TAFAKKUR...  ( 127334 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 18 B


Lu`lu`  15 Oktyabr 2011, 07:03:31


"deydilar" qismini olib tashlasa zo`r/adolatli gap...:)


Адолатли скани гапни магзидан.
Азувчимиз "дейдилар"ни ижодларидан кушганлар, ёзгувчимиз ёзувчига махлиёлигидан борича берганлар  ;)

Qayd etilgan


Maysara  15 Oktyabr 2011, 19:46:31

Tavhidni anglamoq zör ibodatdir.
U bir poydevori zör imoratdir.
Qilgan hajing sening bir sayohatdir.
Allohni qalb chindan tanimaguncha.

(X. Hamidov)

Qayd etilgan


Humayro  17 Oktyabr 2011, 10:40:15

Ксраётганларимга ишонайми ёки йсқ? Аега оқ — қора, қора сса — оқ деб аталади бу дунёда? Ксзим ксриб турган қоранинг аслида оқлигини, оқнинг сса аслида қоралигини менга ким сқтираспти сзи? Аега ксзларим ксрганини қалбим қабул қилмайди гоҳи? Ксзларим шунчалар ожизми? Мен кимга ишонай??

Мургаккина жуссамга ва унданда заифроқ бслган қалбимга гоҳида шу кенг олам торлик қилади"¦

Аслида ксриниши муштеккина бслган бу қалб аталмиш бир парчагина гсшт, ксзлар сзига жо қила олмайдиган ва ксришга қуввати етмайдиган Буюк ва Азим Зотни тан олса СубҳанАллоҳб шунда оқ — оқ, қора сса — қора бсларкан. Ксзлар сса нақадар ожиз ва зиаф...

Qayd etilgan


Maysara  18 Oktyabr 2011, 09:57:27

X. Hamidov:

... Inson hayotini yolg'iz özi yashamoqda. Umrini yolg'iz özigina ötkazmoqda. Bu dunyoga u yolg'iz kelgan. Tug'ilish iztirobini yolg'iz totgan. Dunyoga keliboq yolg'iz özi yiglay boshlagan. Ana shu inson özining ich olamida umri böyicha yolg'iz yashaydi. Oxirida qabrga yolg'iz kiradi. Oxiratda maxshar maydoniga chiqar ekan - bir jihatdan yolg'iz böladi. Barcha kabi u ham umrining hisobini yolg'iz özi beradi...

Inson bu dunyoga ilk qadamini uyida tashlaydi. Öziga xos bir olam va bir uyi topganlik huzuri bilan sutini emadi va beshigida bir özi uhlaydi. Yugura boshlagach uyining xonalarida, biroz katta bölsa mahalla-köchalarda, yana keyinroq dökon-bozorlarda keza boshlaydi. Yolg'iz özi uhlaydi. Tushini yolg'iz köradi va yolg'iz uyg'onadi. Tushida ba'zilar bilan körishishi va uyg'oqligida döstlari bilan uchrashishi uning yolg'izligini ketkaza olmaydi. Dasturxonda bir oila bölib birgalikda ovqatlanadi, ammo xar kim öz qornini özi töyg'azadi. Öz kuchiga köra ishlaydi, özi hizmat qiladi...

Qayd etilgan


Maysara  18 Oktyabr 2011, 11:07:10

(davomi)

Darhaqiqat, inson yaratilishining taqozosi ölaroq jamiyat hayotiga kirishi kerak. Köpgina ehtiyojlarni ta'minlash lozim. Ammo köpchilik ichida özini yoqotmasligi darkor. Va atrofidagi bu insonlar birin-ketin qabrga kirajaklarini, bugun dunyoga kelgan chaqaloqlarni ham qöshganda 100 yildan keyin shu ondagi 5-6 mlrd. aholidan deyarli hech biri yer yuzida qolmasligini juda yaxshi bilishi kerak.

