Umumiy bo'lim > Islom

TAFAKKUR...

(1/36) > >>

Munira xonim:
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh!!!
Bu yangi mavzuda har bir ishtirokchimiz o'z fikrlarini qoldirishlari mumkin.
Allohning qudratiga lol qolgan lahzalaringiz, sizni o'ylantirgan va lol qoldirgan mavjudotlar,eng kichik eng katta yaratilgan mavjudotlar va hattoki o'z jismingizning yaratilishi haqida bir tafakkur qilib ko'ring...
Va biz bilan o'rotqlashing...
Tafakkur insonni yuksak cho'qqilarga, haq yo'lni topishiga sabab bo'ladigan ilmdir. Dunyoning yaratilishiga, undagi mavjudotlarning hayot tarzlariga, jismingizdagi siz uchun xizmat qilayotgan har bir a'zoyingizga boqib bir tafakkur qilib ko'ring-chi.
Bu mavzu har bir ishtirokchimizga maq'ul keladi va unda o'z firklari bilan o'rtoqlashadi deb umid qilaman. Va bu har birimizga foyda beradi,InshaAlloh....

Munira xonim:
"Darhaqiqat, Biz Insonni (voyaga yetganidan so'ng shariat takliflari bilan)imtihon qilguvchi holimizda (otalik onalik suvlaridan) aralash bir nutfadan yaratdik. Bas uni (Bizning oyatalrimizni tinglash, olamdagi Bizning borligimzga dalolat qilib turadigan alomatlarni ko'rish uchun)eshitguvchi, ko'rguvchi qilib qo'ydik".(Inson surasi,2-oyat)

Ma'lum bo'lishicha, inson tanasidagi asosan suvdan tashkil qopgan a'zo - ko'zimiz hisoblanar ekan.
Siz ham buni bir o'qib tafakkur qilib ko'ring...
- Ko'z yumilib ochilishi tufayli namlik bir me'yorda ushlab turiladi va chang  g'ubor kirishini oldini oladi. Agar ko'zimiz oldida biror bir harakat qo'qqisdan yuz bersa, qovoqlar o'z-o'zidan shartli ravishda yumiladi. Bu esa bizni ortiqcha jarohatlardan asraydi.

- Ko'zimiz atrofida bir qancha himoyat a'zolari mavjud. Masalan, kipriklar har xil changlarni o'zida ushlab qolish uchun xizmat qiladi. Qosh esa, peshonadan oqayotgan terni ko'zga emas, uning ikki yoniga yo'naltirib yuborar ekan.

- Insonning ko'z soqqasi atiga 28 gramm keladi.

- Inson ko'zi 500ga yaqin rangni ajrata oladi.

- Chaqaloqlar 7-8haftalik bo'lguncha yig'lasalar ham ko'zlaridan yosh chiqmaydi. Bu esa ularning zararli vositalardan himoyalanishini ta'minlar ekan.

- Ko'zimiz 2 000 000 ta hujayraning birikishidan hozil bo'lgan.

- Ko'z miyaga eng ko'p ma'lumot yetkazib beruvchi  a'zo hisoblanar ekan.

- Tananing eng ko'p suvdan tashkil qopgan a'zosi ko'z bo'lishiga qaramay, har qanday sovuq haroratda ham muzlab qolmaydi.

Birgina ko'zimizning bizga no'malum bo'lgan shuncha qirralari bor ekanu, boshqa a'zolarimizniki qanday? Bularning barchasida aql egalari uchun ibrat va hikmatlar bordir. Faqat biz bunday ne'matlarning shukrini ado qila olarmikinmiz?

"Darhaqiqat, Biz insonni eng go'zal shaklu shamoyilda yaratdik" (Vat-Tiyn surasi, 4-oyat)

Bizni shunday mukammal va go'zal suratda yaratgan Alloh taologa hamdu sanolar bo'lsin!!!

siddiqa:
Oddiy yaproq haqiqati "¦.. 

