TAFAKKUR...  ( 77327 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 18 B


siddiqa  21 Dekabr 2010, 05:51:01

Mol-davlatimiz ortdi,ammo huzur halovatimiz yo'qoldi.
Qulayliklar ortdi,ammo vaqtimiz kamaydi.
Dorilar ko'paydi, kasalliklar ozaymadi.
Kech yotib, saharda charchoq bilan uyg'onamiz.
Kam kitob o'qiymiz, ko'p televizor ko'ramiz.
Ko'p gapiramiz-u, kam e'tibor beramiz.
Pul topishni o'rgandik, sarfni eplolmadik.
Oyga uchib qaytishni bilamiz,lekin qo'shnimiz holidan habar olish uchun ikki qadam bozmaymiz.
Fazoda nima bo'layotganini bilamiz,lek ichki kechinmalarimizdan behabarmiz.
Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.
Rejalar tuzamiz, natijalar ko'rinmaydi.
Shoshilishni o'rgandik, sabrni esa yoddan chiqardik.
Tanishlarimiz ko'p, do'stlarimiz kam.
Yutuqlarimiz ko'p, quvochlarimiz kam.
Ko'p narsani bilamiz, amalimiz kam.
Doimo labimizda kulgu,lek ko'z yoshimiz kam.
Va nihoyat: umrga yillar qo'shdik, ammo ba yillarga hayot bahshida qilolmadik...



:3 :2 :2 :2

Qayd etilgan


Muvahhid  21 Dekabr 2010, 09:18:31

Ўзаро муомалаларимизда "œрози бслинг", "œнорозимасмисиз" каби ссзларни ксп айтамиз. Бундай дейиш билан сзимизнинг хотиржамлигимизни, бошқаларнинг ҳам кснгли оғринишига йсл қсймасликни сйлаймиз.
Бозор оралаб ксринг — сотувчи ёки xаридор: "œА ози бслинг" дейди. Бу гап сътиборимизни тортади.
Кeлин бслаётган қиз тсй куни отасидан розилик ссрайди.
Оғир касал ётган одам ҳам сқинларидан, йсқлаб келганлардан розилик ссрашни кснглига тугади.
Яратган Зот ҳукмларига рози бслиш инсонга умид ва хотиржамлик беради. Бу туйғу боис кснгилларда меҳр-муҳаббат, садоқат, қаноат каби гсзал фазилатлар қувватланади.
Аорозилик-чи?..
Янги қурилган уйга ксчиб стган одам срим йил стар-стмас, дeвори дарз кeтганига ксзи тушади. Туйқус xаёлига кeлган фикрдан сергак тортади. Устани норози қилдиммикан, дeган фикр хаёлидан стади...
Ҳунар сгаллаган шогирднинг иши юришмаспти. Гап нимада? Бир сйласин, устозини хафа қилмаганмикан?
Кспинча норозилик тилга чиқмайди, балки дилда бир тугундай қолади.
Одамларни норози қилишнинг оқибати ёмон. А ози-ризолик бор жойда сса аҳиллик ва барака бслади.


Qayd etilgan


Muvahhid  22 Dekabr 2010, 17:22:51

Qazo-qadar bilan keladigan besh narsa - rizq, farzand, oila, kuch-quvvat, va umr.

Mehnat bilan qo'lga kiritadigan besh narsa - Jannat, do'zax, iffat, farzand, yozish.

Odatiy besh narsa - eyish, ichish, yurish, oila qurish, tahorat ushlash.

Qobiliyat bilan erishiladigan besh narsa - zuhd, zakiylik, sahiylik, go'zallik, haybat.

Farosat bilan erishiladigan besh narsa-hayirli ishlar qilish, silayi rahm, sahiylik, to'g'rilik, jasorat.

Qayd etilgan


Muvahhid  23 Dekabr 2010, 15:10:22

Kim o'zini aziz qilmoqchi bo'lsa ALLOHning ibodatini qilsin-bundan ortiq azizlik bo'lmaydi.

Kim o'zini xor qilmoqchi bo'lsa, ALLOHga osiy bo'lsin-bundan ortiq xorlik bo'lmaydi.

Qayd etilgan


Muvahhid  24 Dekabr 2010, 09:25:05

ALLOH taolo uch toifa insonni yaxshi ko'radi, bu uch toifani ichida yana shunday uch toifa kishilar borki ALLOH taolo bularni undan-da yaxshi ko'radi.

ALLOH taolo taqvodor insonni yaxshi ko'radi, agar bu inson, yosh bo'lib taqvodor bo'lsa ALLOH taologa eng mahbub bo'lgan banda hisoblanadi.

ALLOH taolo sahiy bandani yaxshi ko'radi, agar bu inson kambag'al bo'lib, sahiy bo'lsa, sahiylarni eng yaxshisi bo'ladi.

ALLOH taolo kamtar bandani yaxshi ko'radi. Agar bu inson, boy bo'lib turib, kamtar bo'lsa, kamtar insonlarni ichida eng yaxshisi hisoblanadi.

Qayd etilgan


Ansora  24 Dekabr 2010, 18:23:37

Uzr, agar noto'g'ri fikr bildirayotgan bo'lsam, bilishimcha butun chaqaloqlar Musulmon qilib yaratiladi, bu degani butun chaqaloqlar iymonli degani emasmi?