Yolg'iz dunyoga kelgan inson qabrga ham yolg'iz ölaroq köchadi. Ölim bilan olishayotganida bir necha yaqinidan boshqa barcha miliardlab inson hayotlarini yashashda va öz kayfu safolarini surishda davom etaveradi...

Shunday ekan, endi sen bu g'ala-g'ovurdan, bu olomonlardan hayolan ayril! Yolg'izligingga qayt. Vujudingda vazifasini ado etayotgan a'zolarga boq! Hech qaysisi vazifasini öz zimmasiga özi xohlab olmagan. Shunga qaramay, har biri öz vazifasining boshida. Boshqa a'zolardan, xatto özidan ham xabarsiz holda vazifasini ziyraklik bilan bajarmoqda. Sen esa ularni öz holiga tashlab qöyib tashqaridagi narsalar bilan shug'ullanyapsan. Öqiyapsan. Öylayapsan yo sayr qilyapsan, yohud kulyapsan.

Dunyoga kelishingni esla. U kelishing - Universitetga kirishing uchun yurtingdan chiqib bu shaharga kelishingga hech öxshamaydimi?

Kim ekaningni, kimning bachadonida oziqlanishingni, kimning uyiga borishingni özing bilarmiding?! Onang ham, otang ham seni bu diyorga chaqirishgan emasdi. To tug'ilgan oningga qadar xar ikkisi ham seni tanishmas edi. Bir yangi mehmonni kutishayotgan edilar, ammo kim keladi? ög'ilmi? qizmi? sariqmi yo qorachami, oriqmi yo dömboqmi?.. bulardan birortasini bilishmas edi...

U holda seni bu diyorga kim va nima uchun yubordi??

Qayd etilgan


Maysara  21 Oktyabr 2011, 08:55:33

(davomi)

   Seni bu diyorga kim va nima uchun yubordi?
   Shu yer kurrasi seni va sen kabi miliardlab insonni yelkasiga ortmoqlab qayoqqa ketmoqda? Bu kemaning va ichidagilarning egasi kim? Har kuni yuz minglab yölovchini oladi-da va yuz minglarchasi uni tark etadi.
   Kemaga minganlar qayerdan kelishyapti?
   Kemadan tushganlar qayerga ketishyapti?
   Shu qabr tunelining narigi tarafi qaysi diyorga chiqadi?
   Ha, bular har bir insonning boshida bor savollardir. Javoblarini topishga intilish esa haqiqatga erishishning va huzur-xalovat topishning ilk odimidir.
   Lekin, körgulikni qaraki insonlarning bu mavzudagi tushunchalari va harakatlari bir-biriga unchalik muvofiq kelmaydi.
   Bir toifa inson bu savollarga shaxsiy izohlarni keltiradi, yohud yanglish biror izohning ketidan ergashib, uning da'volarini takrorlab yuraveradi. Har qanday oyna narsalarni ters körsatgani kabi yanglish fikrlar bilan sug'orilgan ularning zehnlari haqiqatni tög'ri qayd eta olmaydi. Bu ters manzaraga könika-könika nihoyat boshqalar butunlay yanglish fikrlayapti deb tom ma'noda ishona boshlaydi. Ammo bu fikrlar ularning vijdonini qoniqtirmaydi. Natijada yana özlarini bu koinot chöllarida kimsasiz bir bechoradek körishda davom etaveradi. Yagona sohiblari, egalari borligini bilishning huzurini tota olmaydi. Zavqiga erisha olmaydi. Aql va vijdonlari ularni doimo bezovta qiladi. Ruhlaridagi qörquv va iztirob hech tinmaydi, sokinlashmaydi...

Qayd etilgan


Humayro  24 Oktyabr 2011, 11:11:23

Bir baxtlidan so'rashgan ekan baxtli bo'lishni kimdan o'rganding deb, u javob beribdi baxtsizdan!
 
