TAFAKKUR...  ( 77323 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 18 B


Ansora  14 Sentyabr 2009, 15:27:31

Tafakkur fikr qilishdan keladi, fikr qilishni esa Olloh nasib etadi. Agar Ollohning qudratiga tan bergan iymonli kishi bo'lsa, daraxtdan uchib tushayotgan bargdan ham ta'sirlanib, Ollohga sajda qilishi, agar shaytonga ergashib, egosiga yengilib, Ollohni tan olmaydigan qul bo'lsa, mo'jiza ko'rsatsangiz ham "bu sehr" deydi...Huddi Haz. Musoning asolarini ilonga aylantirganlarida xalqi "bu sehr qilyabdi", deb javob berganiday...

Qayd etilgan


siddiqa  15 Sentyabr 2009, 05:30:33

Tafakkur fikr qilishdan keladi, fikr qilishni esa Olloh nasib etadi. Agar Ollohning qudratiga tan bergan iymonli kishi bo'lsa, daraxtdan uchib tushayotgan bargdan ham ta'sirlanib, Ollohga sajda qilishi, agar shaytonga ergashib, egosiga yengilib, Ollohni tan olmaydigan qul bo'lsa, mo'jiza ko'rsatsangiz ham "bu sehr" deydi...Huddi Haz. Musoning asolarini ilonga aylantirganlarida xalqi "bu sehr qilyabdi", deb javob berganiday...

Alloh mo'jizasi qur'onni tushurdi .........iymon keltirmadilar,
Muhammadni sav ko'rdilar iymon keltirmadilar ,
darahtlar toshlar iloh yo'q magar Allohdan boshqa ,Muhammad uning rasuli va quli dedilaruuuuuuu insonlar iymon keltirmadilar ,
oyni bo'l deyishdi,
Alloh izni bn oy bo'lindi ,
ko'rdilar
g'ururga ketib
bu ochiq sehrku dedilar,
ularni qalbi ochilmadi ,va abadiy azobga ketishdi ,qalbi ko'rlar jamiyati edi.
 

Allohim,ko'rib turib ,ishonib ,senga iymon keltirib lekin noto'g'ri qilib qo'yayotgan   amallardan bizni uzoq qil.

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Sentyabr 2009, 07:49:22

Ishxonamga deyarli har hafta 1-2 marotaba bir tilanchi keladi.
Yoshi taxminan 30 larda, baquvatgina, ishlasa bemalol oilani boqadigan ERKAK!!!
Gohida sadaqa qilib pul beraman gohida yo'q.

Kecha Qo'qon bozorida ayam bn aylanib yurgandik bir ovoz mani o'ziga qaratdi.
Qarasam yosh yigit, bukchaygan, qo'lidan og'ir ish kelmasligi bilinib turibdi.
"Atiga ikkitagina ruchkam qoldi. ALLOH YO'LIDA SHUNI SOTIB OLINGLAR" dedi.
Yigitni to'xtatib ruchkasini yozadimi yo'qmi dib yozib ko'rdim (ko'ngliga tegmasin deb rahmim kelganini bilintirgim kelmadi).
Endi ikkinchisiniyam olmoqchidim ayam unisiniyam olaqol didilar.
Kulib unisinaym oldim.

Yigir haqqimga duolar qildi...

Man ham ichimda uni haqqiga duo qildim...

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Sentyabr 2009, 10:05:56

Mushuk bekorga oftobga chiqmaydi. Lekin oftob har kuni chiqadi va nur sochadi. Mushukmijoz bo'lmaganingiz ma'qul.

***

It huraverar, karvon o'taverar emish. Vo darig'! Gohida shunchalar loqaydmiz-ki, ne-ne karvonlarning o'tayotganidan itlarning hurishi orqali voqif bo'lamiz.

***

Maqtovga sazovor bo'lish yaxshi. Lekin faqat maqtov kutib umr o'tkazish yaxshi emas.

