tirishtirmas edilar. Hammalari o‘limga tayyor holatda u zotga bog‘langan, bay’at etgan edilar.
Hatto bittasi kelib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga:

— Yo Rasululloh! Men sizni ko‘p yaxshi ko‘raman! — dedi.
— Rost so‘ylarmisan? — dedilar Payg‘ambar janobimiz.
— Ko‘p yaxshi ko‘raman, yo Rasululloh, sizga oshiqman, juda yaxshi qo‘raman! — dedi u.
— Undoq bo‘lsa, balolarga hozirlangin! Chunki meni yaxshi ko‘rgan kishiga balolar xuddi selning guldur-guldur kelmog‘idan ko‘ra shiddatliroq kelur, — dedilar.

Ya’ni, bu mehr-muhabbatning imtihoni ko‘p bo‘lgay, shiddatli bo‘lgay va qaerda bir musulmon bo‘lsa, Alloh unga aziyat yetkazadigan bir aziyatchini paydo qilgay. Uning qarshisida esa musulmonning hushyor turmog‘i lozimdir.

Barcha zamonlarda bo‘lgani kabi bizning zamonamizda ham Rasulullohni sevmoq, u zotning yo‘lidan bormoq bilan, sunnatini jonlantirmoq bilan ummatiga xizmat etmoq bilan va bilxossa, uning haqiqiy vorislari bo‘lgan ulamoi muhaqqiqiyn, mashoyixi vosiliyn va avliyoullohi muqarrabiynga bay’at qilib bog‘lanmoq bilan amalga oshgay, namoyon bo‘lgay.

Kunday ravshan, zohir va boqir (aniq) bo‘lgan bu haqiqatdan xabarsiz yurganlar naqadar achinarli ahvoldadirlar! Haqqi va ahliyati, salohiyati bo‘lmagan holda insonlarni o‘zlariga bog‘lamoqqa uringan kishilar naqadar qo‘rqinch bir jur’at komidadirlar! Ularga ishonib, orqasidan ketganlar naqadar iz’onsiz va irfonsizdir! (Itoatsiz va ma’rifatsizdir!) Bechoralar johiliya o‘limi bilan o‘lib ketgaylar...

Yo Rabb! Bizni O’zingning va Rasulingning muhabbatidan mahrum qoldirmagin, sevgan qullaring bilan birga saqlagin, sevgan yo‘llaringda yuritgin, sevgan amallaringni bajartirgin; huzuringga O’zing sevgan va O’zing rozi bo‘lgan bandalaring bo‘lib bormog‘imizni nasib aylagin!

Mahmud As’ad Jo’shon, "œHaqiqiy sevgi"

Manba uzislam.com

Qayd etilgan


secretman  20 May 2009, 01:54:42

Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  22 Iyun 2009, 06:37:53

 :as:
Bismillahir rohmanir rohiym.

-ALLOH subhanahu taolo shunday zotiki,butun o'n sakkizming olamning tarbiyatkundasi va barcha qalblarning yagona egasi,yagona ma'buddir.

-Bizlarga,yani musulmonlarga Alloh taboraka va taolo tomonidan Said-ul bashar bo'lmish xotaman nabii Payg'ambarimiz MUHAMMAD Mustafo salollohi alayhi wasallamga berilgan ne'mat ISLOM ne'matidir.
Bu pok Islomni biz Allohga hech qanday sharik qilmagan holda oziq tishimiz bilan makkam ushlagan holatda ohirgi nafasimizgacha .

Qayd etilgan