Bir bola rus qizini yaxshi ko'rib qolibdi. Russiaga borib shu qizga uylanib ham kelibdi, ancha yil birga yashashibdi, ammo farzand ko'rmabdilar. Bola bechoraning ko'rsatmagan tabib va do'xtiri qolmabdi (doxtirlargayam hayronsan kishi)
Juda yaxshi ko'rar emush. Shuncha yil sabr qilibdi, nazrlar qilibdi, o'qitibduyam...ammo natija yo'q. Taqdir ekan yaqinda ajralishibdi.

Sabab farzand ko'rmayotganlari emas, sabab... rus xotini kontratseptik dori ishganakan 6 yil homila bo'lmasligi uchun, ammo eriga aytishni lozim ham ko'rmabdi. Bechora er"¦


Oila muqaddas dargoh, nikoh sunnat, farzand ne'mat, erga itoat esa ibodat ekanligini anglamagan ayolni kim deb atash mumkin? Unda u ayol uchun baxt nimada? Qayda? U o’zining yaratilish maqsadini nimada ko’radi? Bundoq nematlar bilan o’ralgan ayolni hamma vaqt ham baxtli deb atash mumkin emas ekan.

Baxt atrofimizdagilar emas demak, baxt bu o’zimizdir.

Qayd etilgan


Maysara  24 Oktyabr 2011, 21:26:43

(davomi)

   Ba'zilar esa bunday savollar bn hech qiziqmaydi, aql va vijdonning qiynoqlariga hech parvo qilmaydi. Kim nima desa desin, ular öz bilganini qiladi, kayf-safo va köngil hushlik bn kunlik mish-mishu g'iybatlar, natijasiz baxs-munozarayu tortishishlar bn umrini ötkazadi. Bular özlaricha töyishning yöli - ochlikni öylamaslikda, deb shunga rioya etadi. Ammo bu ötkinchi va örinsiz usul ham ruhni aslo qondira olmaydi. Bundaylar boshlariga ozgina musibat kelsa darrov qaltirab, salgina iztirobdan darhol eziladi. Göyoki biroz bosh qotirsa bu hayot bn, bu olam bn, ölim va ölimning narigi tarafi bn qiziqsa huzurlari yöqoladiganday. Özlarini aldab yashashga jon kuydirayotgan bu toifa odamlar bir yerga töplansa göyoki bir maktab tashkil qiladilar, parvo qilma, sen ham hamma kabi odamsan-da, özingni qiynama, deydilar. Tezligi soatiga 100 ming km.dan ham ortiq bölgan yer kurrasi ustida qayerga ketayotganlarini öylamasdan yashab, buni bir falsafa, bir ishonch ölaroq özlashtiradilar. Ularning yashash falsafasini birontasi tanqid qila körsin, "sen bu zamonning odami emasmisan, qaysi asrda yashayapsan özi?", kabi sözlar bn uni mensimay, nazar-pisand qilmay qöyadilar. Haqiqatni mazah aralash ifodalar bn shovqin yordamida bög'ishga hargkat qiladilar. Özlarini shunday qilib ovutib yuradilar.
   Hech öylamaydilarki - özgaradigan faqat davr va uning ichida suzib yurgan insonlardir.
   Yer ösha-ösha qonunlar ila faoliyatini davom ettirmoqda, yaproq ösha-ösha yashil, qor - ösha-ösha oq, arslon - ösha-ösha vahshiy, qöy - ösha-ösha munis, itoatlidir..

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  29 Oktyabr 2011, 16:39:53

Har oyda beriladigan ish haqini ingilizlar "seleri" ya'ni tuzlangan pul deb atashadi.

Peshona terlamay topiladigan pulni masalan, "uzatilgan pulni" nima deb atasa bo'ladi?

Qayd etilgan


Govegastar  30 Oktyabr 2011, 05:54:28


      "Minalashtrlgan pul"

  Bu mina katta urushlardan otilmay qolib ketgan minalar kabi bu dunyoda otilmasa, baririb u portlovchi jism sifatida saqlanib turaveradi (agar kechirilmasa).
  Qiyomat kuni u o'zining "egalari" oyog'i ostidan chiqadi va... 
 

Qayd etilgan