***

Shijoat yaxshi xislat. Lekin aql-zakovat bilan yo'naltirilmasa vayron qilish, payhon qilishga yarar ekan xolos.

***

Yashash yaxshi. Yaxshi yashash undan yaxshi. Faqat bu yashash boshqalarning hisobiga bo'lmasa.

***

Bozorda nazorat tarozilarining to'g'riligi yuzasidan nazorat kuchaytirildi.

***

Hisob-kitobli odam: har bir kishiga o'ziga qanday manfaat yetkazishi mumkinligiga qarab baho beradi.

***

Insonning aql-zakovatiga uning bo'yi yoki oriq-semizligiga qarab ham baho berib bo'lmaydi.

***

Ertalab insonning xotirasi tiniqlashadi, miyasi yaxshi ishlaydi. Shuning uchun ham ayrim erkaklar ertalab o'z uylarini oson topib kelishadi.

***

Uyqu dori o'rnida foydalanish mumkin bo'lgan kitoblar sotuvga chiqdi. Avval esnatadi, keyin uxlatadi. Ekologik toza mahsulot. Shahar kitob do'konlaridan so'rang.

***

Boshning yaxshi ishlamaganligini qo'l-oyoqning harakatlari bilan yopishga intilishadi.

***

"San'at"ning "sanoat"dan farqini bilib olgandan buyon o'zini bilimdon hisoblab bo'yinbog' taqib yuribdi.

***

Baxt qushi qo'narmikin, deb don sochib qo'ymoqchi edi... Bosh ustida don turmagani chatoq ekan-da.

***

Hamma narsaga qora ko'zoynak ostidan qarashga odatlangan: boshqalarning tog'dek yutug'ini ko'rib ham ko'ngli yilt etmaydi, zig'irdek aybini topsa, yayrab ketadi.

***

Musiqasini o'zgartirib yalla qilishibdi. Attang, yaxshigina alla edi-ya.

***

Hayotda o'z o'rnini topmoqchi bo'lgan odam uchun bo'sh o'rinlar shart emas.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Sentyabr 2009, 10:43:24