Ozgina sinchkovlik bilan qarasak ,oddiygina bargda Allohning cheksiz qudrati namoyon ekanligini ko’ramiz .Agar shu barg yashnab turmasa ,changlarni ,chiqit gazlarni ,karbobot angidridni yutmasa ,havoga kislorod chiqarib turmasa ,holimiz ne kechishi hammamizga ayondur .Bugungi ilm fan oddiy bargning haqiqatini bizlarga isbotlab bo’lgan.
Bir yig’inda shofirkonlik bog’bon — agranom Nasriddin aka:"Allohni tanishimga darahtlarning barglari sabab bo’lgan" deb qoldi"undan nima ibrat oldingiz ? deb so’rasam ,"birorta yaproqni qo’lingizga olib yaqinroq qarang ,unda ming turli izlarni shakllarni ,chizgilarni ko’rasiz.So’ng boshqasini olib qarang ,oldingisidan farqli nihoyatda boshqacha .bitta darahtda milyonta barg bo’lsa ularning birortasi boshqasiga o’hshamaydi,hammasi o’ziga hos ,hammasi o’zgacha .Kim shunday qila olishi mumkin.
Shu birgina yaproqda cheksiz qudrat sohibining qudratini ko’rdim .uning o’zi menga shu oddiygina ,yaratmishida menga buyuk hizmatini ko’rsatdi.
              Bog’bonning so’zlari Shayh Sa’diyning bir baytini yodimga soldi.
Bargi darahtoni sabz dar nazari hushyor
Har varaqe daftar ast ma’rifati kirdikor .

siddiqa:
Yani,aql -hushli kishi nazarida darahtning har bir yaprog’i Yaratuvchini tanitadigan daftardir. 
Hozirda minglab zavod fabrikalar, avtomobillar havoga tinimsiz zararli gazlarni haydamoqda.  Undan tashqari   olti  yarim milliard odam va yana undan ko’proq hayvonot olami million tonnalab kislorodni yutib million tonnalab  korbonat angidrid gazini chiqarmoqda.  Lekin  shunga qaramay kislorod tugab qolgani yo’q.  Allohga shukur, nafas olishimiz uchun musaffo havo bor.  Iflos havoni o’simliklar tozalab turishini  birinchi marta 1772 yilda ingliz fizik olimi Pristli kashf etdi .U shisha idish ichiga sog’lom sichqoni solib ,og’zini zich bekitdi .Bir oz vaqt o’tgach sichqon halok bo’ldi ,keyin olim sichqon bilan o’simlik solib qo’ydi .bu safar sichqon halokatga uchramadi.Ingebgauz Pristli kashviyotini takomillashtirib ,o’simliklar havoni faqat quyosh nuridagina tozlashini ,qorong’uda esa ,odamlarga o’hshab korbanot andigrit chiqarishini isbotladi .

Afruza:
Tahorat ming dardga davo!!!

Kundalik hayotimizda qo‘llanilayotgan texnika asboblari hayotimiz mazmuniga aylangan. Ularsiz tashqi muhitdan ajralib qolamiz, go‘yo. Hordiq chiqarish uchun ham, biror bir yangilikdan xabardor bo‘lish niyatida ham albatta televizor, radio, uyali aloqa vositasi yoki internetdan foydalanamiz.
Ular bizning turmush tarzimizga shu darajada shiddat bilan kirib keldiki, ularsiz hech bir ishimiz bitmaydi. Elktron asbob uskunalarning jamiyatimizga keltirayotgan foydasi juda katta.

Ammo bunday texnika jihozlari sog‘ligimiz uchun zararli ekanligini ham unutmasligimiz lozim.

Saraton, xafaqon, karies kasalliklari bugungi kunda aholi o‘rtasida keng tarqalgan. Kasalikka davo topsak va bemor oyoqqa turib ketsa, juda xursand bo‘lamiz, lekin ular hayotdan ko‘z yumsachi?

Men o‘z maqolamda kasallikning oldini olishni dori-darmonlarsiz va biz uchun foydali bo‘lgan jihatiga to‘xtalmoqchiman.
Bu tahorat olishdir.

Tahoratdan keyin organizmda muhim tibbiy o‘zgarish yuz berishini olimlar isbotlashgan. Organizmga singib qolgan elektronlar chiqarilib, tanada ular ta’sirida bo‘lgan jismoniy og‘irlashuv yo‘qoladi. Butun tanada va miyada qon aylanishi yaxshilanadi, qarish sekinlashadi. Burundagi va og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish tufayli kelib chiqadigan kasalliklarning oldi olinadi.

