Umumiy bo'lim > Islom

TAFAKKUR...

<< < (2/36) > >>

AbdulAziz:

--- Iqtibos: Afruza  05 May 2009, 20:41:42 ---Tahorat ming dardga davo!!!

Kundalik hayotimizda qo‘llanilayotgan texnika asboblari hayotimiz mazmuniga aylangan. Ularsiz tashqi muhitdan ajralib qolamiz, go‘yo. Hordiq chiqarish uchun ham, biror bir yangilikdan xabardor bo‘lish niyatida ham albatta televizor, radio, uyali aloqa vositasi yoki internetdan foydalanamiz.

--- End quote ---

Afruza, maqola muallifi va qayerdan olinganini yozmabsiz-ku.
Bu holatda mualliufning haqi halol bo'lmayapti.
Tahrir qilib to'g'rilab qo'ying va kelgusida ham bunga amal qiling.

ЖАМШИДЖОН:
Alloh xohlagan joyda         

Toriq ibn Shihobdan rivoyat qilinadi:
"œBir yaqudiy Hazrati Umardan, roziyallohu anhu, so‘radi:
— Qur’onda: "œJannatning kengligi osmonlar va yer barobarida..." (Ol-i-Imron, 133, mazmuni) deyilgan. Xo‘sh, aytingchi, unda do‘zax qaerda bo‘ladi?
Umar, roziyallohu anhu, sahobalarga:
— Bu odamning savoliga javob bering, — dedilar. Biroq hech kimdan javob chiqmadi. Shunda Hazrati Umar, roziyallohu anhu, yahudiydan:
— Har kuni ko‘rib turganingdek, kechqurun hamma yer zimistonga burkanadi. Ayt-chi, tun cho‘kkanida kunduz qaerda bo‘ladi? — deb so‘radilar.
— Alloh xohlagan joyda.
— Unday bo‘lsa, do‘zax ham Alloh taolo xohlagan joydadir.
Ittifoqo, yahudiy hayajonini yashirolmay:
— Yey mo‘minlarning amiri! Alloh taologa qasamki, Alloh taolo nozil qilgan kitobda (Tavrotda) ham xuddi sen aytganingday yozilgan, — dedi.

islom.uz

Munira xonim:
Yuksaklarga uchuvchi ko'ngil...

Bo'yladir Ushbu jahonda qiyli qol,
Och ko'zingni, boq jahonga, ibrat ol,
Sen o'zingdanku qocholmassan aniq,
Bas, netib Haqdan qocharsan, ey rafiq?!

"Masnaviyda" keltirilishicha, Hazrat Sulaymon payg'ambar saroyiga bomdod va peshin namozi o'rtasidagi vaqtda bir odam shoshib kirib keldi. QO'riqchilarga juda muhim masalada Hazrat Sulaymon bilan ko'rishmoqchiligini aytdi. Qo'riqchilar uni darxol hukmdor huzuriga olib kirishadi. Hazrat Sulaymon rangi oqarib, qo'rquvdan titrayotgan odamdan so'raydi:
-Nima bo'ldi, nega titrayapsan? Nima darding bor?
-Bugun tong payti qarshimdan Azroil a.s. chiqdi. Menga qahr bilan bir qarab qo'ydi-da, yonimdan uzoqlashdi. Bilishimcha, u jonimni olishga qaror bergan,- dedi o'sha odam hovliqib.
-Xo'sh, mendan nima istaysan?- dedi Hazrati Sulaymon.
-Ey jonlarning qo'riqchisi va mazlumlarning olampanohi! Qurtlar, toshlar, tog'lar sizning amringizdadir. Shamolga ayting, meni Hindistonga olib borib qo'ysin, balki Azroil meni u yerdan topa olmas. Shu yo'l bilan jonimni asrab qolarman, yolg'iz umidim sizdan,- deb Hazrati Sulaymonga yolvora boshladi.
Sualymon a.s.ning u kishiga rahmi keldi. Shamolni chaqirib, unga "bu kishini darhol Hindistonga olib borib qo'y" deya amr etdi. Shamol bir onda uni Hindistondagi uzoq orolga yetkazdi.
Peshinga yaqin Hazrati Sulaymon devonni to'plab, yig'ilganlar bilan ko'risha boshladi. Qarasa, yig'ilganlar ichida Azroil a.s. ham o'tiribdi. Hazrati Sulaymon unda:"Ey Azroil, ertalab nega bir kishiag qahr bilan qaradingiz, nega u bechorani qo'rqitdingiz?" deb so'radi.