Kumushdek sochlari ustidan oppoq ro‘mol tashlab olgan buvim ba’zida tasbeh o‘girib o‘tirib:
- Birov suv topolmaydi ichgani,
Birovga su topilmaydi kechgani. Eh, bu dunyoning ishlari shunaqa ekan-da, - deb qo‘yadigan odatlari bo‘lardi. Shu so‘zlarni aytib bo‘lishlari bilan:
- Nega doim shu so‘zlarni takrorlayverasiz, buvi, - desam, u kishi:
- Bolam, bu dunyo bir ajoyibxona, aqlli odam undan faqat ibrat olib yashaydi. Nodon esa "o‘zimniki haq" deb qoqilaveradi, qoqilaveradi, - deb o‘yga tolardilar. Bir ozdan so‘ng esa o‘zlari guvoh bo‘lgan birorta ibratli voqeani hikoya qilib berardilar.
- Mahallamizda bir xonadon bo‘lardi, - deya hikoyalarini boshladi buvim. - O’zlariga to‘q shu xonadon sohibining kambag‘al, nochor hayot kechiradigan opasi bo‘lib, uning umri qisqagina ekan, yolg‘iz farzandini ukasiga qoldirib, uzlatga ketdi. Opasining qizining ismi Mohira bo‘lib, u shirinso‘z, aqlli, chaqqon qiz edi. Mohira tog‘asining uch farzandiga mehribon edi. Biroq kelin oyisi Xolidaxon uning ishlaridan kamchilik topib xo‘rlar, ovozini baland ko‘tarib:
- Jo‘janing iqboli bo‘lsa, tovuqning siynasi bo‘lardi, senginaning iqboling bo‘lsa, onang o‘lmasdi, men sening qosh-qovog‘ingga qarab yurmasdim, - deya Mohirani xo‘rlardi. Mohira esli-xushli qizligi bois kelin oyisiga gap qaytarmas, indamay ishlarini saranjomlab yuraverardi.
Onasining gap-so‘zlaridan dadillangan tog‘avachchalari ham uni xushlamasdilar. U eskirgan kiyimlarda bo‘lsa ham orasta, ozoda yurar, xushfe’l edi. Yillar bahs boylashgandek bir zumda bir-birlarini ortda qoldirib boraverardi.
Kunlarning birida qishloq ayollari daryo bo‘yiga lola sayliga chiqmoqchi bo‘ldilar. Qishloqning yosh-u qarisi o‘sha kunni intiq kutdilar. Erta tongda turib hovlilarni supirib-sidirgan Mohira savatni to‘ldirib non yopdi. Bayramga uning bormasligi, hovlidagi mol-qo‘ylarga qarab turishi lozimligi aytilganida ko‘zlariga yosh to‘ldiyu, biroq indamadi. Yangi liboslarni kiygan tog‘avachchalari go‘yo o‘zlarini ko‘z-ko‘z qilgandek yurib bayramga otlanishdi. Qo‘liga xina, qoshiga o‘sma qo‘yib, atlas ko‘ylak kiygan Xolida kennoyi farzandlarini oldiga solib bayramga otlandi. Mohira ularning ortidan qarab qolar ekan, marhum onajonisini eslab, yolg‘izligini his etib ko‘z yoshi qildi.
"Mening ham onam hayot bo‘lganlarida dugonalarim qatori men ham yangi ko‘ylak kiyib, bayramga borgan bo‘lardim". Armon uning ko‘nglini kemirardi.
Kun peshindan oqqan payt hovliga birin-ketin hamqishloqlari kirib kelishdi. Xolida kennoyi esa bexush edi. Bayramga sho‘x-shodon chiqib ketganlarning bunday holatda kirib kelishi... Ularning shosha-pisha so‘zlashlaridan bildiki, qishloqning bir guruh yoshlari qayiqda daryoning yuqori tomoniga suzib borishgan chog‘da girdobga to‘g‘ri kelib qolib, ular suvga g‘arq bo‘lishgandi. Ular orasida Mohiraning tog‘avachchalari ham bor ekan. Oradan besh kun o‘tib, ularning murdalari daryo bo‘yidan topildi. Marosimlar tugab, hovli bo‘shab qolgandek bo‘ldi.
Mohira kelin oyisining ko‘nglini olishga intilib, unga ma’qul bo‘ladigan ovqatlar pishirar, yaxshi gaplar bilan unga parvona bo‘lardi. Bora-bora kelin oyisi ham unga mehr qo‘ydi. Turmushga uzatdi. Keksayib qolgan chog‘ida uning yo‘lini poylaydigan bo‘ldi. Lekin Mohira uni yolg‘izlatmadi, vaqt topib ikki keksani - tog‘asi va kelin oyisini oq yuvib, oq taradi, parvarish qildi.
Yillar yugurik ekan, bugun yosh bolalardek ko‘ngli nozik bo‘lib qolgan ikki mo‘ysafid uni duo qilardi. Kunlarning birida kelin oyisi Mohiraga qarab:
- Agar men o‘lsam, qabrga indamay kirib ketaman, ko‘rasan, - dedi.
Xolidaxonning bu gapining mag‘zini chaqqan Mohira:
- Hech kimi yo‘q inson qabrga indamay kirib ketadi. Chunki uning ortidan bo‘zlab qoladigani, chirog‘ini yoqadigani, xavotirga soladigani yo‘q. Siz unday emassiz, chunki meni tarbiya qildingiz, turmushga uzatdingiz, farzandlarimga buvilik qildingiz. Sizning chirog‘ingiz doimo yoniq bo‘ladi, biz bormiz, unday demang.
- Ko‘rdingmi, bolam, nonni katta yesang ham, gapni katta gapirma. O’ynab gapirsang ham, o‘ylab gapirgin, yetimlarning dilini og‘ritmagin, uning dili og‘risa, Yaratganning arshi titraydi-ya, bolam, - deya buvim boshimni siladilar.

