TAFAKKUR...  ( 127251 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 18 B


Ansora  01 Sentyabr 2009, 05:44:01

Alloh ishqiga haqiqiy ma'noda yetishmoq istagan valiy zotlar odatda dunyoviy moddiy hisoblangan hamma narsadan voz kechganliklarini bilamiz. Buni hatto tomda tuya qidirgan İbrohim Adham qissasi bilan yana ham yaxshiroq tushinib yetamiz.
Ho'p, kelaylik mening Ollohga bo'lgan sevgimga, uning haqiqiy quli bo'lish, nazari, ishqiga noil bo'lish uchun qaysi moddiyatimdan voz kechishim kerak? Yashashim uchun lozim bo'lgan ashyolarning ichida qay darajada o'zimni, miyamni, fikrimni, tushunchalarimni Ollohga atadim??? Bu savollar tez tez hijolat qilib turibdi...

Qayd etilgan


siddiqa  06 Sentyabr 2009, 13:56:37

Barmoqlaringizga hech diqqat etganmisiz? Besh barmoq besh hil uzunlikda, lekin bukkan paytingiz esa hammasi tenglashadi. Bu esa biz insonlari barmoqlarimizni ishlatarkan qiynalmasligimiz uchundir. Bir ish qilaman, degan paytingiz besh barmoq uzun qisqa tursa edi, nima bo'lardi...
Bir kofir, ahli solih bir kishidan so'rabdi, menga Ollohingning bir mo'jizasini ko'rsat?
Musulmon qardoshimiz esa, eyy inson, sen mo'jiza hohlayotgan bo'lsang, avvalo o'zingga qara, degan ekan....

İnson-Ollohning eng buyuk mo'jizasi, zotan shunday bo'lmasa edi, Payg'ambarimizning yuzi suvi hurmati bu dunyo yaratilmagan bo'lar edi.
Sallallohu Alayhi Vasallam

 :as:

barmoqlar haqida gapirilgan ekan ,bu mo'jiza chunki olimlarning isbotlarlaricha inson barmoqlari hech ham bir birinikiga o'hshamas ekan ,yani suyak tuzulishi yoki barmoq izlari .bir kofir aytgan ekan iyee qanday qilib bizni Alloh o'ldirib keyin tiriltiradi deb shunda unga aytishgan ekan Alloh nafaqat seni o'ldiradi balki tiriltirib ,barmoqlaringdagi ko'z ilg'amas suyakchalaringgacha terib qo'yadigan zotdir ,subhanaALLOh Alloh uchun har narsa onson .
inson qo'llariga qarar ekan beihtiyor alhamdulillah deydi .........

Qayd etilgan


Ansora  06 Sentyabr 2009, 20:09:06

Ollohning qudrati cheksizdir. Yuqorida zikretilganidek, har bir insonning bosh barmog'idagi izlar bir-biriga o'hshamas ekan. Dunyoning nufusi 7 milyarga yaqin. İlgari qo'l qo'ydirish uchun bosh barmoqqa bo'yoq surtilib, qog'ozga urilishining sababi ham bu. Olloh 7 milyarga yaqin inson barmog'ini turli hil qilib yaratar ekan, biz ojiz insonlar guruhidan bo'lgan Parijdagi modelistlar, 2000 yilda bundan keyin yangi moda yarata olmaymiz, eski modellarga qaytishga qaror berdik, deb dunyoga habar berishdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Sentyabr 2009, 15:07:40

Bugun har doimgiday Jumaga bordim. Lekin bir narsa meni kuchli o'yga toldirdi.
Bir 16 yoshlar chamasi yoshgina yigit, o'zi juda ham nimjon, bir egni singammi qiyshayib turibdi. O'sha yigit masjidda ehson qutisiga pul tashladi. Uni ko'rgan odam mehnat qila oladi deb o'ylash qiyin. Alloh roziligi uchun u borini ayamayapdi.
Bir o'ylab ko'ringa ba'zi birlarimiz tanu jonimiz sog' bo'lsada bir so'm ehson uchun chiqarishimiz juda qiyin. O'sha yigitga ming rahmat. Allohni o'zi uni qilgan ishini oliy mukofotlar bilan mukofotlasin!

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Sentyabr 2009, 15:45:11

Ibodat ilmni, zikr muhabbatni, TAFAKKUR xavfni kuchaytiradi.
Hotam

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Sentyabr 2009, 15:45:51

Ko’zlaringizni yig’iga, qalblaringizni TAFAKKURga o’rgatinglar
Abu Sulaymon Doroniy

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Sentyabr 2009, 15:46:29


Yaxshi narsa haqida TAFAKKUR etish unga mal qilishga undaydi, yomon narsa haqida o’ylash undan qochishga.
Ibn Abbos  :ra:

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Sentyabr 2009, 15:46:56

Bir soatlik TAFAKKUR kechasi bilan qoim turishdan yaxshiroqHasan Basriy

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Sentyabr 2009, 15:47:50

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalari: "œTafakkur limning nuri", deganlarini ko’p eshitganman.
Amir ibn Abdu Qays

Qayd etilgan


Hadija  14 Sentyabr 2009, 15:23:17

Abu Lahab payg'ambarimiz s.a.vga ergashgan holda namoz o'qimoqlik uchun 3 marotaba harakat qilganida, sajda bora olmagani insonni tafakkurga yetaklaydi. Alhamdulillah, O'zingga shukur Robbim, Saning uchun boshimizni sajdaga yetgani uchun...

P.S: Bilmadim, bu qanchalik tafakkurga yaqin yoki yo'q bilmadim-u, ammo o'ylab qarasa inson shukur qilishiga eng arzirlik sabab.

Qayd etilgan