(davomi)
Ba'zilar esa bunday savollar bn hech qiziqmaydi, aql va vijdonning qiynoqlariga hech parvo qilmaydi. Kim nima desa desin, ular öz bilganini qiladi, kayf-safo va köngil hushlik bn kunlik mish-mishu g'iybatlar, natijasiz baxs-munozarayu tortishishlar bn umrini ötkazadi. Bular özlaricha töyishning yöli - ochlikni öylamaslikda, deb shunga rioya etadi. Ammo bu ötkinchi va örinsiz usul ham ruhni aslo qondira olmaydi. Bundaylar boshlariga ozgina musibat kelsa darrov qaltirab, salgina iztirobdan darhol eziladi. Göyoki biroz bosh qotirsa bu hayot bn, bu olam bn, ölim va ölimning narigi tarafi bn qiziqsa huzurlari yöqoladiganday. Özlarini aldab yashashga jon kuydirayotgan bu toifa odamlar bir yerga töplansa göyoki bir maktab tashkil qiladilar, parvo qilma, sen ham hamma kabi odamsan-da, özingni qiynama, deydilar. Tezligi soatiga 100 ming km.dan ham ortiq bölgan yer kurrasi ustida qayerga ketayotganlarini öylamasdan yashab, buni bir falsafa, bir ishonch ölaroq özlashtiradilar. Ularning yashash falsafasini birontasi tanqid qila körsin, "sen bu zamonning odami emasmisan, qaysi asrda yashayapsan özi?", kabi sözlar bn uni mensimay, nazar-pisand qilmay qöyadilar. Haqiqatni mazah aralash ifodalar bn shovqin yordamida bög'ishga hargkat qiladilar. Özlarini shunday qilib ovutib yuradilar.
Hech öylamaydilarki - özgaradigan faqat davr va uning ichida suzib yurgan insonlardir.
Yer ösha-ösha qonunlar ila faoliyatini davom ettirmoqda, yaproq ösha-ösha yashil, qor - ösha-ösha oq, arslon - ösha-ösha vahshiy, qöy - ösha-ösha munis, itoatlidir..