Nasibaxon Hojimatova Quqon

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Sentyabr 2009, 10:57:20

Mushuk bekorga oftobga chiqmaydi. Lekin oftob har kuni chiqadi va nur sochadi. Mushukmijoz bo'lmaganingiz ma'qul.
***
Maqtovga sazovor bo'lish yaxshi. Lekin faqat maqtov kutib umr o'tkazish yaxshi emas.
***
Shijoat yaxshi xislat. Lekin aql-zakovat bilan yo'naltirilmasa vayron qilish, payhon qilishga yarar ekan xolos.
***
Yashash yaxshi. Yaxshi yashash undan yaxshi. Faqat bu yashash boshqalarning hisobiga bo'lmasa.
***
Bozorda nazorat tarozilarining to'g'riligi yuzasidan nazorat kuchaytirildi.
***
Hisob-kitobli odam: har bir kishiga o'ziga qanday manfaat yetkazishi mumkinligiga qarab baho beradi.
***
Insonning aql-zakovatiga uning bo'yi yoki oriq-semizligiga qarab ham baho berib bo'lmaydi.
***
Ertalab insonning xotirasi tiniqlashadi, miyasi yaxshi ishlaydi. Shuning uchun ham ayrim erkaklar ertalab o'z uylarini oson topib kelishadi.
***
Musiqasini o'zgartirib yalla qilishibdi. Attang, yaxshigina alla edi-ya.
***
Hayotda o'z o'rnini topmoqchi bo'lgan odam uchun bo'sh o'rinlar shart emas.


Yaxshi gaplar ekan kim yozgan bo'lsayam.

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Sentyabr 2009, 10:59:42

Uyqu dori o'rnida foydalanish mumkin bo'lgan kitoblar sotuvga chiqdi. Avval esnatadi, keyin uxlatadi. Ekologik toza mahsulot. Shahar kitob do'konlaridan so'rang.

O'zizmizni CHORSU dayam shunaqa kitoblarni ko'pi bor xozirgi vaqtda :D

Qayd etilgan


Hadija  18 Sentyabr 2009, 15:37:10

O'tgan kuni tush paytidan biroz o'tgan vaqtda tvida hayvonlar to'g'risida bir ko'rsatuv bo'layotgan ekan. Tavba, bir gapni eshitib juda hayron qoldim. Ayiqning eng sevimli va totli, kaloryaga boy taomi bu "kapalak" ekan. Birgina kapalak, butun boshli ayiqqa kaloryalik taom bo'lsaya deb hayron qolib, ishonqiramay, kitob titkiladim, kitoblarda bu yangilikni topolmay ensiklopedyadan  qaradim, o'qidimu shubhamga aniqlik kiritdim.
Ajoyib a, Allohning qudratiga tan bermay iloj yo'q, atiga bir kungina yashaydigan ojizgina kichkinagina go'zal kapalak, butun boshli gigant ayiqqa sevimli taom, kapalakku 1 kungina yashasa ham, yaxshilik qilib kolorya berib ketar ekan, bizchi inson bo'lib, qachon kimga foydamiz tegdi, qaysi tomondan bo'lsa ham. Qachon qarama urish, kimnidir g'iybati, vahakazolar bilan Qimmatlik vaqtimizni o'tkazishni bilayapmiz?!...

Qayd etilgan


Hadija  19 Sentyabr 2009, 17:07:27

ОСМОА АЗА ТУТГААДА...