Normal organizm negizida elektronlarning katta ahamiyati bor. Salomatlik ko‘p jihatdan uning muvozanatiga bog‘liq. Havoda elektr kuchlanishlar va magnit bo‘ronlarining bo‘lib turishi va ta’siri ko‘p bo‘lgan sun’iy tolali kiyimlar kiyishimiz, elektr aloqa vositalari, televizor, kompyuter, uyali aloqa vositalari statik-elektrik muvozanatni buzadi. Ular biz uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Issiq kunlarda esa konditsioner kabi ashyolar ta’sirida ortiqcha elektronlarga to‘lib ketamiz. Bundan tashqari chekish ham odamzotni tez qaritadi, juda ko‘plab asab kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu salbiy holatlarning chorasi tahoratdir.

Payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V) «Tahorat namoz kaliti, namoz jannat kalitidir» deb aytganlar.

Tanamizga tegadigan turli issiqlikdagi suv bir jihatdan tomirlarni kengaytiradi va u yerdagi qon almashinuvini yaxshilaydi.

Qur’oni Karimda «Ey, imon keltirgan zotlar, agar namoz uchun o‘rinlaringizdan tursangiz bas, yuvingiz yuzlaringizni va ikki qo‘llaringizni chig‘anoqlari bilan va boshingizni to‘rtdan biriga masx tortingizlar va ikki oyoqlaringizni oshiqlaringiz bilan qo‘shib yuvinglar» («Moida» surasi, 6-oyat), deb aytilgan.

Agar oyati karimani tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin. Bunda Alloh o‘z bandalarini shunday go‘zal ehtirom bilan chaqirmoqda va birinchi bo‘lib yuviladigan a’zoni yuzdan boshladi. Negaki insonning yuziga suv tegsa, u bir muncha tetiklashadi va hushyor tortadi. Insonlarning yuzidagi qizillikka ham doimo tahoratli yurish sababdir.

Ikkinchi bo‘lib yuviladigan a’zo qo‘l. Sunnatga muvofiq qo‘l panjalari yuviladi. Ko‘cha-ko‘ydan kelganimizda hamma mikroblar kaftimizda, tirnoqlar tagida va albatta yuzimizda bo‘ladi. Shu sababdan ham Qur’onda yuvilish ketma-ketligi ko‘rsatib berilgan. Rasululloh (S.A.V.) aytadilar: «Uyqudan turgan odam qo‘lini uch marta yaxshilab yuvsin. Ovqatdan oldin yuvilgan qo‘llar kasallikni ketkazadi, ovqatdan keyin yuvilgan qo‘llar esa faqirlikni». Uchinchi bo‘lib boshning to‘rtdan biriga masx tortinglar, bunda boshda qon aylanishi yaxshilanadi.

Charchagan paytimizda boshimizga masx tortsak dunyo tashvishlaridan yengil tortgandek bo‘lamiz. Alloh Taolo boshda bo‘ladigan ba’zi kasalliklarni hisobga olib, tahoratda boshni to‘rtdan biriga masx tortishni farz qildi. Bu joy peshona va tepa suyagi sohalaridir.

To‘rtinchisi, oyoqlaringizni oshiqlari bilan qo‘shib yuvingiz. Yurak ishemik kasalliklarida, xafaqonda oyoqlarga vanna qilishlik tavsiya etiladi. Bu bilan mahalliy tsirkulyatsiyani yaxshilashga erishiladi. Shuning uchun Alloh Taolo tahoratda oyoq yuvishni buyurdi, shu bilan yakunladi.

So‘zimiz yakunida bir sahih hadis keltirmoqchimiz.
Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Bir kuni Rasululloh (S.A.V) bomdod namozi paytida Bilolga «Ey, Bilol! Islomda qilgan pok amalingni menga ayt, chunki shu kecha men jannatda kovushingning tovushini eshitdim» dedilar. Bilol: «Men Islomda umidlik bir ish qilganim yo‘q, lekin kechasimi, kunduzmi, qachon tahorat olsam kam bo‘lsa-da, qodir bo‘lganimcha namoz o‘qiyman» deb javob qaytardi.

Niyatimiz, ibodatlarimiz va solih amallarimiz hayotimiz mazmuniga aylansin.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version