Dedi Azroil:"Ko'rib yo'l ustida,
Bir zamon qoldim taraddud ostida.
Chunki Haq aytmishdi:"Bir kun umri bor,
Senga Hindistonda jon etgay nisor".
O'yladim:Olisda jon bergay? Ajab,
Yuz qanoti bo'lsa ham, mushkul bu gap!"

"Masnaviy" deydi:"Biz kimdan qochmoqdamiz? O'zimizdanmi? Bu bir xayoli ish...Jonimizni kimdan qutqarib qolmoqchi bo'lyapmiz? Allohdanmi? Uning haqiqiy egasidanmi? Bu bo'sh hayoldir, bu maholdir...Dunyo Allohdan g'ofil qolishdir. Dunyo pul, ayol, kiyim kechak, tijoratdan iborat emasdir. Buni yaxshi bil".
Foniylikni va uning hikmatlarini o'rgana olgan yoki olmagan, abadiy azamatni his qila olgan yoki his qila olmagan har bir inson oxir - oqibatda qabr to'shagida cho'zilajakdir.
Hazrati Mavlononi tinglaymiz:"Vujudingni semirtirib, taraqqiy qildirma, chunki u oxiri tuproqqa beriladigan qurbondir. Sen ko'nglingni taraqqiy qildir. Yuksaklarga uchadigan, sharafga erishadigan udir...Ruhingga ma'naviy uzoqa ber. Uni komil tafakkur, inja his-tuyg'ular bilan quvvatlantirginki, manzilga yetib borsin!"

Usmon Nuriy To'pbosh.
FIKRAT jurnalidan.

Ansora:
"Bir soatlik tafakkur, bir yillik nafile ibodatdan hayirlidir" Hadis-i Sharif

Quro'oni Karim tinglar ekanman, Olloh Kalomining kunimizgacha bir harfining ham o'zgarmasdan yetib kelishi bilan birgalikda hali O'rta Asrda nota kasf etilmasidan asrlar avval musiqaga solingan holda bizga yetkazilishi Ollohning qudrati emasmi deb o'yladim.

Hayvonlar olami bilan bog'liq film izlar ekanman, hayvonlar va qushlarning yem topishi uchun butun qilgan harakatlari meni hayratga tushirdi. İlon o'ljasini zaharlash uchun rangini o'zgartirib, harakatsiz holda  kuta boshladi. Madomiki ilon bunchalik aqilli edi, nima uchun gapira olmaydi, unga o'ljasiga qarshi hiylalar qilishi kerakligini kim o'rgatdi. Biz o'rmonda tug'ilgan bir hayvonni uyga olsak, unga insonga hos ishlarning qanchasini o'rgata olamiz ajabo? Bu hodisalarning qarshisida hali ham Ollohning butun olamga yagona sohib ekanligini qabul qilmagan insonlarni tushina olmayman.

Bir rasm ko'rgandim, Ka'bada olingan. Butun insonlar sajdadalar. Pastda esa shu so'zlar yozilgan edi:
"Dunyoning hech bir qo'mondoni bir amr bilan minglab insonlarni ayni soniyalarda egilishlariga sabab bo'la olmaydi"....

Ansora:
Barmoqlaringizga hech diqqat etganmisiz? Besh barmoq besh hil uzunlikda, lekin bukkan paytingiz esa hammasi tenglashadi. Bu esa biz insonlari barmoqlarimizni ishlatarkan qiynalmasligimiz uchundir. Bir ish qilaman, degan paytingiz besh barmoq uzun qisqa tursa edi, nima bo'lardi...
Bir kofir, ahli solih bir kishidan so'rabdi, menga Ollohingning bir mo'jizasini ko'rsat?
Musulmon qardoshimiz esa, eyy inson, sen mo'jiza hohlayotgan bo'lsang, avvalo o'zingga qara, degan ekan....

İnson-Ollohning eng buyuk mo'jizasi, zotan shunday bo'lmasa edi, Payg'ambarimizning yuzi suvi hurmati bu dunyo yaratilmagan bo'lar edi.
Sallallohu Alayhi Vasallam

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version