Биз сшаётган хилқат гсё жим тургандек туюлади бизга. Аслида, нимаики Аллоҳ томонидан сратилган скан, демакки, у Ларвардгорга ҳамд айтади, чексиз тасбеҳдадир. Ишонасизми, йсқми, Ер ҳам йиғлайди, осмонлар ҳам йиғлайдилар. Бугунги кунимизга диққат билан назар ташласак, шу ҳолатларни осон илғаймиз. Ушбу ибратли воқеани менга бир биродарим айтиб берди, ушбу омонатни бошқаларга етказишни сзимизга лозим топганимдан, сиз азизларга ҳам илиндик.
..."Аллоҳ таъоло Қуръони каримнинг Духон сураси 25-26-остларида қуйидагиларни айтади: "Улар қанчадан-қанча боғларни, чашмалар, скинзорлар ва улуғ-гсзал жойларни қолдириб (сзлари ғарқ бслиб) кетдилар! Ва (қанчадан-қанча) сзлари вақтичоғлик қилган неъматларни бошқа бир қавмга мерос қилиб бердик! Бас, уларга осмон ҳам, ер ҳам (аза тутиб) йиғлагани йсқ ва уларга (тавба-тазарруъ учун) мухлат ҳам берилмади!" (Духон, 25-29)
Ушбу ост Мусо алайҳисалом ҳақларидаги қиссаларидан бири бслиб, Аллоҳ уларга золим Фиръавннинг зулмидан нажот бериб, уларни ортларидан қувиб келаётан жойида денгизга ғарқ қилгандан кейин зикр стилмоқда. Шунча мулку-давлат, куч-қуввату зсравонлик бир лаҳзада, ҳар нарсага Қодир Аллоҳнинг амри ила бархам топди. Уларнинг барча нарсалари бошқаларга қолиб кетди. Бир дамда бу оламда улардан ном-нишон қолмади, Фиръавннинг жасадини мустасно қилганда. А­нди, Аллоҳ остнинг давомида марҳамат қилади: "Бас, уларга осмон ҳам, ер ҳам (аза тутиб) йиғлагани йсқ ва уларга (тавба-тазарруъ учун) мухлат ҳам берилмади!". Остнинг мана шу ери мени ксп уйлантирарди. Аима осмон ва Ер ҳам йиғлайдими? Хсп, кофирга йиғламас скан, нима, мсминга йиғлайдими? Бу саволларнинг келиб чиқиши, табийки, мени мсътабар тафсир китобларидан бехабарлигимдан, пайгамбаримизнинг муборак ҳадисларидан жуда кам билишим сабабидан сзга нарса смасди. Яқиндагина, тафсир китобларида ушбу остга берилган шархлар ила танишиш менга насиб бслди. Жалолайн тафсирида ушбу остга шундай қисқа изоҳ берилади: "Бас, уларга осмон ҳам, ер ҳам (аза тутиб) йиғлагани йсқ...", "мсминларга мухолифки, улардан бири вафот топса, унга йиғлаган ердаги намоз срни-ю, схши амаллари кстарилиб турадиган масъад-чиқиш срнини йсқотиб йиғлаган осмон бслаги каби". Субҳаналлоҳ! Аимадир ойдинлашгандек бслади.
Шошиб Қуртубий тафсирини варақлайман: "Анас ибни Молик ривост қилган ҳадисда А асулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва саллам марҳамат қиладилар: "Кайсики мсмин киши борки, унинг учун осмонда икки сшик бордир. Биридан унинг ризқи нозил бслиб тушиб турса, иккинчисидан унинг ссзлари ва амаллари кстарилиб, кириб туради. Мсмин вафот қилар скан, у сшикларни йсқотган само йиғлай бошлайди" дедилар ва қуйидаги остни сқидилар: "Бас, уларга осмон ҳам, ер ҳам (аза тутиб) йиғлагани йсқ". Яъни, у халок қилинган кофир биронтаси ер юзида бирон схши амал қилмадики, токи уни