Qayd etilgan


Sevdo  24 Dekabr 2010, 20:46:34

Uzr, agar noto'g'ri fikr bildirayotgan bo'lsam, bilishimcha butun chaqaloqlar Musulmon qilib yaratiladi, bu degani butun chaqaloqlar iymonli degani emasmi?
Manimca bunga bowqa tomondan qaraw kere,yanikim bu yerda iymonli va iymonsiz chaqaloqlar siymosida bugungi kun odamlari yoritilgan,yani iymonsizi tug'ilsang hayot yug' diyiwi,qayta tiriliw yo'g' dgan odamlani gapiga,onasini kurmasada ona bor db iwongan iymonli chaqaloqni Allohni kurmasada unga iwonuvci muminlarga qiyos qilingan manimca.

Qayd etilgan


Muvahhid  26 Dekabr 2010, 15:04:52

Устоз ваъзхонага кирди. У ерда биргина отбоқар йигитдан бошқа ҳеч ким йсқ сди. Устоз ундан ссради:
— Бу ерда сендан бошқа ҳеч ким йсқ. Сенингча, гапиришим керакми ёки..?
Отбоқар жавоб берди:
— Устоз, мен оддий бир одамман. Сизга маслаҳат бера олмайман. Аммо, агар мен отхонага кирганимда ҳамма отлар қочиб, биттаси қолганини ксрсам, барибир уни, албатта, боқардим.
Устоз унинг ссзларини маъқул топиб, икки соат насиҳат қилди. Ҳамма гапни айтиб бслгач, сзини бир мунча енгил ҳис стди ва сна тингловчидан ссради:
— Аасиҳатим қандай бслди?
— Сизга мендан маслаҳат чиқиши қийинлигини айтгандим. Аммо отхонада қолган битта отни боқаётганда унга емнинг ҳаммасини бермас сдим.

Qayd etilgan


Muvahhid  28 Dekabr 2010, 14:41:48

Bir kuni Yahyo (a.s) Iblis bilan uchrashib qoladi.Iblisning qo'lida uchi changalli bir bog'lam tayoqlari bor edi. Yahyo (a.s) so'raydi:
- Bular nima?

Iblis:
- Odamlarni to'g'ri yo'ldan ozdiradigan ba'zi shahvoniyva havoyi istaklar.

Yahyo (a.s):
- Menga oidi bormi ularning orasida?

Iblis:
- Yo'q, lekin bir marta ko'p ovqat yeding, namoz o'qib, Ollohni zikr qilayotganingda seni bir og'irlik bosgan edi.

Yahyo (a.s):
- Boshqa biron narsa yo’qmi?

Iblis:
- Yo’q

Yahyo (a.s):
- Olloh nomiga ont ichib aytamanki, bundan keyin hech qachon me'damni to'ydirib ovqat yemayman.

Iblis:
- Olloh nomiga ont ichib aytamanki, buni boshqa biron kimsaga aytmayman.

Qayd etilgan


Muvahhid  29 Dekabr 2010, 14:54:04

Nafaqa yoshiga etgan usta bir duradgor inshoat mudiriga nafaqaga chiqish istagi, qolgan umrini turmush o'rtog'i bilan oila davrasida o'tkazish niyati borligi haqida so'z ochdi.

Uzoq yillar davomida shirkatning ravnaqiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan duradgor yahshi namunali, faxrli hodimi bo'lganligi uchun inshoat mudiri undan hech ayrilishni istamas edi va unga ohirgi marta bir yahshilik qilishini so'rab, bir uyning qurilishida ishtirok etishini iltimos qildi. Usta ham uning taklifini qabul qildi va ishga kirishib ketdi. Ammo u ishga ko'ngildan kirishmagan edi. Uning ishga ko'ngildan yondashmaganligi ishlatgan malzamalarining sifatsizligidan, eshik-rom va pollariga ishlatilgan yog'ochlarining qurimagan xo'l yog'ochligidan ma'lum edi. Ishni tezroq bitirib nafaqaga chiqish payida bo'lgan usta uzoq yillar ishlab kelgan kasbini shu holda yakunladi.

Qurilish bitgach mudir uyni ko'zdan kechirish uchun kelibdi va uyning kalitini usta duradgorga uzatib "Bu uy seniki. Senga bu uy bizdan hadiya" dedi. Kutilmagan bu hadiyadan usta hayratlanib lol bo'lib o'zini yo'qotib qo'yidi. Qilgan ishidan uyalib juda hijolat qilar edi.
Koshki uyning o'ziniki bo'lishini bilganida edi ishga shunday yondashmasmidi.

Bu xolat bizlarning hayotimizda ham bordir. Kun sayin o'z hayotimizni qurib bormoqdamiz. Ammo ko'pincha qo'limizdan kelsa ham, imkoniyatimiz bo'la turib juda ham oz g'ayrat ko'rsatamiz. Natijada hayratga tushib, lol qolib o'zimiz qurgan uyda yashashimizni tushunib yetamiz. Agar imkoniyat berilsa qurgan uyimizni ko'ngildan, bor kuchimizni sarflab o'zgacharoq qilib qurishga g'ayrat qilar edik. Afsuski bu lahzalarni qaytarib bo'lmaydi.

Usta duradgor sizsiz. Har kuni bir mih qoqasiz, bir tahta qo'yasiz yoki bir devor tiklaysiz. Bir zot aytganidek "hayotingiz bu o’zingizning musavirligingizdir."

Bugungi harakatlaringiz, mulohazalaringiz erta yashaydigan uyingizni quradi. Shunday ekan uni aql ishlatib puxta quring...


Qayd etilgan