йсқотиб йиғласа ва ундан бирон солиҳ амал кстарилмадики, осмон унга аза тутиб йиғласа. Мужохид: "Албатта, ер ва осмон мсмин вафотига қирқ кун аза тутиб йиғлайдилар" деганларида, Абу Яхё: "Жуда таажжубку" дедилар. Шунда Мужохид: "Таажжубланспсизми? Ахир нима учун ер, тириклигида уни рукуъ ва сажда ила обод қилиб турган мсминга қайғуриб йиғламасин! Аима учун осмон йиғламасинки, ахир мсминнинг ҳаётлигидаги тасбеҳу такбирлари билан худди ари ғуввилаши каби ғувиллаб турган бслса осмон!"Али ва ибн Аббос розисллоҳу анхумолар айтишади: "Мсмин учун ердаги намоз срни ва осмондаги амаллари кстарилиш срни азадор бслиб йиғлашади". Демак, юқоридаги остга қайтадиган бслсак, у кофирларга, Фиръавннинг қсшинларига осмондаги амаллар сринлар-ю, ердаги ибодат сринлари аза тутиб йиғлашмади. Буларни сқир скан, киши сйга толади. Ерга қарайди, аҳволи тобора оғирлашаётган, хансираётган ерни ксради. Кунига минглаб ибодат сринларидан ажраётган она ер қай аҳволда нола қиласпти скан хозир?!? Осмонга қараб ҳам ҳотиржам бсла олмайди одам. Кунига минглаб солиҳ амаллар кстарилиб турган туйнуклари ёпилаётган само қандай фиғон чекаспти скан, хозир?!! Бир мсминга шунча азадор бсладиган бу еру осмон, олам узра, мсминлар устида кечаётган ҳолатлар, зсравонлиг-у, зулмларга қандай чидаспти скан?!! Арилиб кетмаётганига ҳайронсан...Шу каби фикрлар хаёлингизни банд стганда, Муборак каломдаги бошқа бир ост хотирингизга қуйилиб келади: "(А­й Муҳаммад), сиз ҳаргиз: "Аллоҳ золим кимсаларнинг қилаётган амалларидан ғофил", деб сйламанг! Фақат Аллоҳ уларни(нг жазоларини) ксзлар (даҳшатдан) қотиб қоладиган (қсрқинчли қиёмат) Кунига қолдирмоқда, холос..."
Ушбу остлар оз бслса-да кснгилга тасалли беради. Сал бслса ҳамки таскин топиб, енгил хсрсиниб ксссиз...
Ушбу ҳолатларни қалбида ҳис қила олган дсстимизнинг исмларини айтмадим. Аллоҳ рози бслсин, Унинг ҳаққига дуо қилиб қсйсангиз, кифос деб билдик.

islom.uz
[/i]

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Sentyabr 2009, 07:09:40

Tongga maftun muallim

Teraklar uchiga nur inib, daraxt shoxlarida qushlar chug'urlay boshlasa, katta otam (biz otamizning otasini «kattaota» deymiz, bu nom qadriyat sifatida qon-qonimizga singgan. «Bobo» sal uzoqroqdek tuyuladi go'yo) ko'z oldimda namoyon bo'ladi. U har sahar bog' kezinar, uzoq-uzoqlarga xayolchan tikilar, so'ngra qo'radagi qo'y-qo'zi, sigir-buzoqlarga qaragani tutinar edi. Shu orada iliq erkalashlar bilan nabiralarini shirin uyqudan uyg'otardi. Biz ko'zimizni uqalay-uqalay, birimiz sigirlarni toqqa haydashga, birimiz qo'y-qo'zilarni suruvga qo'shishga shoshilardik... Qaytganimizda katta otam ko'p hollarda kitob o'qiyotgan bo'lardi. So'ng nonushta qilgach, maktabga jo'nardi. Biz katta otamning maktabdan qaytishini kutardik. Kim birinchi bo'lib qo'lidagi «papka»sini oladi?!


Qayd etilgan